#Ibraima Konate — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Real Madrid o'tgan yozda Bastoni va Diashni ko'rib chiqqan

Real Madrid o'tgan yozda Bastoni va Diashni ko'rib chiqqan

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, o'tgan yozda «Real Madrid» Alessandro Bastoni va Ruben Diashni ko'rib chiqqan, ammo Ibraima Konate tanlangan.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, o'tgan yozda «Real Madrid» Alessandro Bastoni va Ruben Diashni tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqqan.

Biroq, klub erkin agent sifatida Ibraima Konateni imzolashga qaror qilgach, ushbu transferlardan voz kechilgan.

O'ng ustun yangiliklari

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar Konate va Xausenning o'yiniga baho berishdi

Ispaniyalik jurnalistlar A. Blanko va Ros "Real Madrid" himoyachilari Ibraima Konate hamda Din Xausenning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):

Konate va Xausen "Madrid" markaziy himoyasida ajoyib juftlikni tashkil etmoqda. Ikkalasi ham ishonchli o'ynab, jamoa himoyasiga kerakli barqarorlikni bag'ishlamoqda.

Konate va Xausen o'z darvozasidan uzoqda ham, jarima maydonchasi ichida ham samarali harakat qilishmoqda — o'z vaqtida to'pni ilib ketishadi, jamoadoshlarini sug'urtalashadi va xatolarni tuzatishadi. Bundan tashqari, ular to'p bilan muomalada ham "Madrid"ga o'z imkoniyatlariga yarasha foyda keltirishyapti.

📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):

Hozirda Xausen "Real Madrid"ga o'tganidan beri o'zining eng yaxshi sport formasida.

Ibrahima Konate: «Kilian Mbappe Oltin to'pni olishga loyiq edi»

Ibrahima Konate: «Kilian Mbappe Oltin to'pni olishga loyiq edi»

Ibrahima Konate Kilian Mbappening «Oltin to'p»ni qo'lga kirita olmagani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ibrahima Konate Mbappe va «Oltin to'p» haqida:

Tashvishlanarli tomoni shundaki, u «Oltin to'p»ni olmadi, vaholanki, u bunga boshqalardan kam bo'lmagan darajada loyiq edi.
Ammo ertasi kuniyoq Kilian mashg'ulotlarga avvalgi shijoati bilan kirishdi. Umid qilamanki, kelgusi yili u yana nomzodlar qatorida bo'ladi va bu sovrinni qo'lga kiritadi.