#Antonio Ryudiger — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ispaniyalik jurnalistlar Antonio Ryudigerning o'yinini tanqid ostiga olishdi

Ispaniyalik jurnalistlar Antonio Ryudigerning o'yinini tanqid ostiga olishdi

Ispaniyalik jurnalistlar Antonio Ryudigerning o'yinidan norozi. Ular "Real Madrid"ga zudlik bilan yangi markaziy himoyachi kerakligini ta'kidlashmoqda.

📝 Rodra (ESPN muxbiri):

Ryudigerning o'yinini kuzatish men uchun og'ir. Menimcha, markaziy himoyachilar "Madrid" muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ammo klub Ramos - Pepe - Varan - Militao davridan katta shubha uyg'otadigan o'yinchilarga o'tib qoldi.

📰 R. Martin (AS jurnalisti):

"Madrid"ga zudlik bilan yana bir markaziy himoyachi kerak. Ryudigerning "Deportivo"ga qarshi o'yini menda shunday taassurot qoldirdi...

Ryudiger va Endrik mashg'ulotlarga qaytdi

Ryudiger va Endrik mashg'ulotlarga qaytdi

Antonio Ryudiger va Endrik "Real Madrid" mashg'ulotlariga qaytishdi. Endrik mashg'ulotlarga rejalashtirilganidan ikki kun oldin kirishdi.

Antonio Ryudiger va Endrik jamoa bilan birgalikdagi mashg'ulotlarga qo'shilishdi. ✔️

AS xabariga ko'ra, Endrik mashg'ulotlarga belgilangan muddatdan ikki kun avval qaytishga qaror qilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Kilian Mbappe Antonio Ryudiger haqida fikr bildirdi

Kilian Mbappe Antonio Ryudiger haqida fikr bildirdi

Kilian Mbappe jamoadoshi Antonio Ryudigerning maydondagi va hayotdagi xarakteri haqida gapirib o'tdi.

🗣️ Mbappe Ryudiger haqida:

Menimcha, ko'plab muxlislar uni biroz telba deb hisoblashadi. Ammo bu shunchaki uning o'yin uslubi.

Albatta, maydonda u telba, ayniqsa uning to'pga tashlanishlari va xatti-harakatlarini hisobga olsak. Lekin kiyinish xonasida u butunlay boshqacha. U mehribon va e'tiborli inson.