Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi «El Klasiko»da maydonga tushishga urinib ko'radi. Darvozabonning o'yindagi ishtiroki hali so'roq ostida.
🖥 The Athletic (Kortegana) | Kurtua hamon «Klasiko»da ishtirok etishiga umid qilmoqda. Agar darvozabon o'zini yaxshi his qilsa, u «Barselona»ga qarshi o'yin uchun Kataloniyaga yo'l oladi.
📰 El Mundo (❓) | Kurtuaning «Klasiko»dagi ishtiroki 100% istisno qilinmagan.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): «Kurtua «Barselona» bilan o'yinda maydonga tushish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi»
Real Madrid Vinisiusning 4 o'yinlik diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya berdi. RMTV va Onda Cero jurnalistlari vaziyatga o'z munosabatini bildirdi.
📺 RMTV boshlovchisi: "Vinisiusning La Ligadagi 4 o'yinlik diskvalifikatsiyasi? Bu allaqachon barcha chegaralardan chiqib ketmoqda... Futbolchilar Chempionlar ligasida Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatishganda, ular tegishli tartibda jazolanadi, ammo Primerada bunday emas. Chempionlar ligasida hech qanday tarafkashlik yo'q.
Ispan hakamlari "Madrid"ning Chempionlar ligasidagi o'yinlarini boshqarishi qoluvdi, xolos... Bu dahshatli bo'lardi. "Barselona" futbolchisi bilan La Ligada shunday holat yuz berishini tasavvur ham qila olmayman.
Bundan tashqari, "Madrid" o'yinini tanqid qiluvchi ko'plab ispan OAVlari janob Tebasdan subsidiyalar oladi. Va bularning barchasi bilan "Madrid" Primerada kurashishga majbur..."
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid" allaqachon Vinisiusning La Ligadagi 4 o'yinlik diskvalifikatsiyasi yuzasidan apellyatsiya berdi. Vingerning chetlatish muddati bir o'yinga qisqartirilishi mumkin.
📻 Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Vinisius uchun 4 o'yinlik diskvalifikatsiya — bu, mening nazarimda, oshirib yuborilgan".
Onda Cero jurnalisti Pereyro Kilian Mbappening "Oltin to'p" borasidagi so'zlarini tahlil qildi, Usmon Dembele esa o'z favoritlarini aytdi.
Onda Cero jurnalisti Pereyro: "O'ylashimcha, Mbappening kechagi so'zlari uning "Oltin to'p" uchun kurashda o'z nomzodini ilgari surish maqsadida aytilgan. "Real Madrid" allaqachon Mbappening ilk "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi uchun PR-mashinasini ishga tushirib yubordi".
Dembelening ("PSJ" hujumchisi) "Oltin to'p" uchun top-3ligi: Kvarasxeliya, Keyn, Mbappe.
Onda Cero jurnalisti Pereyro "Real Madrid"ning yaqin kelajakdagi transfer rejalari haqida gapirdi.
📻 Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra:
"Dastlab "Real Madrid" Diomandeni, undan keyin esa Rodrini o'z safiga qo'shib oladi. 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi "qirollik klubi"ga o'tadi. "Madrid"da bu borada umuman shubha yo'q! Shunchaki biroz sabr qilish kerak"
Xalqaro tanaffus vaqtida o'z terma jamoalari safida to'p surgan futbolchilar bosqichma-bosqich jamoaga qo'shilishadi. Shu bilan birga, Tchuameni va Bernardu ertagayoq umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishni boshlashadi".
Jud Bellingemning joriy mavsumdagi statistikasi va uning formasi haqida OAV vakillari fikr bildirishdi.
📰 AS (❓) | "Real Madrid"ga qaytganidan so'ng Mourinyu Bellingemni eng yaxshi formasiga qaytarish g'oyasi bilan band bo'ldi. Va "qaymoqranglilar" ustozi bunga erisha oldi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda "Madrid" va Angliya terma jamoasi safida jami 6 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.
📻 Pereyro (jurnalist Onda Cero): "Bellingem fenomenal darajada o'yin ko'rsatmoqda"
Onda Cero jurnalisti Pereyro Mourinyuning Vinisius va Valverde bilan ishlash uslubiga yuqori baho berdi.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Menga Mourinyuning Vinisius bilan ishlash uslubi juda yoqmoqda. Hozircha braziliyalik futbolchi biror marta ham norozilik bildirmadi.
Xuddi shu narsa Mourinyuning Valverde bilan olib borayotgan ishiga ham tegishli. U o'ng qanot himoyasida o'ynashni boshladi [garchi Alonso davrida bu pozitsiyadagi o'yinlaridan norozi bo'lgan bo'lsa ham]"
Onda Cero jurnalisti Pereyro ma'lumotiga ko'ra, Orelen Tchuameni «Atletiko»ga qarshi o'yinda «Real Madrid»ning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilmoqda.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra: «Tchuameni yaqinda safga qaytgan Pitarch va Endrikka qaraganda yaxshiroq jismoniy holatda.
Fransiyalik futbolchi «Madrid»ning «Atletiko»ga qarshi o'yinida (20.09, 17:15 msk) asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda».
Onda Cero jurnalisti Pereyro ma'lumotiga ko'ra, Tchuameni, Pitarch va Endrik mashg'ulotlarga qaytishdi. Ular "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Onda Cero jurnalisti Pereyro xabariga ko'ra: "Bugun Tchuameni, Pitarch va Endrik "Madrid"ning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazdi".
Ispaniyalik va braziliyalik futbolchilar "Inter"ga qarshi o'yin uchun "qaymoqranglilar" qaydnomasiga kiritilishi mumkin (08.09, 22:00 msk). Ammo fransiyalik futbolchi, aftidan, hali jarohatidan to'liq forig' bo'lmagan.