Arsenal futbolchilari holati va transfer rejalari bo'yicha yangiliklar
Arsenal futbolchilari Kay Haverts va Vilyam Salibaning jarohatlari, Deklan Rays bilan muzokaralar hamda Andrea Kambyazoga bo'lgan qiziqish haqida.
Kay Havertsning jarohati bo'yicha yangiliklar. Menga ma'lum bo'lishicha, klubda futbolchining jarohati jiddiy emasligidan yengil tortishdi. Dastlabki xavotirlar, ya'ni jarohat uzoq muddatli bo'lishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmadi.
Vilyam Salibaning tiklanish jarayoni juda yaxshi ketmoqda, biroq ham klub, ham futbolchining o'zi jarohatning o'ziga xosligini inobatga olib, maydonga qaytish muddatlari borasida hozircha ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.
Arsenal bir muncha vaqtdan beri Deklan Rays bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda, bu haqda bir necha oy oldin ham xabar berilgandi. Gap klub tarixidagi eng yirik shartnomalardan biri haqida ketayotgani bois, jarayon ma'lum vaqtni talab qildi. 👀⏳
Andrea Kambyazo — Arsenal tahlil bo'limini o'z ko'rsatkichlari bilan hayratda qoldirgan futbolchi. Uning statistikasi shunchalik jiddiy e'tiborni tortdiki, klub skautlari endilikda uning sifatlari va universalligini chuqurroq baholash uchun o'yinlarga tashrif buyurishmoqda. Hozircha jiddiy qiziqish haqida gapirishga erta, qolaversa, Yuventusda futbolchini juda yuqori baholashadi.
Ha, aytgancha, hozirdanoq eshitib turibman: «Albatta, yana bir chap qanot himoyachisi». 😂