Ibrahima Konate: "Real Madrid"da asosiy maqsad – sovrinlar yutish"
Ibrahima Konate "Real Madrid"dagi moslashuvi, Chempionlar ligasidagi maqsadlar va jamoa ichidagi muhit haqida gapirdi.
Ibrahima Konate: "Mourinho hech narsa deyishi shart emas — hamma uni shundoq ham hurmat qiladi"
"Qirollik klubi" himoyachisining o'yinoldi matbuot anjumani
"Ertaga men uchun o'zgacha kun — sobiq jamoamga qarshi maydonga tushaman. Ammo bu bahs butun jamoa uchun ham muhim, chunki bizda Chempionlar ligasida ketma-ket uchta g'alabaga erishib, kuchli sakkizlikda qolish imkoniyati bor. Oldimizda juda qiyin vazifa turganini bilamiz, ammo ertaga yaxshi imkoniyatimiz bor".
"Madrid"da o'zimni qanday his qilyapman? Menga hammasi juda yoqmoqda. Barchasi – futbolchilar, fizioterapevtlar va umuman hamma menga juda yaxshi munosabatda bo'lishdi. Ammo eng muhimi – g'alaba qozonish. Men "Madrid"ga sovrinlar uchun kelganman. Umid qilamanki, ularni shu mavsumdayoq qo'lga kirita olaman.
"Real Madrid" – dunyoning eng yaxshi klubi. Bu yerdagi barcha narsa kutganimdan ham a'lo darajada. Bu yerda hamma narsa katta ko'lam kasb etadi, biz haqimizda butun dunyo gapiradi. Men juda baxtliman va har doim shu klubda o'ynashni orzu qilganman. Biz Chempionlar ligasini yutishni va barcha sovrinlar uchun kurashishni istaymiz. "Madrid" talablari shunaqa".
"Hakamlar "Madrid" va "Barselona" o'yinlarini turlicha boshqarishi rostmi? Oxirgi paytlarda bizga haqiqatan ham omad kulib boqmayapti va men "Negreyra ishi" haqida nimadir o'qigandim.
Biroq men "Madrid"ga futbol o'ynash uchun kelganman va aynan shu narsaga e'tibor qaratishimiz kerak. Men kundalik ishlarim, maydonda nimalar bo'layotgani haqida o'ylashim, yuqori saviyada o'yin ko'rsatib, natijalarga erishishga harakat qilishim kerak. Shu bilan birga, hakamlar qarorlari borasida omadimiz kelmayotgani ham haqiqat".
"Diomande? U nafaqat ajoyib futbolchi, balki haqiqatan ham juda yaxshi inson. Uning "Madrid"da kelajagi porloq. Yan – fantastik futbolchi. U har kuni juda qattiq mehnat qiladi va juda kamtar bo'lib qolmoqda. Kelajakda qanchalik kuchli futbolchi bo'lib yetishishini tasavvur ham qila olmayman. U hali bor-yo'g'i 19 yoshda!
Diomandega eng yaxshi tilaklarimni bildiraman, chunki u haqiqatan ham ajoyib yigit".
"Sevilya"ning o'tgan o'yindagi hakamlikdan noroziligi? Men Mbappe urgan birinchi gol epizodida Yuraga nisbatan qoida buzmaganman deb hisoblayman".
"El-Klasiko" (25.10, 23:00 msk)? "Leyptsig" bilan o'yinga e'tibor qaratish juda muhim. Agar ertaga g'alaba qozonsak, "El-Klasiko"ga yaxshiroq holatda yetib boramiz. Agar yo'q bo'lsa, "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan vaziyatimiz unchalik qulay bo'lmaydi. Ammo eng avvalo ertangi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Undan keyin "El-Klasiko" haqida o'ylaymiz".
"Mourinho – buyuk murabbiy. Unda kamdan-kam odamlarda bo'ladigan xarizma bor. U hech narsa deyishi ham shart emas – hamma uni hurmat qiladi va har bir futbolchi uning qo'l ostida muvaffaqiyat qozonishni istaydi".
"Madrid"da fransiyaliklar ko'pligi? Bu yerda fransuz futbolchilari ko'pligi juda yaxshi, lekin ba'zida bu yomon ham, chunki biz biroz telbamiz (kuladi). Jahon chempionatida Mbappe va Tchuameni bilan birga bo'lganimdan omadim keldi. Turnir davomida ular menga klub haqida ko'p gapirib berishgan. Umid qilamanki, tez orada Mendi ham safga qaytadi. U bizga kerak".