Mark Roka o'z pozitsiyasi haqida gapirdi
Mark Roka o'zining maydondagi pozitsiyasi va murabbiy Manuel Pellegrinining unga bo'lgan qarashlari haqida gapirdi.
Mark Roka:
«Espanyol»da, 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasida va «Bavariya»da men har doim oltinchi raqam pozitsiyasida o'ynaganman.
Pellegrini ko'p hollarda meni «oltinchi raqam»ga qo'shimcha sifatida ko'radi, u mendagi harakatlar diapazoni kengligini payqagan. Menimcha, men ham «sakkizinchi raqam», ham «oltinchi raqam» vazifalarini bajara olaman, moslasha olaman.