Bavariya qishda yangi darvozabon sotib olmaydi
«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi darvozabon izlamaydi. Klub Manuel Noyerning to‘liq tiklanishiga ishonch bildirmoqda.
❌ «Bavariya» qishda yangi darvozabon sotib olishni rejalashtirmayapti.
🧤 Klub rahbariyati Manuel Noyer yanvar oyidan kechikmay to‘liq safga qaytishiga ishonchi komil. Nemis posboni qaytganidan so‘ng, yana asosiy darvozabon o‘rnini egallashi kerak. «Bavariya»da unga qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha imkoniyat berishga tayyorlar.
🎯 Bahorga kelib, klub Noyer va Yonas Urbigni eng yuqori sport formasiga olib chiqishni maqsad qilgan, shunda ikkalasi ham mavsumning hal qiluvchi pallasiga tayyor bo‘lishadi.