#Eduardo Kamavinga — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardo Kamavinga: Jahon chempionatini o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi

Eduardu Kamavinga Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi, o'z pozitsiyasi va terma jamoaga chaqirilishi haqida fikr bildirdi.

🫡 Eduardu Kamavinga:

— Jahon chempionati haqida:

To'g'risi, JChni o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo'ldi, shuning uchun bunday hafsalasizlikka ilk bor duch keldim.
Asosiysi — bundan o'zimga kelishni bilish.

— O'z pozitsiyasi haqida:

Jamoamizda chap qanot himoyachilari yetarli, shuning uchun omadim bor: men tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashim yoki sakkizinchi raqam rolida harakat qilishim mumkin.
Sevimli pozitsiyamga kelsak — o'ylaymanki, uni allaqachon bilasiz (kuladi).

— Zidan tomonidan terma jamoaga chaqirilishi haqida:

Bu juda muhim, men uchun bu g'alaba. Bu qo'l qovushtirib o'tirmaganim va safga qaytishga muvaffaq bo'lganimni isbotlaydi.
Endi bildirilgan ishonchni oqlashim kerak.

— Ertangi Belgiyaga qarshi o'yin haqida:

Ertaga Kurtua Belgiya terma jamoasi safida o'ynamasligidan juda xursandman (kuladi).
Zinedin Zidan Kamavinganing o'yiniga yuqori baho berdi

Zinedin Zidan Kamavinganing o'yiniga yuqori baho berdi

Diario AS xabariga ko'ra, Zinedin Zidan Eduard Kamavinganing o'yinini yuqori baholadi va uni universal futbolchi deb atadi.

Diario AS: Zidan Kamavingani yaxshi markaziy yarim himoyachi va universal futbolchi deb hisoblaydi.

Turkiyaga qarshi o'yinda Eduard maydonga hal qiluvchi pallada tushdi va maydon markaziga xotirjamlik olib kirdi.

Zidan buni e'tiborsiz qoldirmadi.

Diario AS: Kamavinganing muammosi psixologik

Diario AS: Kamavinganing muammosi psixologik

Diario AS xabariga ko'ra, «Real»da Eduardo Kamavinganing asosiy muammosi psixologik ekanligini hisoblashmoqda.

Diario AS xabariga ko'ra, «Real»da Eduardo Kamavinganing asosiy muammosi psixologik ekanligini hisoblashmoqda. 🫡

Uning o'ziga bo'lgan ishonchi o'tgan mavsumdan keyin pasayib ketgan.

Eduardo o'zi ham asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish juda qiyinligini tushunib turibdi, lekin u kurashishga tayyor.

O'ng ustun yangiliklari