🫡 Eduardu Kamavinganing o'yindan oldingi matbuot anjumani:
Avvalo, boshlashdan oldin Xesus de Migelning oilasiga ta'ziya izhor etmoqchiman.
🖱️ So'nggi oylarni qanday o'tkazgani haqida:
Rostini aytsam, bu men uchun og'ir va murakkab davr bo'ldi. Ammo salbiy voqealardan keyin har doim o'rganish mumkin bo'lgan yaxshi narsalar bor deb hisoblayman. Endi men avvalgidan ko'ra intizomliroqman. Klub menga bildirgan ishonchni oqlash uchun ishlayapman. Nimani yaxshilashim kerakligi haqida ko'p o'yladim. Murabbiy bilan gaplashdim va u menga katta ishonch bag'ishladi.
🖱️ Jamoaning kayfiyati haqida:
Har bir o'yinning o'z tarixi bor, lekin bizning vazifamiz — har bir o'yinda g'alaba qozonish. Mavsumni yaxshi boshladik va shu ruhda davom etishimiz kerak. Ishonchni saqlab qolish uchun g'alabalarga erishishimiz muhim.
🖱️ Bernardu Silva haqida:
Bernardu — juda yaxshi futbolchi. U bizga to'pni ko'proq nazorat qilishda yordam beradi va himoyadan chiqishda jamoani qo'llab-quvvatlaydi. U bizga juda katta yordam berdi. Bu buyuk futbolchi, bunday o'yinchilar har doim jamoaga yordam beradi.
🖱️ El-Klasikodagi golli uzatma haqida:
Maydonda shunday harakatlarni amalga oshirish uchun har kuni ishlayapman. Barselonada qilgan ishim unutiladi va men boshqa o'yinlarda ham shunday futbol ko'rsatishda davom etishim kerak.
🖱️ Yozda nimani o'rgangani haqida:
Men odatda shug'ullanmaydigan narsam ustida ishladim: intizom. Mashg'ulotlarga ikki-uch soat oldin kelib, trenajyor zalida shug'ullandim... Mening mentalitetim ham o'zgardi, biroz ulg'aydim.
🖱️ Mourinyuda nima ko'proq hayron qoldirgani haqida:
U juda yoqimli inson, boy tarixga ega buyuk murabbiy. U bilan har kuni ko'p yangi narsalarni, jumladan, futbolchining maydonda qanday mentalitetga ega bo'lishi kerakligini bilib olasan.
🖱️ Kiyinish xonasidagi muhit haqida:
Bizda har doim yaxshi munosabatlar bo'lgan, biz doimo ahil jamoa bo'lib qolganmiz. Ammo natijalar quvontirmasa, siz kiyinish xonasida nimadir noto'g'ri deb gapira boshlaysiz. Bu faqat sizning nuqtai nazaringiz.
🖱️ "Bavariya" bilan o'yindan keyingi tanqidlardan so'ng fikrlash tarzining o'zgarishi haqida:
Men o'rgangan birinchi narsa — siz aytayotgan hamma narsaga quloq solmaslik. Eng yomoni, oilamga tegishi mumkin bo'lgan gaplar aytilganda. Futbolchi birinchi navbatda o'ziga e'tibor qaratishi kerak — men aynan shunday qildim. Birovning tanqidi o'z kuchingga shubha qilishga majbur qilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shunchaki ishlashda davom etish va bor kuchingni berish kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!