Freytash: Diomande «Real» uchun ajoyib transfer bo'lishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Freytash: Diomande «Real» uchun ajoyib transfer bo'lishi mumkin

Freyatash (Vinisius, Endrik va Diomande manfaatlarini himoya qiluvchi Roc Nation agentligining operatsiyalar bo'yicha direktori):

Diomande? U futbol olamida 10 yilda bir marta uchraydigan Galley kometasi kabi. Yan bilan hamkorlik qilish imkoniyati tug'ilganda, biz ikkilanmadik. Ko'plab boy va nufuzli klublar Diomande bilan qiziqishdi, ammo men har doim o'yinchilarga aytaman: «Madrid» — bu klublar orasidagi Pele.
Futbolchilar bilan «Madrid» haqida gaplashish, Pele bilan birga o'ynagan futbolchilar bilan suhbatlashish bilan barobar. «Real Madrid» biror futbolchiga qiziqish bildirsa, boshqa klublar hech narsa qila olmaydi.
Diomande «Madrid»ga ko'plab syurprizlar taqdim etishi mumkin. Jamoaga raqiblarning taktik tuzilmasini buzib tashlaydigan va o'yin davomida kutilmagan vaziyatlarni yaratadigan futbolchi kerak bo'ladi. U barcha kerakli ko'nikmalarga ega. Yan — katta orzularga ega yigit, «Madrid»da muvaffaqiyat qozonish uchun esa katta orzu qilish kerak.

📰 AS: Mourinyu Diomande maydonda Trent bilan juda yaxshi uyg'unlashishiga ishonadi. Ivoriyalik futbolchining «Madrid» hujumining o'ng qanotida bo'lishi britaniyalik futbolchiga markazga ko'chib o'tish imkonini beradi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!