#Joze Mourinyo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Mario Balotelli: Mourinyu men uchun katta akadek edi

Mario Balotelli: Mourinyu men uchun katta akadek edi

Mario Balotelli Joze Mourinyu bilan ishlagan davrlari va murabbiyning o'ziga xos psixologik yondashuvi haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Mario Balotelli Joze Mourinyu va uning futbolchilarga bo'lgan yondashuvi haqida gapirdi:

Mourinyu o'ziga xos psixolog edi. U siz bilan ruhiy o'yinlar o'ynardi va yakunda bu sizni u uchun kurashishga majbur qilardi.
Biz safarda «Kyevo»ga qarshi o'ynashimiz kerak edi va o'yindan oldin taktika muhokamasi uchun yig'ildik. Ammo video yoqilganda, unda men do'stlarim bilan parkda 3 ga 3 formatida futbol o'ynayotganim tasvirlangan edi.
Men buni jamoani kuldirish uchun ko'rsatyapti deb o'yladim. Ammo xabar butunlay boshqacha edi: «Agar sen o'zingni erkin va ishonchli his qilib, shunday o'ynayotgan bo'lsang, xuddi shu narsani o'yin vaqtida ham qilishing kerak».
Biz 1:0 hisobida g'alaba qozondik va men gol urdim.
Men uchun u katta akadek edi. Ba'zida u juda qattiqqo'l bo'lardi, lekin mendagi eng yaxshi fazilatlarni qanday ochib berishni bilardi.

O'ng ustun yangiliklari

Joze Mourinyu otasi va Di Stefanoning tarixiy uchrashuvi haqida

Joze Mourinyu otasi va Di Stefanoning tarixiy uchrashuvi haqida

Joze Mourinyu otasining faoliyatidagi eng yorqin lahza va Di Stefano hamda Eysebio ishtirokidagi tarixiy o'yin haqida xotirladi.

Joze Mourinyu o'z otasi haqida shunday deydi:

Otam darvozada o'ynagan va uning faoliyatidagi eng yorqin lahzalardan biri Pako Xento sharafiga hamda stadionning 25 yilligi munosabati bilan «Bernabeu»da o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi bo'lgan.
U va butun portugaliyaliklar avlodi uchun Di Stefano tarixda eng buyugi hisoblanadi. O'sha o'yin yana shuning uchun ham o'zgacha ediki, siyosat xorijda o'ynashiga ruxsat bermagan asosiy kumirimiz Eysebio bu safar aynan «Real» libosida maydonga tushib, otamning jamoasiga qarshi o'ynagan.
Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

Davor Shuker "Real Madrid", Kilian Mbappe, Joze Mourinyu, Vinisius Junior va Luka Modrich haqida fikr bildirdi.

Davor Shuker: "Mbappe gol urish uchun bitta vaziyatdan ham unumli foydalana oladi"

"Slivichnilar"ning sobiq hujumchisi bilan intervyudan parchalar

"Mourinyu o'z nomini "Madrid" tarixiga yana bir bor yozdirib qo'yishi mumkin. Agar futbolchilar uni qo'llab-quvvatlasa, u buni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatga ega va men bunga aminman. Mourinyuning tajribasi va klub tarixini hisobga olgan holda, jamoa La Liga chempionlik unvonini qo'lga kiritishga qodir deb ishonaman".
"Mbappe — tug'ma to'purar. U gol urishi uchun raqib darvozasi oldida bitta xavfli vaziyatning o'zi kifoya. Balki u joriy mavsumdayoq UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqar, balki yo'q. Ammo ishonchim komilki, yaqin uch yil ichida u albatta UEFA Chempionlar ligasi g'olibiga aylanadi".
"Vinisiusmi? Hozircha u haqida gapirmaganim ma'qul, aks holda intervyuni buzib qo'yaman (kuladi). Menga yoqmaydigan narsalar bor. "Real Madrid" har qanday o'yinchidan muhimroq. Keling, bu mavzuni boshqa safarga qoldiramiz. Vinisiusga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman va u "Madrid"da muhim rol o'ynashda davom etishiga umid qilaman".
"Modrichning kelajagi? Peres Luka bilan hisoblashmoqda. Klub unga qandaydir lavozim taklif qilishi kerak. Ishonchim komilki, Modrich "Madrid"da rahbarlik lavozimida o'zini a'lo darajada ko'rsata olardi.

Shekilli, kelajakda Modrichga "Madrid"da qanday rol ajratilishini bilaman, lekin tafsilotlarni oshkor qilishni istamayman".