MARCA xabariga ko'ra, Raul Asensio boldir suyagidagi jarohat bo'yicha Real Madrid shifokorlari va murabbiylar shtabi bilan maslahatlashadi.
MARCA xabariga ko'ra, bugun Raul Asensio Joze Mourinyu murabbiylar shtabi va Real Madrid shifokorlari bilan uchrashadi. Tomonlar futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak yoki kerak emasligini hal qilishadi.
Himoyachini uzoq vaqtdan beri boldir suyagidagi muammo bezovta qilmoqda.
Raul Asensio sud jarayoni yakunlangani va oqlangani haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi. Futbolchi o'ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.
🚨 Raul Asensio rasmiy bayonoti:
Bugun, uzoq sukutdan so'ng va men doimo ishongan sud jarayonini hurmat qilgan holda, men OQLANGANIMNI ayta olaman. O'ylaymanki, endi bir necha og'iz so'z aytish vaqti keldi.
Bu oylar davomida men murakkab vaziyatni boshdan kechirdim va ba'zida sud qaror chiqarmasdan turib, men haqimda e'lon qilingan ma'lumotlar hamda fikrlarni ko'rishga majbur bo'ldim. Men OAV ishini, axborot berish va fikr bildirish huquqini tushunaman va hurmat qilaman, lekin har bir yangilik ortida inson va uning oilasi turganini, ular e'lon qilingan barcha narsalarning oqibatlari bilan yashashini yodda tutish muhim deb hisoblayman.
Men har doim adolat oxir-oqibat hamma narsani o'z o'rniga qo'yishiga ishonganman. Bugun o'z so'zi bilan gapiradigan sud qarori bor va men uni xotirjamlik hamda men uchun juda muhim bo'lgan bobni yopa olganimdan mamnuniyat bilan qabul qilaman.
Men shov-shuv yoki qiyin lahzalarga to'xtalib qolishni istamayman. Men butun vaqt davomida yonimda bo'lgan va menga ishongan insonlarning qo'llab-quvvatlashini eslashni afzal ko'raman.
Men oilamga, do'stlarimga, agentimga, advokatlarimga va menga eng ko'p kerak bo'lgan paytda meni qo'llab-quvvatlab, kuch bergan barchaga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Shuningdek, menga ishonch bildirgan va ishlashda davom etishim, o'sishim hamda eng yaxshi ko'rgan narsam: futbol o'ynashdan zavqlanishimga imkon bergan "Real Madrid"ga va klubdagi barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Butun jarayon davomida men chetda qolishga, ishga diqqatni jamlashga va oldinga intilishga harakat qildim. Bugun men buni xotirjamlik bilan qila olaman, chunki har doim haqiqatga ishonganman.
Bu oylar davomida men haqimda gapirganlarga esa faqat bitta iltimosim bor: endi sud qaror chiqargan ekan, bu voqeaning bu qismi ham xuddi shunday sinchkovlik bilan yoritilsin.
Men bahs yoki ortga nazar tashlashni istamayman. Men bu bobni hurmat bilan, boshimni baland ko'targan holda va oldinga intilish uchun ulkan istak bilan yopmoqchiman.
Shuningdek, mast holda avtomobil boshqarish bilan bog'liq hodisa haqida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Sodir bo'lgan voqea uchun chin dildan afsusdaman va o'z javobgarligimni to'liq qabul qilaman. Bu men uchun saboq bo'ldi va bu holat qaytarilmasligiga mutlaqo aminman.
Endi men oldinga qarashni, ishlashda davom etishni, o'sishni va eng yaxshi ko'rgan narsamga: futbolga e'tibor qaratishni istayman.
Endi gapirish navbati menga keldi. Va men murabbiyim bilan to'liq roziman: nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham.
Hala Madrid. Va bunda hech qanday shubha bo'lmasin.
Raul Asensio o'tgan yilning avgust oyida mast holda mashina boshqargani uchun aybdor deb topildi. Futbolchi jarima va haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo'ldi.
🍺 Kino emas, pivo uchun: Raul Asensio o'tgan yilning avgust oyida mast holda mashina boshqargani uchun aybdor deb topildi.
U jarima to'lashga va haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishga rozi bo'ldi.
Migel Serrano xabariga ko'ra, Real Madrid rahbariyati va Joze Mourinyo tarkibni kuchaytirish masalasida hamfikr. Kamavinga va Asensionning kelajagi muhokamada.
🛑 Migel Serrano xabariga ko'ra, klub rahbariyati va Joze Mourinyo o'rtasida jamoaning zaif nuqtalari va ularni bartaraf eta oladigan futbolchilar borasida to'liq o'zaro tushunish mavjud.
Jamoa ixtiyorida allaqachon besh-olti nafar markaziy himoyachi (Tchuameni bilan birga), shuningdek, ko'plab yarim himoyachilar bor.
Agar murabbiy yangi markaziy himoyachi sotib olmoqchi bo'lsa, avvalo Raul Asensionni jamoadan ketishga ko'ndirish kerak bo'ladi. Agar gap yangi yarim himoyachi haqida ketsa, buning uchun Eduardo Kamavinganing ketishi talab qilinishi mumkin.
Klubda Kamavingani Asensiondan ancha qimmatliroq futbolchi deb hisoblashadi, shu bois uni arzon narxga sotish niyatida emaslar. Katta ehtimol bilan, 80 million yevrodan yuqori takliflar ko'rib chiqiladi.
Joze Mourinyo — Kamavinganing eng yaxshi formasini qaytarishga va uning o'yinidagi xatolar sonini kamaytirishga qodir aynan o'sha murabbiy.
Real Madrid himoyachisi Raul Asensio boldir suyagidagi jarohat sababli operatsiya qilindi. Futbolchi tezroq maydonga qaytishga va'da berdi.
Raul Asensio IG sahifasida:
Bir necha oylik turli xil tiklanish urinishlaridan so'ng, bugun boldir suyagim singanligi sababli operatsiya qilinishimga to'g'ri keldi.
Klub tibbiyot xizmatiga va doktor Lousga muvaffaqiyatli o'tgan operatsiya hamda shu vaqt davomidagi har tomonlama qo'llab-quvvatlaganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.
Hozirning o'zida dunyodagi eng buyuk klub libosini yana kiyish uchun qanday qilib yanada kuchliroq bo'lib qaytishim haqida o'ylayapman.
Raul Asensio jarohati sababli "Real Madrid"ning "Villarreal"ga qarshi o'yinida maydonga tusha olmaydi.
Raul Asensio boldir qismidagi jarohat sababli "Real Madrid"ning 2026-yil 10-oktyabr kuni ligada "Villarreal"ga qarshi o'tkazadigan navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Himoya chizig'i yana bir zarbaga uchradi va Raul "qirollik klubi" tarkibidagi allaqachon mavjud bo'lgan to'rtta jarohat olgan futbolchilar ro'yxatiga qo'shildi.
Cadena SER xabariga ko'ra, Raul Asensio mast holatda avtomobil boshqargan. Voqea joyida ko'plab jurnalistlar bo'lgan.
🍻 Cadena SER xabariga ko'ra, Asensio yarim tunda restorandan chiqib keldi va uning mast holatda ekanligi yaqqol ko'rinib turardi. Shundan so'ng u rulga o'tirdi.
U yerda jurnalistlar ham ko'p edi. Agar uni o'sha zahoti alkogol darajasini aniqlash uchun tekshirishganda, katta ehtimol bilan, qondagi spirt miqdori juda yuqori bo'lgani sababli asbob ishdan chiqqan bo'lardi.
Marca xabariga ko'ra, Raul Asensio boldir qismidagi jarohat sabab yana 6-8 haftaga safdan chiqishi mumkin.
📰 Marca xabariga ko'ra, Asensio iyul oyida olgan jarohatidan forig' bo'ldi.
Biroq, 23 yoshli kanterano boldir qismida yana mushaklardagi noqulaylikni his qila boshladi. U o'tgan mavsum oxirida «Madrid»da himoyachilar yetishmovchiligi sabab aynan shu og'riq bilan o'ynagan edi.
Shu sababli, Asensio endi ushbu jarohatni davolashga kirishdi. Agar konservativ davolash usullari himoyachiga yordam bermasa, u jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerak bo'ladi, bu esa uni yana 6-8 haftaga safdan chiqaradi.
Grem Beyli xabariga ko'ra, «Liverpul» Raul Asensio transferi borasida «Real» bilan bog'langan. Madrid klubi futbolchiga jamoani tark etishi mumkinligini aytgan.
🚨 Grem Beyli xabariga ko'ra, «Liverpul» Raul Asensio transferi borasida «Real» bilan bog'langan.
«Real» futbolchiga yozgi transfer oynasi vaqtida «Santyago Bernabeu»ni tark etishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Marca xabariga ko'ra, Raul Asensio "Chelsi" taklifini rad etdi. Himoyachi "Real Madrid"da qolib, Joze Mourinyuning ishonchini qozonmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, himoyachi Angliya klubidan tushgan taklifni rad etdi. U Joze Mourinyuni o'zining salohiyatiga ishontirishni va "Real Madrid"da qolishni istamoqda.