Italiya-Fransiya uchrashuvidan so'ng «San-Siro» stadionida maysazorni to'liq almashtirish ishlari boshlandi.
Maysazorni yangilash jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi: eskirgan qatlamni to'liq olib tashlash; asosni millimetrgacha tekislash va yangi maysazor yotqizishga tayyorlash; yangi chim yotqizish; o'yin maydoni gibrid tizimini yakunlash uchun qoplama yotqizish va sintetik mustahkamlash.
Tuttosport xabariga ko'ra, yangi maysazorda dastlabki o'yinni «Milan» va «Frozinone» jamoalari yakshanba, 22-noyabr kuni o'tkazishadi. Shundan so'ng, chorshanba, 25-noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Inter» — «Shtutgart» uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!