Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Espanyol — yangiliklari

Espanyol va bog'liq yangiliklar

Brayan Saragosa shartnomasidagi band tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Brayan Saragosa shartnomasidagi band tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Brayan Saragosaning shartnomasidagi 8 million yevrolik sotib olish opsiyasi qanday shartlar bajarilganda majburiy bo'lishi ma'lum qilindi.

💸 Brayan Saragosa shartnomasidagi 8 million yevrolik sotib olish opsiyasi, agar ikki shart bajarilsa, majburiy tus oladi:

🔴 «Espanyol» La Ligada jon saqlab qolsa
🔴 Brayan liga doirasidagi 20 ta o'yinda kamida 45 daqiqadan maydonda harakat qilsa

✏️ Agar har ikki shart bajarilsa, ispaniyalik futbolchi 2032-yilgacha mo'ljallangan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

📰 Mundo Deportivo

Arsen Zaxaryan «Real Sosedad» muxlislari tanqidiga uchradi

Arsen Zaxaryan «Real Sosedad» muxlislari tanqidiga uchradi

Arsen Zaxaryan «Real Sosedad»ning «Espanol»ga qarshi o'yinida zaxirada qolib ketgach, jahl bilan maydonni tark etdi va muxlislar tanqidiga uchradi.

«Real Sosedad» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Arsen Zaxaryanni keskin tanqid ostiga olishdi. Futbolchi «Espanol»ga qarshi o'yin yakunida maydonga tushmasligini anglagach, jahl bilan zaxira o'rindig'ini tark etdi.

Rossiyalik futbolchi bu mavsumda atigi 3 daqiqa maydonda harakat qildi. U jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyga baqirib, ustidagi nimchani yechib tashladi va kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.

Ushbu epizod translyatsiya sharhlovchilari tomonidan ma'lum qilindi. Ispaniyalik muxlislar o'tgan mavsum La Ligada 0+0 natija qayd etgan yarim himoyachining xatti-harakatlaridan hayratda. Ular futbolchini jamoadan ketishini istashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Arsen mavsum oldidan jamoada qolib, o'zini ko'rsatish niyatida ekanini aytgan edi.

Brayan Saragosa «Espanyol»ga o'tishga yaqin

Brayan Saragosa «Espanyol»ga o'tishga yaqin

Brayan Saragosa «Espanyol»ga o'tishga yaqin. Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, tomonlar ijara va sotib olish huquqi bo'yicha muzokara olib bormoqda.

🚨 Brayan Saragosa «Espanyol»ga o'tish bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi.

ℹ️ Ayni damda dastlabki ijara shartnomasi va uni sotib olish huquqi bo'yicha tafsilotlar muhokama qilinmoqda.

✔️ Futbolchi ushbu transferga rozi bo'lgan.

📰 Fabrizio Romano xabariga ko'ra.

Bog'liq yangiliklar