Pep Gvardiola Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi:
U futboldagi eng yaxshilardan biri. Men unga qanchalik qoyil qolishimni ta'riflab bera olmayman. U shunday shaxsiyat, shunday murabbiyki, u futbol olamimizni yanada yaxshiroq qiladi. U xarizmatik va ajoyib kommunikator.
Men uning murabbiylik faoliyatiga qaytganidan juda xursandman. Futbolga Yurgen kabi shaxslar kerak. Ishonamanki, uning qo'l ostida Germaniya to'g'ri yo'lga qaytadi, jamoaga bo'lgan munosabat o'zgaradi, quvonch qaytadi va muxlislar yana o'z jamoasi bilan faxrlanadigan bo'lishadi. Yurgen Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishini eshitganimda, juda xursand bo'ldim.
Yurgen futbolchilarni o'z uslubini qabul qilishga ilhomlantiradi va ishlar yana iziga tushadi. Ular keyingi Yevro yoki jahon chempionatida g'alaba qozonadimi — buni hech kim bilmaydi. Ammo men 100 foiz aminmanki, nemis muxlislari yana o'z milliy jamoasi bilan faxrlanishadi.
Uning jamoalari qanday o'ynashini kuzatar ekanman, ko'pincha o'zimga o'zim: «Vau, mana bu futbol o'ynash usuli...» deb aytaman. Bugun shuni ayta olamanki, Yurgen Klopp hozirgi vaqtgacha bo'lgan faoliyatimdagi eng kuchli va eng qiyin raqib bo'lgan.
Biz do'stmiz. Men unga bu yil Germaniyaga borib, u bilan golf o'ynashga va keyin birga kechki ovqatlanishga va'da berdim.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!