«Mestalya»dagi mojarolar: «Real» futbolchilari va «Valensiya» xodimlari o'rtasidagi ziddiyat
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 24

«Mestalya»dagi mojarolar: «Real» futbolchilari va «Valensiya» xodimlari o'rtasidagi ziddiyat

📰 Marca | «Mestalya» yo'lagida kechagi o'yin tanaffusida «Madrid» futbolchilari va «Valensiya» vakillari o'rtasida mojaro yuz berdi. «Ko'rshapalaklar» sport direktori hakam yordamchisi bilan bahslashib, bir necha bor: «Bu fol emas, toza to'p olib qo'yish», deya ta'kidladi.

Bellingem uni hakam yordamchisidan uzoqlashtirishga urindi, shundan so'ng futbolchilar o'rtasida turtki va tortishuvlar boshlandi. Xavfsizlik xizmati xodimlari mojaroni bartaraf etish uchun aralashishga majbur bo'ldi. Ryudiger qo'riqchilardan birining yuziga qo'li bilan urdi, Konate esa vaziyatni tinchlantirishga harakat qildi.

Natijada «Mestalya» xavfsizlik xizmati xodimlari bosh hakamga «qaymoqranglilar» futbolchilaridan biri ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatganini ma'lum qildi. «Valensiya»da yuz bergan holat aks etgan video yozuvlar mavjud.

📰 AS (❓) | «Madrid» kiyinish xonasi jamoa hakamlar tomonidan yetarlicha himoya qilinmayapti, deb hisoblab, g'azabda. O'tgan o'yinda «Valensiya» futbolchilari tomonidan qayd etilgan 26 ta fol so'nggi tomchi bo'ldi.

Bundan tashqari, joriy mavsum La Ligada «Madrid» o'yinchilariga qarshi 171 marta qoida buzilgan. Bu «Barselona» futbolchilariga nisbatan 63 taga, «Atletiko» o'yinchilariga nisbatan esa 58 taga ko'p.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!