The Athletic xabariga ko'ra, Mourinyu Trent Aleksandr-Arnoldni Madrid safida yarim himoyada sinab ko'rmoqchi.
The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Mourinyu kelasi mavsumda Trent Aleksandr-Arnoldga katta umid bog'lamoqda. Madrid klubi himoyachi bilan 6 yillik shartnoma imzolagani ham jamoaning unga bo'lgan ishonchini ko'rsatadi.
Portugaliyalik mutaxassis Trentni jamoaning asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmoqda. Biroq, Mourinyu futbolchining to'p nazorati, uzatmalar va zarbalarini inobatga olib, uni asta-sekin o'ng qanot himoyasidan yarim himoyaga o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Dumfris ham bo'lajak mavsumda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Madridliklar 30 yoshli gollandiyalik futbolchini Trent bilan raqobatni kuchaytirish uchun sotib olishgan. Dumfrisning Madrid safida Espanyolga qarshi o'yinda (22.08) asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.
Roc Nation direktori Freytash va AS nashri Ousmane Diomandening «Real Madrid»ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Freyatash (Vinisius, Endrik va Diomande manfaatlarini himoya qiluvchi Roc Nation agentligining operatsiyalar bo'yicha direktori):
Diomande? U futbol olamida 10 yilda bir marta uchraydigan Galley kometasi kabi. Yan bilan hamkorlik qilish imkoniyati tug'ilganda, biz ikkilanmadik. Ko'plab boy va nufuzli klublar Diomande bilan qiziqishdi, ammo men har doim o'yinchilarga aytaman: «Madrid» — bu klublar orasidagi Pele.
Futbolchilar bilan «Madrid» haqida gaplashish, Pele bilan birga o'ynagan futbolchilar bilan suhbatlashish bilan barobar. «Real Madrid» biror futbolchiga qiziqish bildirsa, boshqa klublar hech narsa qila olmaydi.
Diomande «Madrid»ga ko'plab syurprizlar taqdim etishi mumkin. Jamoaga raqiblarning taktik tuzilmasini buzib tashlaydigan va o'yin davomida kutilmagan vaziyatlarni yaratadigan futbolchi kerak bo'ladi. U barcha kerakli ko'nikmalarga ega. Yan — katta orzularga ega yigit, «Madrid»da muvaffaqiyat qozonish uchun esa katta orzu qilish kerak.
📰 AS: Mourinyu Diomande maydonda Trent bilan juda yaxshi uyg'unlashishiga ishonadi. Ivoriyalik futbolchining «Madrid» hujumining o'ng qanotida bo'lishi britaniyalik futbolchiga markazga ko'chib o'tish imkonini beradi.