Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

VfB Stuttgart — yangiliklari

VfB Stuttgart va bog'liq yangiliklar

Luis Enrike va «Roma» o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi

Luis Enrike va «Roma» o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi

Luis Enrike va «Roma» o'rtasidagi kelishuv yakshanba oqshomida og'zaki tarzda erishilganiga qaramay, oldinga siljimayapti.

Luis Enrike va «Roma» o'rtasidagi kelishuv yakshanba oqshomida og'zaki tarzda erishilganiga qaramay, oldinga siljimayapti.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, hozirgi vaqtda «Roma» boshqa nomzodlarga ustunlik bermoqda, ular orasida «Shtutgart» futbolchisi Jeymi Leveling ham bor.

Bog'liq yangiliklar

Ermedin Demirovich Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

Ermedin Demirovich Chempionlar ligasi tarixiga kirdi

Ermedin Demirovich Shtutgart tarixida Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Ermedin Demirovich juda yaxshi formada. U Shtutgart tarixidagi (133 yillik tarix) Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Ko'z o'ngimizda tarix yaratilmoqda. Biz esa uni Galatasaroyga jo'natayotgan edik.

Shtutgart 3:1 Sparta Praga: Demirovichdan xet-trik

Shtutgart 3:1 Sparta Praga: Demirovichdan xet-trik

Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Demirovich xet-trik qayd etdi, Undav va Shtiller assistentlik qildi.

Shtutgart Yevrokuboklar mavsumini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi❗

Demirovich bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Odatda unga gol urish uchun 3-3,5 ta zarba kerak bo'lsa, bugun u 4 ta zarbadan 3 tasini golga aylantirdi, shunchaki fantastika. Agar u shu ruhda davom etsa, hujum chizig'idagi muammoni uzoq muddatga yopib qo'yadi.

Undav ham samarali o'yin o'tkazdi, u 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, o'n raqam pozitsiyasida o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. Shtillerni ham alohida ta'kidlash joiz, u ham assist qayd etdi va o'yinni muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Yevrokuboklar mavsumini yaxshi boshlab oldik, navbatdagi o'yin Slovan bilan. O'yinchilarimizdan xuddi shunday ijroni kutib qolamiz, bugungi g'alaba bilan esa barchani tabriklayman❤️🤍

Roma Jamie Leweling transferi bo'yicha muzokaralarni faollashtirdi

Roma Jamie Leweling transferi bo'yicha muzokaralarni faollashtirdi

Roma hujumkor vinger izlash ishlarini faollashtirdi va Stuttgart futbolchisi Jamie Leweling transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Roma hujumkor vinger izlash ishlarini hal qiluvchi bosqichga olib chiqdi: Jamie Leweling nomzodiga qiziqish yana ortdi.

Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, bugun, dushanba kuni, 31-avgust kuni jallorossilar bitimni yakunlash maqsadida Stuttgart bilan navbatdagi muzokaralarni o'tkazishdi.

Shu tariqa, transfer oynasining so'nggi soatlarida Germaniya terma jamoasi o'yinchisining o'tishi atrofidagi vaziyat qiziymoqda. Roma va Stuttgart dastlabki taklif rad etilganidan so'ng, kelishuvning tuzilishi va moliyaviy shartlari bo'yicha murosaga kelishga urinmoqda.

Transfer maqsadlari ierarxiyasida eng muhim o'zgarish yuz berdi: ayni damda Leweling Luis Henrique'dan oldinga o'tib ketgan ko'rinadi. Biroq, ayni vaqtda Stuttgart bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda muqobil variant sifatida Zenit bilan braziliyalik futbolchi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Roma va Stuttgart o'rtasidagi muzokaralar jarayonida keskin soatlar kutib turibdi. D'Amico bir nechta variantni ko'rib chiqmoqda, biroq aynan Gian Piero Gasperini so'ragan hujumkor vinger izlashning yakuniy bosqichida Leweling nomzodini diqqat bilan kuzatib borish lozim.