Ispaniyalik jurnalistlar Mourinyu boshchiligidagi Madrid jamoasi o'yiniga yuqori baho berishmoqda
Ispaniyalik taniqli jurnalistlar va ekspertlar Joze Mourinyu qo'l ostidagi Madrid jamoasining o'yin uslubi hamda natijalariga yuqori baho berishmoqda.
🎤 Pikon (sobiq Relevo jurnalisti):
Proshlo o'tgan vaqtdan beri men Madrid o'yinidan bunchalik zavqlanmagan edim. Va men faqat natija haqida gapirmayapman.
📰 B. Fernandes (jurnalist):
Malaga ustidan qozonilgan g'alaba butun jamoaning mehnati samarasi, buni anchadan beri ko'rmagan edik. Mourinyu buning uchun katta maqtovga loyiq.
📰 R. Martin (AS jurnalisti):
O'ylaymanki, yakunda aynan Mourinyu ishi yozda Madrid markaziy chizig'ini kuchaytiradigan asosiy omil bo'ladi.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti):
Menga Madrid o'yinining ko'plab jihatlari yoqmoqda. Bularning barchasi Mourinyuning xizmati deb ayta olmayman, lekin ularning ba'zilari aniq Joze tufayli.
📺 Agirre (El Chiringuito boshlovchisi):
Mourinyu boshchiligidagi Real Madrid so'nggi yillardagi eng ilhomlantiruvchi jamoa bo'lmoqda.