Pikon: "Real Madrid" Chema ustidan barcha huquqlarni yo'qotgan
Pikonning so'zlariga ko'ra, "Real Madrid" Chema ustidan barcha huquqlarni yo'qotgan va uni qaytarish uchun boshqa klublar bilan raqobatlashishi kerak bo'ladi.
Pikon (Relevo sobiq jurnalisti): "Real Madrid" o'tgan yili Chemaning "Brayton"ga o'tishidan so'ng, futbolchi ustidan barcha huquqlarni yo'qotdi.
Agar "qaymoqranglilar" 21 yoshli yarim himoyachini qaytarmoqchi bo'lishsa, ular boshqa klublar bilan teng shartlarda raqobatlashishlariga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, Chemaning o'zi kelajakda "Real Madrid"ga qaytishni xohlashi mumkin.
Qanday bo'lmasin, ispaniyalik futbolchiga allaqachon APLning ba'zi klublari qiziqish bildirmoqda. "Brayton" Chemani taxminan 50-60 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.