Florian Wirtz o'zining ambitsiyalari, o'ziga nisbatan tanqidiy qarashi hamda Liverpul bilan sovrinlar yutish istagi haqida gapirdi.
Florian Wirtz o'ziga nisbatan tanqidiy qarashi va ambitsiyalari haqida gapirdi:
Men har doim juda va juda o'z-o'zimga tanqidiy bo'lganman. O'ylaymanki, agar siz eng yuqori cho'qqiga chiqishni va dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanishni istasangiz, bu juda zarur.
Albatta, biror narsaga bir necha kun yoki hafta davomida qattiq yopishib olishning keragi yo'q. O'ziga ishonish va bor kuching bilan harakat qilish muhim.
Menimcha, Premer-ligani yutish ambitsiyasi men bu yerda bo'lishimning asosiy sabablaridan biri, chunki men klub bilan birga yuksak marralarni zabt etishni xohlayman.
Liverpul har doim sovrinlar yutgan yoki hech bo'lmaganda ular uchun kurashgan. Biz bunga qaytishni istaymiz va men ham bunga o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Pol Joys xabariga ko'ra, Liverpul PSJ hujumchisi Barkol transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi va 100 million funt atrofida kelishuvga erishmoqchi.
Pol Joys xabariga ko'ra:
Liverpul PSJ bilan bog'lanib, Barkol transferi bo'yicha taxminan 100 million funt sterling evaziga kelishuvga erishishga urinmoqda. Bu bonuslarni hisobga olmagandagi summa.
O'tgan yozda Florian Virts transferi ham shunga o'xshash sxema asosida amalga oshirilgan edi: Bayer darhol 100 million funt oldi va bonuslar evaziga yana 16 million funt ishlab olishi mumkin.
Isak Liverpul uchun rekord darajadagi 125 million funtga tushgan va Barkol bo'yicha kelishuv summasi bu ko'rsatkichdan oshib ketishi dargumon.
O'tgan yozda Liverpul Barkolni taxminan 75 million funtga sotib olishni muhokama qilgan, biroq Rio Ngumoa rivojlanishiga to'sqinlik qilmaslik uchun bitimni tezlashtirmaslikka qaror qilgandi. Biroq Salohning ketishi fransiyalik futbolchi uchun tarkibdan joy bo'shatdi.
Endilikda Barkol navbatdagi xaridga aylanishi uchun PSJ o'z talablarini sezilarli darajada pasaytirishi kerak bo'ladi.
Umuman olganda, klub hujum va himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Florian Wirtz APLdagi ilk mavsumi, Iraola qo'l ostidagi mashg'ulotlar va yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
The Times jurnalisti Pol Joys Florian Wirtz bilan intervyu uyushtirdi. Futbolchi Angliya Premyer-ligasidagi ilk mavsumi, o'rgangan saboqlari hamda kelgusi rejalar haqida gapirdi.
🛑 O'tgan mavsum haqida
«Men ko'p narsani o'rgandim. Premyer-ligadagi futbol qanday ekanligini tushundim va ikkinchi mavsumga ancha yaxshiroq tayyorman, chunki meni nimalar kutayotganini bilaman. Yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Bir yildan buyon Angliyada o'ynayapman va bu yerda futbol uslubi Germaniyadagidan butunlay farq qilishini ko'p marta aytganman. Endi hammasi qanday ishlashini tushunaman. Birinchi mavsumimni baholash qiyin. Albatta, o'zimdan qoniqmagan o'yinlar ham bo'ldi, lekin maydonda o'zimni yaxshi his qilgan uchrashuvlar ham yetarli edi. O'tgan mavsum klub uchun og'ir kechdi. Umid qilamanki, endi har bir futbolchi o'zini ko'rsatishi uchun bizda kerakli energiya va kayfiyat bo'ladi».
🛑 «O'nlik» pozitsiyasi haqida
«Albatta, murabbiy bilan «o'nlik» pozitsiyasida o'ynash haqida gaplashdik, chunki qaysi pozitsiyada o'ynashingni bilish muhim. Men turli pozitsiyalarda harakat qila olaman, lekin hujumchi ortidagi pozitsiya — mening eng sevimli va eng yaxshi joyim. Nima bo'lishini ko'ramiz».
🛑 Iraola qo'l ostidagi mashg'ulotlar haqida
«O'ylaymanki, so'nggi uch yil ichida «Bornmut»da u jamoa bilan nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Biz u bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapmiz. Ikki haftadan buyon shug'ullanyapman va hammasi menga yoqyapti. Uning futbolga bo'lgan yondashuvi menga ma'qul, shuning uchun mavsum boshlanishini kutyapman».
🛑 Isak bilan hamkorlik haqida
«Monako» va «Lids»ga qarshi o'yinlarda yaxshi kombinatsiyalar qildik, birgalikda bir nechta vaziyat yaratdik. U juda yaxshi futbolchi va u bilan birga o'ynash menga yoqadi. O'zaro tushunish ustida ishlashimiz kerak, ammo hozircha hammasi yaxshi ko'rinyapti».
🛑 Yangi mavsumdan kutishlar haqida
«Men shunchaki o'z ishimni yaxshiroq bajarishga, jamoaga yordam berishga harakat qilyapman. Klub muvaffaqiyatga erishishiga hissa qo'shmoqchiman. O'zimning eng yaxshi versiyamga aylanishni istayman. Imkon qadar ko'proq sovrinlar yutishimiz uchun bor kuchimni ishga solaman».