Real Madrid rahbariyati Mourinyu ishidan norozi
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra, Real Madrid rahbariyati Mourinyuning ish uslubi va jamoa o'yinidan norozi bo'lmoqda.
Onda Cero jurnalisti Serrano xabariga ko'ra: "Garchi ayni damda Mourinyuning kelajagi xavf ostida bo'lmasa-da, "Madrid" rahbariyati murabbiyning ayrim ish uslublaridan allaqachon norozi.
Xususan, "slivochnie" Mourinyuning jamoada Anchelotti davridagi kabi loqaydlikka yo'l qo'yayotgani, shuningdek, samarasiz pressing va juda kech amalga oshirilayotgan almashtirishlardan g'azabda.
"Madrid"da Mourinyudan jamoani tartibga solishini va uning salohiyatini to'liq ochib berishini kutishmoqda".