📰 B. Fernandes (jurnalist): "Real Madrid" "Manchester Yunayted" akademiyasi 16 yoshli forvardi Jey-Jey Gabriel uchun kechgan poygada g'olib chiqdi.
Tomonlar kelishuvni yakunlashga juda yaqin turibdi. Gabriel kelasi hafta boshiga qadar "qaymoqranglilar" bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'taman, OAV ma'lumotlariga ko'ra, "Real Madrid" Gabrielning barcha moliyaviy talablarini to'liq qondirishga tayyor bo'lgan yagona klub hisoblanadi. Ular futbolchiga maosh va turli bonuslarni o'z ichiga olgan holda umumiy qiymati 10 million yevrodan ortiq bo'lgan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!