Yurgen Klopp jamoasining o'yinidan mamnun
Yurgen Klopp jamoasining ko'rsatgan o'yinidan mamnunligini bildirib, Gretsiya terma jamoasiga qarshi bahsni tahlil qildi.
Yurgen Klopp:
Men juda mamnunman, chunki qayerdan boshlaganimizni bilaman. Jamoadan juda, juda, juda taassurotlandim. Rostini aytsam, xafa bo'lishdan ko'ra, yoqimli ajablandim. Birinchi bo'limda bunday o'yin ko'rsatishimizga ishonmagan bo'lardim. Yigitlar barcha jabhalarda yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishdi, faqat vaziyatlardan foydalana olmadik yoki hujumning so'nggi qismida qulayroq pozitsiyadagi sherigimizni payqamadik.
Taxminan 60-daqiqada ishonchni biroz yo'qotdik, shuning uchun harakatlarimiz avvalgidek aniq bo'lmay qoldi. Ammo atigi uch kun oldin o'yin o'tkazgandik va kuchli Gretsiya terma jamoasiga qarshi 90 daqiqa davomida bunday tempni ushlab turish qiyin. Bizning qarshi pressingimiz 90 foiz holatlarda a'lo darajada ishladi. Muammo shundaki, u ishlamay qolgan 10 foiz holatlarda vaziyat biroz murakkablashishi mumkin.