Yurgen Kloppdan "Manchester Siti"ga qarshi qo'yilgan ayblovlar va u o'tmishdagi natijalar qayta ko'rib chiqilsa, qo'shimcha Premer-liga chempionliklarini qo'lga kiritishga umid qiladimi, deya so'rashdi:
[Kuladi] Albatta, bu haqda eshitdim, lekin unga katta ahamiyat bermadim. Men faqat kutishim va kuzatishim mumkin.
Pep Gvardiolaning futbol uslubiga va "Siti"ga katta hurmat bilan qarayman. Ular fantastik futbol namoyish etishdi va biz uchun yuqori darajadagi raqib bo'lishdi.
Agar qandaydir sanksiyalar qo'llanilsa, bu menga taalluqli emas. Men kutaman va kuzataman. Men chempionlikni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish yoki shunga o'xshash narsalardan yiroqman.
"Liverpul"da erishgan yutuqlarimizning har bir jihati menga yoqadi, biz har doim maydonda oxirigacha kurashganmiz.
Bu haqda ko'proq gapira olmayman, chunki tafsilotlarni bilmayman va ular meni qiziqtirmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!