Jude Bellingham «El-Klasiko»dagi o'yini uchun maqtovlarga sazovor bo'ldi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 28

Jude Bellingham «El-Klasiko»dagi o'yini uchun maqtovlarga sazovor bo'ldi

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):

"Bellingem «Klasiko»da «Madrid»ning asosiy yetakchisi bo'ldi. U aqlbovar qilmas xarakter ko'rsatdi va jamoa eng muhtoj bo'lgan pallada, ayniqsa ikkinchi bo'limda ularni ortidan ergashtirdi.

Jud texnika bobida eng yuqori saviyani namoyish etdi, bir nechta haqiqatan ham yulduzli harakatlarni amalga oshirdi va to'psiz juda katta hajmdagi ishni bajardi. Bellingem ijrosida qanday ajoyib o'yin!"

📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti):

"O'tgan «Klasiko»da Bellingem hujumda o'zini yorqin ko'rsatdi va Rodrini to'liq neytrallashtirdi. U dahshatli o'yin o'tkazdi"

📰 R. Martin (AS jurnalisti):

"Agar Bellingem xohlasa, u uchta "Oltin to'p" yutishi mumkin"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!