#Marca — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Real Madrid hujum chizig'idagi samaradorlikni oshirmoqda

Real Madrid hujum chizig'idagi samaradorlikni oshirmoqda

Real Madrid hujum chizig'idagi samaradorlikni oshirmoqda. Marca nashri jamoaning La Ligadagi golli vaziyatlardan foydalanish ko'rsatkichlarini tahlil qildi.

📰 Marca | Sentyabr oyi o'rtalarida "Real Madrid" joriy mavsumda milliy chempionatda aniq golli vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha Yevropa klublari orasida yetakchi edi — 25 ta.

Biroq, o'sha vaqtdan beri "qaymoqranglilar" La Ligada yana 9 ta gol urib, o'z gollari ko'rsatkichini 47 foizga (19 tadan 28 tagacha) oshirishdi. Shu bilan birga, darvoza sohasiga yo'llangan zarbalarning samaradorligi 32,76 foizdan 36,36 foizgacha ko'tarildi.

Shunga qaramay, sezilarli o'sishga erishilganiga qaramay, "Real Madrid" hali ham Yevropaning eng samarali jamoalaridan ortda qolmoqda: "Barselona"da darvoza sohasiga yo'llangan zarbalar samaradorligi 51,69 foizni, "Roma"da esa qariyb 44 foizni tashkil etadi.

O'ng ustun yangiliklari