Jonatan Ta: "Raqibni hech qachon kamsitmasligimiz kerak"
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 38

Jonatan Ta: "Raqibni hech qachon kamsitmasligimiz kerak"

Jonatan Ta sun'iy qoplamali maydonda o'ynash haqida:

"Bu haqda ortiqcha o'ylash kerak emas. Yoshligimda "Gamburg"da sun'iy qoplamali maydonlarda ko'p o'ynaganman, oxirgi marta esa uch-to'rt yil oldin o'ynagandim.

Ancha oldin esa tuproqli maydonlarda ham o'ynaganman. Aytishim mumkinki, har qanday holat tuproqli maydonda o'ynashdan yaxshiroq. Barchamiz sun'iy qoplamali maydonlarda o'ynaganmiz. Biz bunga unchalik e'tibor qaratmayapmiz"

Ta ertangi raqib haqida:

"Ular maydonga ishonch bilan chiqishlarini bilamiz. Ular chempionatda g'olib chiqishgan, "Bude-Glimt" bilan birga turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. Ular standart vaziyatlarda juda xavfli, shuningdek, ajoyib hujumchilarga ega.

Ular hatto "Bavariya"ga qarshi ham yashirinib o'tirishmaydi. "Shtutgart"ga qarshi o'yinda ham ular himoyaga yotib olishmaganini ko'rdik, bu ularning o'yin uslubi emas. Ertaga ham shunday bo'lishini kutmayapmiz.

Raqibni hech qachon kamsitmasligimiz kerak, bu har doim muhim. Favoritlar haqida ko'p gapiriladi, lekin biz bunday deb o'ylamaymiz. Biz o'z salohiyatimiz va o'yinimizga e'tibor qaratamiz. Har doim shunday qilishni istaymiz. Raqib kim bo'lishidan qat'i nazar, biz har doim 100 foiz kuch bilan harakat qilishni istaymiz va ertaga ham shunday qilamiz"

Ta Noyyer va Urbig haqida:

"Manu bilan birga o'ynash – bu o'zgacha narsa. Ilgari uni televizor orqali tomosha qilardim. U bizda yaratadigan aura shunchaki hayratlanarli. Yonas esa Manudan albatta nimadir o'rganmoqda, lekin uning o'ziga xos uslubi bor"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!