Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Brighton — yangiliklari

Brighton va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

APL mustaqil hakamlik komissiyasi «Arsenal» va «Brayton» o'rtasidagi bahsda Kay Havertsga nisbatan penalti belgilanmaganini xato deb tan oldi.

🚨 RASMAN: «ARSENAL» TOZA PENALTIDAN MAHRUM ETILDI!

APL mustaqil hakamlik komissiyasi (KMI Panel) «Arsenal» hamda «Brayton» o'rtasidagi bahsning 42-daqiqasida Kay Havertsga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmaganini bir ovozdan xato deb tan oldi. Komissiyaning barcha besh a'zosi bosh hakam qaroriga va VAR aralashuvidan keyingi yakuniy xulosaga qarshi ovoz berdi. Haverts ofsayd holatida bo'lishiga qaramay, Nobe'l Mendi tomonidan sodir etilgan qoida buzilishi nemis futbolchisi o'yinga faol qo'shilishidan oldin yuz bergan.

IFAB qoidalariga ko'ra, bunday vaziyatda ofsayd emas, balki qoida buzilishi qayd etilishi kerak edi. Komissiya VAR aralashuvini asosli deb topdi, biroq takroriy lavhani ko'rgandan keyin hakam qabul qilgan yakuniy qarorni xato deb baholadi.

Hukm aniq: «Arsenal» penalti tepishi kerak edi.

«Liverpul» muxlislari, bu borada fikringiz qanday?

Damian Bobadilla «Brayton», «Real Betis» va «River Pleyt» qiziqishlari doirasida

Damian Bobadilla «Brayton», «Real Betis» va «River Pleyt» qiziqishlari doirasida

Damian Bobadilla «Brayton», «Real Betis» va «River Pleyt» klublari qiziqishlari doirasida. Futbolchi joriy mavsumda «San-Paulu» safida yaxshi natijalar qayd etmoqda.

📰 Passion Estudio:

👀 Xabar qilinishicha, Damian Bobadilla «Brayton», «Real Betis» va «River Pleyt» klublari qiziqishlari doirasida turibdi.

Angliya klubi futbolchiga bir muncha vaqtdan beri qiziqish bildirmoqda, «River Pleyt» esa uni sotib olish bo'yicha allaqachon aniq qadamlar tashlashni boshlagan.

Paragvay terma jamoasi («Albirroxa») safida jahon chempionatida ishtirok etgan Damian joriy mavsumda 4 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, «San-Paulu»ning eng yaxshi assistentiga aylandi.

Batrakovga Yevropa klublaridan qiziqish mavjud

Batrakovga Yevropa klublaridan qiziqish mavjud

«Nyukasl», «Tottenxem», «Brayton», «Parij» FK va «Monako» «Galatasaroy» futbolchisi Batrakovni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

📰 Sabah:

«Nyukasl», «Tottenxem», «Brayton», «Parij» FK, «Monako» «Galatasaroy» futbolchisi Batrakovning transferiga qiziqish bildirmoqda.