The Athletic: "Real Madrid" Chemani Rodri bilan solishtirmoqda
The Athletic xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Brayton" yarim himoyachisi Chemani Rodri bilan solishtirmoqda va uni jamoaga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda.
🖥 The Athletic | "Real Madrid"da hozirda "Brayton" safida to'p surayotgan Chemani Rodri bilan solishtirishmoqda.
"Qirollik klubi" 21 yoshli yarim himoyachini istiqbolli futbolchi deb hisoblaydi. U taktik intizomi hamda o'yinni tashkil etish qobiliyati bilan ajralib turadi. Chema to'pni bir yoki ikki teginishda aniq va tezkor uzatish orqali jamoa o'yinini boshqara oladi.
Eslatib o'taman, OAV xabarlariga ko'ra, "Real Madrid" keyingi yozda Chemani qaytarishi ehtimoli yuqori. Garchi o'tgan yozda klub tarbiyalanuvchiga bo'lgan barcha huquqlarini yo'qotgan bo'lsa ham.