Jud Bellingem Mourinyu unga aytib bergan qiziqarli voqeani bo'lishdi: 😂
«Mourinyu bir necha yil oldin «Roma»ni boshqarayotganida, mashg'ulotga getrlarining orqa qismida uchta teshik ochib olgan bola keldi.
Mourinyu uning oldiga borib: «Buni nima uchun qilyapsan?» deb so'radi.
Bola esa: «Bellingem shunday qiladi. Aytishlaricha, bu boldir mushaklaridagi bosimni kamaytirishga yordam berar ekan», deb javob berdi.
Shunda Mourinyu unga: «Bolakay, sening yoshing to'qqizda. Senda hali boldir mushaklarining o'zi ham yo'q», dedi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!