SamJDean xabariga ko'ra, «Arsenal» Argentinadan «kreativlik gurusi»ni o'z safiga qo'shib oldi. Uning vazifasi — odatiy sxemalarni buzish va o'yinchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Aynan u Mikel Artetaning ayrim nostandart usullari ortida turibdi: masalan, bosh murabbiy cho'ntakkesarlarni yollab, ular o'z jamoasini o'g'irlashlarini ta'minlagan yoki mavsumoldi tayyorgarlikni ataylab sabotaj qilgan.
«To'pchilar» uning rolini oshkor qilmayapti, chunki uni Premier Ligadagi raqobatdosh ustunlik deb hisoblashadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!