Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» Aleks Skott transferi ustida ish olib bormoqda. Klub futbolchini yarim himoya uchun ideal variant deb biladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» Aleks Skott transferi ustida ish olib bormoqda. Klubdagilar Aleksni yarim himoya uchun ideal futbolchi deb hisoblashadi.
Londonliklar futbolchining yaqinlari bilan aloqada va bu masala ustida ishlamoqda. Butun yoz davomida «Chelsi» diqqat markazida aynan Skott bo'lgan, ammo transferni amalga oshirishning imkoni bo'lmagandi.
«Real» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
🚨 «Real» so'nggi haftalarda «Bornmut» yulduzi Aleks Skottning o'yinini diqqat bilan kuzatib borgach, futbolchi uchun kurashga qo'shilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Mett Lou xabariga ko'ra, Chelsea Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olish poygasida yetakchilik qilmoqda.
🚨 Mett Lou xabariga ko'ra, Chelsea Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olish poygasida yetakchilik qilmoqda.
Enso Fernandes Manchester Siti jamoasiga sotib yuborilgach, yarim himoya chizig'i Chelsea yanvar oyida ham, kelasi yozda ham kuchaytirmoqchi bo'lgan pozitsiyalardan biriga aylandi.
Yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida klub Lamin Kamarani sotib olishga yaqin turgandi, biroq Monako futbolchisiga bo'lgan qiziqish Skottni xarid qilish bo'yicha navbatdagi urinishni inkor etmaydi.
Bornmut Skottni qishki transfer oynasida sotmasligini qat'iy ta'kidlamoqda, biroq bu Chelsea qiziqishini susaytirgani yo'q — hatto klub yozgacha kutishga majbur bo'lsa ham.
Bournemouth klubi Skottni qishki transfer oynasida sotmoqchi emas. Chelsea futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Bournemouth klubiga yaqin manbalarning xabar berishicha, klub Skottni yanvar oyida sotmaydi.
Katta ehtimol bilan Aleksni faqat yozda va 100 million funt atrofidagi summa evaziga qo'yib yuborishadi. Chelsea vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott yanvar oyida «Liverpul»ga o'tishi mumkin. Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, klublar transfer bo'yicha muzokaralarga tayyor.
⭐️ «Bornmut» yanvar oyida Aleks Skott uchun «Liverpul»dan tushadigan 80 million funt sterlinglik taklifni qabul qilishga tayyor, agar hammasi reja bo'yicha ketsa.
🗣️ Devid Ornshteyn: «Bornmut» yuqori baholanadigan Aleks Skottni foydali tarzda sotishga tayyor; futbolchining o'zi agar «Liverpul»ga o'tsa, Angliya terma jamoasiga kirish imkoniyati ko'proq bo'lishiga ishonadi».
«Bornmut» allaqachon uning o'rnini bosadigan futbolchi izlashni boshlagan va Skottning «Liverpul»ga o'tishiga ruxsat berish uchun yanvar oyining boshidayoq yangi o'yinchi bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
Iraola «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati, tarkibdagi raqobat va raqib haqida fikrlarini bildirdi.
Iraolaning «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani.
🛑 Rio Ngumoa va Aleks Skottning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi haqida
Ikkisi uchun ham juda xursandman. Ular bu chaqiruvga loyiq edilar. Jahon chempionatigacha ular terma jamoaga yordam berishgan va o'zlarini yaxshi ko'rsatishgan. Men ular haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Ular bu imkoniyatga loyiq va bunga tayyorlar.
O'ylaymanki, «Tottenxem»ga qarshi o'yinda Rio o'yinni unchalik yaxshi boshlamadi, lekin uning keyingi munosabati menga yoqdi. Dastlab u yakkakurashlarda yutqazib qo'ydi. Udoji – juda kuchli o'yinchi, lekin baribir Rio o'z ishini bajardi. Birinchi gol aynan undan – birga-bir vaziyatdan boshlanadi. U hujum rivojlanishida ishtirok etyapti va biz aynan shunday narsalarni unga singdirishga harakat qilyapmiz. U hali ligaga moslashyapti, uning atigi 18 yoshi bor, lekin kerakli sifatlar unda bor va biz uni Angliya terma jamoasiga chaqirishganidan juda xursandmiz.
🛑 «Bornmut»ga qarshi o'yin haqida
O'ylaymanki, tetiklik borasida bizda hammasi joyida. Bu safar biz ulardan ikki kun oldin o'ynayapmiz, shuning uchun bu yerda ustunligimiz bor. Biroq, qayerga borayotganimizni juda yaxshi bilaman. Ularning murabbiylar shtabini va bu stadionni bilaman. U yerda «Bornmut»ni mag'lub etish qanchalik qiyinligini tushunish uchun yetarlicha vaqt o'tkazganman. Ular meni bilishadi, men esa ularni.
Men uchun bu yerda shaxsiy jihat ham bo'ladi, bu o'yinni juda kutyapman. U yerda men yaxshi ko'radigan o'yinchilar va qadrlaydigan xodimlar bor. Kecha ular uchun juda xursand edim, lekin endi ularning oldiga borib g'alaba qozonishimiz kerak. Iloji boricha shafqatsiz bo'lishimiz, barcha suhbatlarni esa o'yindan keyinga qoldirishimiz kerak.
Tarkib bo'yicha ular unchalik o'zgarmadi. Asosan o'sha o'zak o'ynayapti, faqat bir nechta o'zgarish bor. Ular Senesini yo'qotishdi, Silva – o'xshash profildagi o'yinchini imzolashdi. Asosiy g'oyalar o'sha-o'sha qolgan. Men Marko Roze bilan muloqot qilaman va jamoa haqiqatan ham unchalik o'zgarmagan. Bu juda xavfli raqib.
🛑 Flo Virts haqida
Uni boshqa har qanday o'yinchi kabi baholash kerak. Gap shundaki, sen maydonda bo'lganingda jamoa qanday o'ynayapti. Men Florian bilan juda mamnunman. U o'yinning barcha jabhalarida bizga nima kerakligini tushunadi. Albatta, biz bunga gollar va samarali uzatmalarni qo'shishni xohlaymiz, lekin u allaqachon barcha komponentlarda bizga yordam beryapti.
🛑 Jarohatlar haqida
Hammasi joyida. Vaziyat avvalgidek qolmoqda: bizda uchta uzoq muddatga jarohatlangan o'yinchi va Kyeza bor. Ertaga yana mashg'ulotimiz bor, lekin hozirgi vaqtda qolganlar bilan hammasi yaxshi.
🛑 Bredli Barkolya va qanotlardagi raqobat haqida
Bredli qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi bo'lib boryapti. U bizga mavsumoldi o'yinlarisiz keldi, lekin ayni paytda yaxshi jismoniy holatda edi. Har qanday yangi kelgan o'yinchi kabi, unga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin u eng yuqori darajadagi o'yinlarni o'ynashga o'rgangan.
O'ylaymanki, biz har bir pozitsiyada aynan shunday vaziyatga ega bo'lishni xohlaymiz: bir nechta aniq o'yinchi ikkita joy uchun kurashadi. Ikkisi o'yinni boshlaydi, yana ikkisi zaxiradan tushadi. Ko'pgina o'yinlarda bu juda yaxshi raqobat. Men uchun tanlov qiyinlashyapti, lekin bizga aynan shu kerak. Bunday variantlarga ega bo'lish imkoniyati – bu hashamat.
🛑 Vingerlarning qanot almashishi haqida
Vingerlarimiz holatida ular qanot almashadigan lahzalar bo'ladi. Masalan, agar biror narsa ishlamayotgan bo'lsa yoki raqibga ko'proq muammo tug'dirishimiz mumkinligini ko'rsak. «Tottenxem», masalan, qanot himoyachilarini almashtirdi, shuning uchun biz ham moslashishga majbur bo'ldik.
O'yinchilarimiz bir-biri bilan muloqot qilishlari menga yoqadi, men bunga mutlaqo qarshi emasman. Ular menga, balki qanot almashishlari kerakligini aytishlari mumkin. Ba'zan buni qilamiz, ba'zan yo'q. Vingerlarimiz ikkala qanotda ham o'ynay olishadi. «Bornmut» bilan o'yin oson bo'lmaydi. Ular biz to'psiz nima qilishga urinayotganimizni juda yaxshi bilishadi. Men esa o'z navbatida «Bornmut»ning kuchli va zaif tomonlarini bilaman. Bu borada men uchun uchrashuv ancha noodatiy bo'ladi.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni joriy yozda sotishni rejalashtirmayapti.
🚨 Fabrizio Romano:
«Bornmut» yozgi transfer oynasi ochilgan birinchi kundan boshlab o'z pozitsiyasida qat'iy turibdi: Aleks Skottning ketishiga ruxsat berish niyati yo'q.
«Giloslar» Skottni joriy mavsumdagi loyihaning asosiy o'yinchisi deb hisoblaydi; katta ehtimol bilan u hozir emas, 2027 yilda klubni tark etadi.
Lou Chelsi klubining Kamaraga bo'lgan qiziqishini tasdiqladi. Enzo Fernandesning transferi bo'yicha vaziyat qanday?
Lou Chelsi klubining Kamaraga bo'lgan qiziqishini tasdiqladi.
Ammo hozirgi vaqtda Siti tomonidan Enzo uchun taklif kelib tushmagan. Londonliklar argentinalik futbolchini faqat 120 million funtdan ortiq summa evaziga va o'rinbosar topilgan taqdirdagina qo'yib yuborishadi.
Zubimendi va Skott hozirgi bosqichda real variantlar sifatida qaralmayapti.
Ben Jeykobs va Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Kamara Liverpul va Chelsi klublariga taklif etildi. Chelsi esa Skott transferidan voz kechishga majbur bo'ldi.
Ben Jeykobsning tasdiqlashicha, Kamara Liverpul va Chelsi klublariga taklif qilingan.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Chelsi Enzo o'rniga Bornmut futbolchisi Skottni qo'lga kiritmoqchi edi, biroq Bornmut uni yozgi transfer oynasida sotmasligini ma'lum qilgan. Shu bois, Kamara Chelsi uchun asosiy variantga aylanib bormoqda.
Bornmut Aleks Skottni tarkibda saqlab qolishiga ishonchi komil. Chelsi avvalroq futbolchi uchun 64 million funt sterling taklif qilgandi.
❌ "Bornmut" hamon Aleks Skottni tarkibda saqlab qolishiga ishonchi komil.
Avvalroq yozda "Chelsi" futbolchi uchun 64 million funt sterlinglik taklif bilan chiqqan, ammo rad javobini olgandi. Chorshanba kuni tonggi holatga ko'ra, tomonlar o'rtasida yangi muzokaralar bo'lmagan.
"Bornmut" butun yoz davomida Skott sotilmasligini ta'kidlab kelmoqda.
Chelsi Enzo Fernandes sotilsa, Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bornmut esa futbolchini sotish niyatida emas.
Dilayni xabariga ko'ra, agar Enzo Fernandes sotib yuborilsa, Chelsi yana bir bor Aleks Skott transferi ustida ish boshlaydi.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Bornmut futbolchi uchun 80-90 million funt sterling miqdoridagi taklifni ko'rib chiqishi mumkin. Biroq Gillning qayd etishicha, Bornmut rahbariyati Aleks Skottni hech qanday pul evaziga sotmasligini ma'lum qilmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Bornmut» Aleks Skottni sotishni istamayapti. «Chelsi» yozda futbolchini xarid qilishga uringan edi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Bornmut» Aleks Skottni sotishni istamayapti va uni qo'lga kiritishga urinadigan har qanday klubga qarshilik ko'rsatishga tayyor. Ayni damda eshiklar yopiq. «Chelsi» yozda bunga urinib ko'rgandi.
«Chelsi» Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olishi uchun haqiqatan ham shov-shuvli voqea yuz berishi kerak. Bunday variant istisno qilinmaydi.
Fabrisio Romano «Liverpul»ning Endrik va Aleks Skottga bo'lgan qiziqishi hamda «Chelsi» va «Arsenal»ning urinishlari haqida ma'lumot berdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, transferlar borasida quyidagi ma'lumotlar mavjud:
🛑 Endrik haqida
«Liverpul» braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo rasmiy taklifgacha yetib bormagan. Shu bilan birga, klub bir paytlar Endrikni to'liq sotib olish imkoniyatini ham ko'rib chiqqan.
Ammo «Real» ham ijara, ham to'liq transfer uchun eshikni yopib qo'ydi. O'yinchiga yaqinlashishning imkoni yo'q edi.
🛑 Aleks Skott haqida
«Chelsi» yozda uni tarkibga qo'shib olish uchun ikki marta urinib ko'rdi: rasmiy aloqa va rasmiy taklif bo'lgan. Ikkala holatda ham «Bornmut» rad javobini berdi.
«Bornmut» umuman Aleks Skottni sotishni istamadi.
Xuddi shunday javobni «Arsenal» ham olgan. «Liverpul» tomonidan ham qo'ng'iroqlar bo'lgan, boshqa klublar ham qiziqish bildirgan.
2028 yilda (izoh – Romano adashganmi yoki gap haqiqatan ham bir yildan keyin bo'ladigan holat haqida ketyaptimi, noma'lum) vaziyat o'zgarishi mumkin.
«Liverpul» o'yinchini juda yaxshi biladi va yozda klub uning vakillari bilan bog'langan, biroq rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Arsenal Aleks Skottni transfer qilmoqchi, biroq Bornmut futbolchini qishda sotish niyatida emas.
Arsenal hamon Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor, ammo Bornmut yanvar oyida futbolchini sotish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Real Madrid Bornmut yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqish bildirmoqda.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Real Madrid Bornmut yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqish bildirmoqda. Qirollik klubi 23 yoshli britaniyalik futbolchini yanvar oyida sotib olishi mumkin.
Qayd etish joizki, Transfermarkt portali Skottni 50 million yevroga baholamoqda. Futbolchining Bornmut bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo'ljallangan.
Bournemouth va Everton jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi. Mezbonlar so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan boy berishdi.
❌ Mavsumdagi ilk uy uchrashuvida so'nggi daqiqalarda yana ochko yo'qotmoqdamiz!
Bournemouth 1:1 Everton
41’ Skott (Everton)
Har doimgidek, golga aylantirish shart bo'lgan ko'plab vaziyatlar yaratildi. Yana standart vaziyatni boy berdik, Kristi va Tav havodagi kurashda bir-biriga xalaqit berdi, shundan so'ng Tarkovski darvozani ishg'ol qildi. Skottga barakalla 👏
Biroq, argentinalik futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etgan taqdirda, u yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga qodir.
Aleks Skottni qo'lga kiritishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlar va Martin Subimendi nomzodi ko'rib chiqilgach, «ko'klar»ning e'tibori senegallik futbolchiga qaratildi.
Agar klub muzokaralarni faollashtirsa va «Monako» bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishsa, futbolchi «Chelsi»ga o'tishga tayyor ekani aytilmoqda.
"Bornmut" Aleks Skottni joriy mavsumdagi loyihaning muhim qismi deb hisoblaydi va uni sotish niyatida emas.
❌ "Bornmut" yozgi transfer oynasi ochilgan ilk kundan boshlab o'z pozitsiyasini o'zgartirmadi: klub Aleks Skottni qo'yib yubormoqchi emas.
"Bornmut"da Skottni joriy mavsumdagi loyihaning muhim qismi deb hisoblashadi. Uning klubni 2027-yilda tark etishi mumkinligi kutilmoqda, ammo hozir emas.
"Chelsi" Aleks Skottni qo'lga kiritish uchun "Bornmut"ga 90 million funtgacha bo'lgan yangi taklif bilan chiqmoqchi.
❗️"Chelsi" Aleks Skottni tarkibiga qo'shib olish uchun navbatdagi urinishni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
80 million funt sterling va bonuslar ko'rinishidagi taklif umumiy summani 90 million funtga yaqinlashtirishi mumkin. Bu esa "Bornmut" klubini o'z qarorini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.