«Brayton» yarim himoyachisi Chema Andres «Oltin to'p» uchun nomzod sifatida Garri Keynni ko'rsatdi va Yozua Kimmixning o'yiniga yuqori baho berdi.
❓ Kimga «Oltin to'p»ni topshirgan bo'lardingiz?
✨🎤 Chema Andres («Brayton», «Shtutgart»ning sobiq yarim himoyachisi):
«Garri Keynga. Germaniyada unga qarshi o'ynab, ancha qiynalganman. O'ylashimcha, u aqlbovar qilmas mavsum o'tkazdi»
✨🎤 Andres qaysi futbolchi unga eng katta taassurot qoldirgani haqida:
«Shaxsan menga eng ko'p yoqadigani — Kimmix. Uning o'yin uslubi, xotirjamligi, hammasi... jamoani tashkil etishi, xarakteri. Men unga juda ko'p e'tibor qarataman»
Deniz Undav o'zining joriy mavsumdagi o'yin uslubi, darvozadan uzoqlashib ketgani va Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida ochiq intervyu berdi.
⚡️Deniz Undavning kechagi o'yindan keyingi kuchli intervyusi:
Albatta, almashtirilganimdan xursand emasman. O'tgan mavsumdagidek vaziyatlarga tushayotganimni his qilmayapman, chunki ko'pincha darvozadan juda uzoqda qolib ketyapman. Deyarli hech qachon jarima maydonchasi ichida bo'lmayapman, bo'lgan taqdirimda ham gol ura olmayapman. 4 ta o'yinda menda bor-yo'g'i 2 ta imkoniyat bo'ldi.
O'tgan mavsumda ko'pincha hujumning so'nggi chizig'ida qolardim, o'shanda to'p menga kelib tushishi mumkin bo'lgan pozitsiyada edim. Hozir esa darvozadan uzoqroqda o'ynayapman, 40 metr oldinga yugurishimga to'g'ri kelyapti. Ammo bunday vaziyatlar ham kamdan-kam yuzaga kelyapti. Men o'z balansimni topishim kerak.
Men ochiq gapiraman va hech narsani yashirmayman, xoh u yomon, xoh yaxshi bo'lsin. Menda tez-tez muammolar yuzaga kelgan va ko'p marta o'z qadr-qimmatimni isbotlashimga to'g'ri kelgan. Bu yozda o'zim bilan o'zim urushgan edim.
(Terma jamoaga chaqirilmaganimdan) biroz xafa bo'ldim, JCh va terma jamoadagi boshqa o'yinlarim tufayli menga qandaydir kafolat bor deb o'ylagandim. Ko'rinishidan, unday emas ekan va men yana ko'p narsaga qodirligimni isbotlashimga to'g'ri keladi. Har bir murabbiyga o'z salohiyatimni isbotlashim kerak, lekin bunga ko'nikib qolganman. Shunday ekan, buni yana qilaman va safga qaytaman, umid qilamanki, noyabr oyida.
👑Va yakuniy so'z:
Men buni (terma jamoaga chaqirilmaganimni) qabul qilishim kerak. Men o'ziga achinadiganlardan emasman. Bu yerda o'tirib yig'lamoqchi emasman. Endi oldinga qarab harakatlanish vaqti keldi.
Kristian Iltsyer va Vauter Burger Yevropa Ligasi doirasidagi OFI Kritga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Kristian Iltsyer va yarim himoyachi Vauter Burger ishtirokidagi matbuot anjumani.
Kristian Iltsyer
OFI Krit haqida:
Ular jiddiy raqib ekanliklarini ko'rsatishdi. Bu Kubokdagi g'alaba, Superkubokdagi yutuq va o'tgan dam olish kunlari Pireyda Olimpiakos ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alabaga ham tegishli. Ularning himoyasi juda yaxshi. Kritliklar juda ixcham va jipslashib harakat qilishadi, himoyadan hujumga o'tishda esa katta xavf tug'dirishadi. Darvoza oldida xavf yaratish va zarba berish uchun ularga ko'p vaziyat kerak emas.
Kadrlar holati haqida:
Barcha o'yinchilar safda, bu juda yaxshi belgi. Ertangi tarkib yuklamalarni taqsimlashga qarab emas, balki o'yin darajasiga qarab belgilanadi. Albatta, raqib ham boshlang'ich tarkibni tanlashda muhim rol o'ynaydi. Bizga yuqori darajadagi boshlang'ich tarkib va jipslashgan jamoa kerak. O'z kuchimizga juda ishonamiz.
O'yin haqida:
Oxir-oqibat, hammasi maydonda yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishga borib taqaladi. Biz OFI Kritni hurmat qilamiz. Favorit bo'lish — bu shunchaki yorliq, u g'alabani kafolatlamaydi. OFI juda kam gol o'tkazib yuboradi va gol urish uchun ko'p vaziyatga muhtoj emas, buning o'z sababi bor. Bu xavfli kombinatsiya. Biz bunga tayyorgarlik ko'rdik. Biz uchun birinchi soniyadan o'z kuchli tomonlarimizni ko'rsatish muhim. Shunda har qanday raqibga qiyin bo'ladi.
Oliver Baumann haqida:
Oli — ajoyib darvozabon, mukammal sardor. Ham inson, ham o'yinchi sifatida u biz uchun juda muhim rol o'ynaydi. Ertaga u darvozada turadi.
Tsutsenxauzendagi yakuniy mashg'ulot haqida:
Biz joriy mavsumda haftaning o'rtalarida o'yinlar ko'pligi sababli cheklangan mashg'ulot vaqtidan tanish muhitda foydalanmoqchimiz. Jamoa murabbiylari bu yerda bo'lishgan va maydon holatini qanday baholashni bilishadi. Maqsadimiz taktik jihatlarni uyda sayqallash edi.
Krit oroli haqida:
Krit dam olish uchun ajoyib joy bo'lishi mumkin, ammo biz uchun bu Yevropa Ligasidagi ish joyimiz. Biz bu yerda dam olishni emas, ishlashni istaymiz. Biz o'tgan yili buning uchun kurashdik va endi o'zimizni mukofotlamoqchimiz. Maqsadimiz — muvaffaqiyatli futbol o'ynash. Biz Yevropada o'z futbol DNKimizni namoyish etmoqchimiz.
Vauter Burger
Yevropa Ligasidagi vazifalar haqida:
Menda ozgina bo'lsa-da tajriba bor, garchi atigi 25 yoshda bo'lsam ham. Yigitlarni o'zim bilan olib ketmoqchiman. Tayyor bo'lishni istaymiz, biz ajoyib formadamiz. Shunda o'yin o'z-o'zidan keladi. Men hozirgi damga e'tibor qaratganman. Biz Yevropada futbol o'ynayotganimizdan shunchaki xursandmiz. Sayohat boshlanmoqda, biz buni intizorlik bilan kutmoqdamiz.
Stadiondagi muhit haqida:
Muxlislar ko'p bo'lganda har doim ajoyib. O'tgan mavsumda biz avval safarda, keyin esa uy o'yinlarida yaxshi formada edik. Shuning uchun biz bu biz uchun ahamiyatsiz ekanligini ko'rsatmoqchimiz. Bizda aniq futbol o'ynash uslubi bor. Qaysi stadionda o'ynashimizdan qat'i nazar, buni ko'rsatib kelmoqdamiz.
Yevrokuboklardagi tajribasi haqida:
Mening eng yoqimli yutug'im Bazel bilan Konferensiyalar Ligasining yarim finaliga chiqish bo'lgan. Afsuski, so'nggi daqiqada bizni Fiorentina chiqarib yuborgandi.
Mavsum starti haqida:
Bundesligadagi dastlabki uchta o'yindan so'ng bizda uch ochko bor. Kyolnda yakunda yetarlicha yaxshi o'ynay olmadik. Borussiyaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdik, ammo uchta zaif lahzaga yo'l qo'ydik. Bu bizga uch ochkoga qimmatga tushdi. Shtutgartga qarshi og'ir jang bo'ldi, yakunda g'alaba bilan o'zimizni mukofotladik. Shtutgart va Dortmund o'tgan mavsumda kuchli to'rtlikka kirganini unutmaslik kerak.
Jamoa tarkibi haqida:
Jamoaga juda ishonaman. Agar maydonda borimizni bersak, juda yaxshi o'yin ko'rsata olamiz. Menimcha, bu mavsumda tarkib o'tgan yilgiga qaraganda biroz kuchaydi.
Raqib formasi
O'tgan dam olish kunlari OFI Krit Pireyda Olimpiakosni 1:0 hisobida sensatsion tarzda mag'lub etdi. Gretsiya orolidan bo'lgan jamoa milliy Kubok sohibi sifatida Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan. Gretsiya chempionatining to'rt turidan so'ng OFI to'qqiz ochko to'plab, uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Xoffenxaym uchun bu klub tarixidagi Gretsiya jamoasiga qarshi ilk rasmiy o'yin hisoblanadi.
Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning o'yini, rotatsiya va Maykl Olisening yangi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
Vensan Kompani:
«Kuchli raqib, qiyin joy. Ular ko'p ochko to'plashini, jumladan, top-jamoalarga qarshi o'yinlarda ham ochko olishini kutmoqdaman. Bugun bizda vaziyatlar bo'ldi, ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz. So'nggi o'yinlardagi muammo — foydalanilmagan imkoniyatlar. «Shalke» va «Budyo»ga qarshi biz ustunlik qildik, kontrpressingimiz yaxshi edi.
Ammo bugun u darajada emasdi. Raqib jasur va to'p bilan muomalada yaxshi harakat qildi. Shunga qaramay, g'alabani ilib ketganimiz yaxshi bo'ldi»
Rotatsiya haqida:
«Buning ortida mantiq bor. Ba'zida intuitsiya ham bunday qarorlarda rol o'ynaydi. Umuman olganda, yigitlarga kerakli pallada tayyor bo'lishlari uchun o'yin vaqti berishimiz kerak.
Agar ular butun mavsum kutib o'tirishsa va keyin nimadir yuz bersa, unda juda kech bo'ladi. Bu futbolning bir qismi. Buning ortida mantiq turishi muhim, bu o'yinchilarga sovg'a ulashish haqida emas»
Jamoa hali eng yuqori sport formasiga chiqmagani sababi haqida:
«Darhaqiqat, bugungi birinchi taym hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar borligini ko'rsatdi. Yigitlarning uzoq ta'tili bo'lmaganini unutmaslik kerak, ular qaytishdi, Dortmundda Superkubokni yutishdi, «Shtutgart» va «Budyo»ga qarshi o'ynashdi. Buni hisobga olish lozim.
Ha, birinchi taymda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Biz buni tushunamiz. Bunday holatlar mavsum davomida uchrab turadi va biz ularga munosabat bildirishimiz kerak. Bu dangasalik emasdi, ammo to'p bilan ham, to'psiz ham 100 foizlik faollik va konsentratsiya bilan o'yin bo'lmadi. Gap buni butun mavsum davomida qanday ushlab qolishda. Men «raqobat» deb ataydigan rotatsiya aynan shu yerda ishga tushadi. Biz shunchaki oldinga qarab harakatlanishda davom etishimiz kerak»
Maykl Olise o'nlik pozitsiyasida o'ynashi va bu kelajak uchun variant ekanligi haqida:
«Maykl erkinlikka ega. Gap uni eng xavfli bo'la oladigan joyda ishlatish haqida ketmoqda. O'nlik pozitsiyasida o'ynashdagi eng katta farq — bu himoya, chunki ortda full-beklar yo'q, ammo to'p bilan men Mayklga ko'p erkinlik beraman — u har ikki pozitsiyadan ham xavf tug'dira oladi. Bu muhim»
«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Dreezen Bundesliganing zerikarli bo'lib qolgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.
Yan-Kristian Dreezen Bundesliganing «Bavariya» hukmronligi sabab zerikarli bo'lib qolgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi:
Men qolgan 17 ta klub nomidan gapira olmayman. O'zimga kelsak, buni zerikarli deb hisoblamayman. Biz bu yerda yaxshi futbol o'ynash uchun yig'ilganmiz va bu muvaffaqiyatli bo'ladi deb umid qilaman. O'z uyimizdami yoki safardami, chiptalarga bo'lgan talab juda yuqori, bunga boshqa klublar muxlislari ham kiradi.
Bu odamlarga «Bavariya» o'yinlarini tomosha qilish yoqishini ko'rsatadi. Men qolgan 17 ta klub nomidan gapira olmayman. Har kim o'zi uchun javob berishi kerak.
«Al-Ahli» bosh murabbiyi Mattias Yayssle Nik Voltemade atrofidagi transfer mish-mishlariga izoh berdi.
Mattias Yayssle: «Voltemade haqidagi mish-mishlarmi? Hurmat bilan aytaman, matbuot anjumanida bu mavzuni muhokama qilish men uchun umuman o'rinli emas.
Men bu haqda kecha aytib o'tganman va Nik biz uchun qanchalik muhim ekanini ta'kidlaganman. Boshqa qo'shimcha gapim yo'q».
Tom Bishof «Bavariya»da 8-raqam ostida o'ynashi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tom Bishof «Bavariya»dagi 8-raqam haqida fikr bildirdi:
«Bavariya»da raqamingizdan qat'i nazar, doim diqqat markazidasiz. Ammo ko'pchilik uchun raqamlar muhim ahamiyatga ega. Men uchun bunday nufuzli raqamni kiyish o'zgacha tuyg'u. Bu menga yoqadi va mos keladi. Menga ishonch bildirib, ushbu raqamni topshirishganini qadrlayman. Endi keyingi qadamni tashlamoqchiman va bunga qodir ekanimga ishonchim komil. Shu bois bu men uchun katta rag'bat! Sakkizinchi raqamda maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman va buni g'urur bilan amalga oshiraman».
«Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch «Bavariya» qiziqishi va Germaniya terma jamoasida o'ynash orzusi haqida gapirdi.
🤔 «Shtutgart» himoyachisi Finn Yelch «Bavariya» unga qiziqayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Men ham buni o'qidim. Lekin hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q. Butun e'tiborim «Shtutgart» bilan bo'lajak mavsumga qaratilgan. Bu yerda men uchun ideal muhit bor va men Chempionlar ligasida o'ynashim mumkin.
✨ Futbolchi Germaniya terma jamoasiga chaqiruv olish istagi haqida ham to'xtaldi:
Albatta, bu mening aniq maqsadim. Germaniya yoshlar terma jamoalarida o'ynash men uchun juda o'zgacha voqea bo'lgan. Agar Yurgen Klopp men bilan bog'lansa, juda xursand bo'lardim. Bu katta orzu.
Madrid tarbiyalanuvchisi Chema "Real Madrid" tarkibi va o'zining kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
Chema (Madrid tarbiyalanuvchisi, hozirda "Brayton"da o'ynamoqda): "Madrid"ga men kabi uslubdagi yarim himoyachi yetishmayaptimi? Yo'q, men bunday deb o'ylamayman.
Odamlar juda ko'p gapirishadi. "Madrid"da barcha turnirlarda g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan barcha sifatlarga ega ajoyib futbolchilar o'ynaydi. "Madrid" markazida Tchuameni, Kamavinga, Valverde va Bernardu bor.
Umid qilamanki, kelajakda "Real Madrid"ga qayta olaman. Ammo hozir bu haqda o'ylayotganim yo'q".
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda "qaymoqranglilar" 21 yoshli yarim himoyachining barcha huquqlarini yo'qotishgan edi, u "Shtutgart"dan "Brayton"ga o'tgan.
Hoffenheim hujumchisi Adam Glojek Yevropa Ligasi doirasidagi «OFI Krit»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Adam Glojek: «Biz eng boshidanoq diqqatli bo'lishimiz kerak»
Yevropa Ligasi doirasidagi payshanba kungi «OFI Krit»ga qarshi bahs oldidan Adam Glojek raqib va turnirdagi tajribasi haqida gapirib berdi.
— Adam, shanba kungi «Shtutgart»ga qarshi o'yinda urilgan ikkita goldan so'ng, endi Yevropa Ligasi boshlanmoqda. Bu impulsdan foydalana olasanmi?
«Gol urganingda, albatta, har doim o'sha yaxshi hisni saqlab qolishga va uni keyingi o'yinlarga ko'chirishga harakat qilasan. Biz butun jamoa bo'lib Kritda yaxshi o'yin ko'rsatib, uch ochkoni qo'lga kiritishni istaymiz — bu oson o'yin bo'lmaydi».
— Raqibdan nimani kutyapsan?
«Bu kuchli raqib. Ularning himoyasi juda ishonchli, ular ixcham harakat qilishadi. Chempionat, Kubok va Yevropa Ligasi saralashidagi sakkizta o'yinda ular bor-yo'g'i ikkita gol o'tkazib yuborishdi. Biz ularga to'liq e'tibor qaratishimiz kerak».
— Bu o'yinni qanday o'tkazmoqchisizlar?
«Dastlabki daqiqalardanoq bosim o'tkazish va faol pressing qilish muhim. G'alaba qozonish uchun biz eng boshidanoq diqqatli bo'lishimiz kerak».
— Bu «Hoffenheim»ning yunon jamoasiga qarshi ilk o'yini. Senda yunon futboliga qarshi o'ynash tajribasi bormi?
«Yo'q, bu yunon jamoasiga qarshi ilk rasmiy o'yinim va albatta, Kritdagi ilk o'yinim. Besh yil oldin u yerga dam olish uchun borgandim, lekin bu safar bu haqda o'ylamayapman. Biz u yerga futbol o'ynash va ligadagi yaxshi start uchun uch ochko olishga uchib ketyapmiz. Biz «Shtutgart»ga qarshi o'yindan keyin to'plangan sur'atni saqlab qolishimiz va uni rivojlantirishimiz mumkin».
— Sen Yevropa Ligasida allaqachon 31 ta o'yin o'tkazgansan, ikki yil avval esa «Bayer» bilan hatto finalda ham o'ynagansan. Turnirdagi oldingi chiqishlaring senga nimani o'rgatdi?
«Men shuni aniq o'rgandimki, faqat o'yindan o'yinga qarab fikrlash kerak. Biz uchta musobaqada ishtirok etyapmiz va doimiy ravishda e'tiborni navbatdagi o'yinga qaratish juda muhim. Albatta, umid qilamanki, biz uzoqroqqa borib, ushbu turnirda nimadir alohida narsaga erisha olamiz; bunga ishonish kerak. Ammo birinchi qadamni payshanba kuni tashlash lozim».
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jamoasining so'nggi o'yindagi g'alabasi va ko'rsatgan o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Harri Keyn:
Natijadan juda mamnunman. Biz sabrli bo'lishimiz kerak edi, ammo birinchi bo'limda ham yaxshiroq o'ynadik deb hisoblayman, ularning darvozaboni bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.
Biz xotirjamlikni saqlab qoldik va hujum qilishda davom etdik. Erta urilgan gol bizga yordam berdi. O'tgan mavsumda o'yin davomida kuchayib borishimizni ko'rsatgan edik. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarimiz qarshisida 3 ochkoni qo'lga kiritishni istagandik. Buni uddalaganimizdan xursandman.
Vensan Kompani «Bavariya»ning «Shtutgart» ustidan qozongan yirik g'alabasi va Bundesligadagi raqobat haqida fikr bildirdi.
Kompani «Bavariya» «Shtutgart» kabi kuchli jamoani 5:1 hisobida mag'lub etganidan so'ng, bu liga holati haqida nimalarni anglatishi borasidagi savolga javob berdi:
Men bu yerga kelgan paytimni hali ham yaxshi eslayman, ko'p bo'lgani yo'q, ikki yil oldin «Shtutgart» «Bavariya»ni osonlik bilan mag'lub etgandek tuyulgandi. Shuning uchun hozirgi farq faqat g'alaba qozonayotganimiz uchungina katta ko'rinmoqda. Ammo hammasi tezda o'zgarishi mumkin, shuning uchun bizning vazifamiz — oldinga harakat qilishda davom etish va har safar yangi sahifadan boshlashdir.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk ishini "Dortmund" va "Bavariya" o'rtasidagi Superkubok bahsiga tashrif bilan boshlaydi.
🚨 Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy ishini kelasi hafta "Dortmund" va "Bavariya" o'rtasida bo'lib o'tadigan Frans Bekkenbauer Superkubogiga tashrif buyurish bilan boshlaydi.
✨ Maks Eberl:
Men uning Superkubokda bo'lishiga ishonchim komil va "Shtutgart"ga qarshi birinchi o'yinda ham qatnashishiga aminman. O'ylaymanki, uning ishi aynan shu o'yinlardan boshlanadi.
«Bavariya» yarimhimoyachisi Bishof 8-raqamni olishi, yangi jamoadoshlari va mavsumoldi tayyorgarligi haqida gapirib berdi.
Bishof «Bavariya»dagi 8-raqam va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida gapirdi:
«Bavariya»da o'ynayotganingizda, qaysi raqamda bo'lishingizdan qat'i nazar, doim diqqat markazidasiz. Shunga qaramay, jamoada raqamlar ko'pchilik uchun ahamiyatga ega. Bunday muhim raqamni kiyish – o'zgacha tuyg'u. Menga bu yoqadi va mos keladi. Menga ishonch bildirganlaridan minnatdorman. Endi navbatdagi qadamni tashlamoqchiman va bunga qodir ekanimga ishonaman. Bu men uchun katta motivatsiya! Sakkizinchi raqamli libosni g'urur bilan kiyishni intiqlik bilan kutyapman. Bolaligimda 10-raqamni orzu qilardim, lekin hozir himoyaviyroq o'ynayapman, shuning uchun 8-raqam mos tushadi. Leon (Goretska)ga hurmat yuzasidan biroz kutdim, keyin Aleks Pavlovich bilan gaplashdim. U bu yerda uzoqroq vaqt davomida bo'lgan, do'stimiz, lekin Pavlo o'z raqamida qoladigan bo'ldi. Shuning uchun so'radim va menga ruxsat berishdi»
Yangi o'yinchilar Ismael Saibari va Nataniel Braun haqida:
«Neneni yuqori baholayman, u tizimimizga juda mos tushadi. Chap qanot himoyachisi markazga o'tib, hujumda qatnashishi qanchalik muhimligini o'zimda his qilganman. Uning texnikasi va uzatmalari yaxshi, shuningdek, himoyada ham mustahkam. Saibari jahon chempionatida ajoyib o'ynadi, uning o'yinni o'qish qobiliyatini avval ham ko'rgandik. U universal o'yinchi va bizga yordam beradi»
Avgust oyidagi qiyin start haqida:
«Murabbiyimiz bo'shashishimizga yo'l qo'ymaydi. Startning shiddatli bo'lishi yaxshi. O'ylaymanki, har qanday futbolchi tinimsiz mashg'ulotlardan ko'ra o'yinlarda qatnashishni afzal ko'radi. Dortmund va Shtutgartga qarshi o'yinlarga tayyor bo'lamiz»
Ta'til va jismoniy holat haqida:
«Ha, albatta. Men bu tanaffusni imkoniyat deb bildim. «Bavariya» fitnes-murabbiylari bilan aniq rejamiz bor edi, shuningdek, shaxsiy murabbiyim bilan ham qo'shimcha ishladim. Kim nima bilan shug'ullanishini hamma bilishi muhim edi. Ba'zan futboldan uzilishni yoqtiraman, lekin televizorni butunlay o'chirib qo'ya olmaysiz - jahon chempionatining bir nechta o'yinini ko'rdim. Shunga qaramay, dam olishga muvaffaq bo'ldim. Avval do'stlarim bilan ketdim, keyin oilam va qiz do'stim bilan vaqt o'tkazdim. Oxirgi ikki-uch hafta esa juda intensiv shug'ullandim»