Romain Collet-Gaudin xabariga ko'ra, Godtsning PSJ futbolchisi sifatida e'lon qilinishi Barkolaning transferini tezlashtiradi. «Liverpul»dan taklif kutilmoqda.
Romain Collet-Gaudin xabariga ko'ra, Godtsning PSJ futbolchisi sifatida e'lon qilinishi Barkolaning transferini tezlashtiradi. «Liverpul»dan rasmiy taklif esa kelasi hafta kutilmoqda.
Jurnalist Romen Molina Barkolya va Mbaye transferlari hamda agentlarning bu jarayondagi o'rni haqida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Manibola xabariga ko'ra, jurnalist Romen Molina Barkolya va Mbaye transferlari hamda agentlarning bu jarayondagi o'rni haqida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi.
Barkolya borasida vaziyat ancha aniqroq. Uning agenti ayni damda PSJ hujum chizig'idagi bir qator futbolchilar, jumladan Dembele, Due va Xvicha bilan ham ishlaydi. Agent Barkolyaning ketishini tashkil qilib, o'z mijozlarining asosiy tarkibda o'ynashini ta'minlashga urinmoqda.
Mbaye va uning yangi agenti Mendesh bilan bog'liq vaziyat esa ancha murakkab. Romen Molinaning fikricha, Mendesh futbolchini Germaniyaga olib o'tishni rejalashtirgan, biroq Liverpulning qiziqishi vaziyatni o'zgartirib yuborgan. Hozirda ham Mendesh, ham futbolchining oila a'zolari transferdan o'z ulushlarini olishni ko'zlamoqda.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Barkolya bilan bog'liq vaziyat Mbaye transferiga qaraganda soddaroq ko'rinmoqda, garchi moliyaviy tomonlama farqlar katta bo'lsa ham.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Barkol transferi bo'yicha klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Barkol bilan shaxsiy shartlar bo'yicha muammo yo'q.
Shu bilan birga, klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Rasmiy taklif hali yuborilmadi, ammo bu yaqin kunlar masalasi – klublar o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, biroq bu yerda moliyaviy masala turibdi.
L'Equipe xabariga ko'ra, «Arsenal» Bradley Barcola uchun «PSJ» so'rayotgan 120 million yevroni to'lamoqchi emas. Londonliklar futbolchini 90 million yevroga baholamoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, «Arsenal» ayni damda Bradley Barcola uchun «PSJ» talab qilayotgan 120 million yevro to'lashga tayyor emas. «Kanonirlar» futbolchini maksimal 90 million yevroga baholamoqda.
Haqiqat shundaki, hozirgi bozor narxlarida Barcola bunchalik qimmat turmaydi. 120 million yevro yoki 102 million funt sterling juda katta narx, ammo yakuniy kelishuv detallarga bog'liq bo'ladi: transfer narxi 80+15/20 million funt sterling atrofida bo'lsa, ajablanmayman.
Barkolya uchun "Liverpul" va "Bavariya" da'vogar, "Arsenal" esa Yan Diomande vaziyatini o'rganmoqda.
Fransiyalik ishonchli insayder Abdel Hamed xabariga ko'ra, "Liverpul" va "Bavariya" ayni damda Barkolya bilan bog'liq qiziqish bildirgan va uning vakillari bilan muloqot qilgan yagona klublar hisoblanadi.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" Yan Diomande vaziyati bo'yicha uning atrofidagilardan ma'lumot to'plagan. Barkolya yoki "PSJ" vakillari bilan esa hech qanday aloqa o'rnatilmagan.
Fabris Xokinsning so'zlariga ko'ra, PSJ Barkolya uchun 120 million yevrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilmoqda.
Fabris Xokins Barkolya borasidagi so'nggi ma'lumotlarni taqdim etdi:
Vaziyat so'nggi kunlarda deyarli o'zgarmadi. PSJ dastlab 170 million yevro talab qilayotgan edi. Hozir esa parijliklar o'z talablarini biroz pasaytirishga tayyor.
"Liverpul"ning birinchi taklifi 80 million yevro va 10 million yevro bonuslar ko'rinishida bo'ldi. Shundan so'ng boshqa takliflar ham bo'ldi, ammo hozircha og'zaki shaklda. Yozma taklif hali yo'q, chunki muzokaralarning bunday darajasida keyingi rasmiy so'rov katta ehtimol bilan kelishuvga olib keladigan darajada bo'lishi kerak.
Biz yakuniy summa 130 milliondan 150 million yevrogacha bo'lishini taxmin qilyapmiz, ammo Barkolya 120 million yevrodan arzonroqqa ketmasligi aniq. "Liverpul" buni juda yaxshi tushunadi, shuning uchun ham ular muzokaralarni past narxdan boshlashdi. Agar birinchi taklif darhol 110-120-130 million yevro bo'lganida, ikkinchi taklif avtomatik ravishda yanada yuqoriroq bo'lishi kerak edi.
Ushbu muzokaralarda bevosita ishtirok etayotgan barcha tomonlar kelishuvga erishilishiga ishonch bildirmoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, Liverpul PSJ bilan Barkolya transferi bo'yicha muzokaralarni vaqtincha to'xtatib turibdi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Liverpul PSJ bilan Barkolya transferi bo'yicha muzokaralarni vaqtincha to'xtatib turibdi. Klub ushbu masalaga transfer oynasining so'nggi 10 kunligida, ya'ni bir haftadan so'ng qaytishni rejalashtirmoqda.
U vaqtgacha tayanch yarim himoyachi, o'ng qanot himoyachisi va yana bir vinger ustida ishlaymizmi, Richard? Ishlaymiz, to'g'rimi?
PSJ va Liverpul o'rtasida Barkola transferi bo'yicha kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlar rad etildi. Parijliklar Godts transferi ustida ishlamoqda.
Bugun kunduzi ba'zi ishonchsiz manbalar "Liverpul" va PSJ o'rtasida Barkola transferi bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida yozishdi, biroq fransuz tomoni bu ma'lumotni hozircha rad etmoqda.
Dastlab bu haqda Jamel yozdi, keyinroq Fabris Xokins tvitterdagi agregatorlardan biriga xuddi shunday mazmundagi izoh berdi.
Shu bilan bir vaqtda, parijliklarning Godts bo'yicha olib borayotgan muzokaralari ilgarilamoqda, bu esa ularning Barkola borasidagi kelishuv qobiliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Pol Joys xabariga ko'ra, Liverpul PSJ hujumchisi Barkol transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi va 100 million funt atrofida kelishuvga erishmoqchi.
Pol Joys xabariga ko'ra:
Liverpul PSJ bilan bog'lanib, Barkol transferi bo'yicha taxminan 100 million funt sterling evaziga kelishuvga erishishga urinmoqda. Bu bonuslarni hisobga olmagandagi summa.
O'tgan yozda Florian Virts transferi ham shunga o'xshash sxema asosida amalga oshirilgan edi: Bayer darhol 100 million funt oldi va bonuslar evaziga yana 16 million funt ishlab olishi mumkin.
Isak Liverpul uchun rekord darajadagi 125 million funtga tushgan va Barkol bo'yicha kelishuv summasi bu ko'rsatkichdan oshib ketishi dargumon.
O'tgan yozda Liverpul Barkolni taxminan 75 million funtga sotib olishni muhokama qilgan, biroq Rio Ngumoa rivojlanishiga to'sqinlik qilmaslik uchun bitimni tezlashtirmaslikka qaror qilgandi. Biroq Salohning ketishi fransiyalik futbolchi uchun tarkibdan joy bo'shatdi.
Endilikda Barkol navbatdagi xaridga aylanishi uchun PSJ o'z talablarini sezilarli darajada pasaytirishi kerak bo'ladi.
Umuman olganda, klub hujum va himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Insayder Abdel Hamed PSJning transfer strategiyasi hamda Barkola va Akliush atrofidagi vaziyat haqida ma'lumot berdi.
Insayder Abdel Hamedning xabariga ko'ra, PSJ o'z transfer maqsadlari bo'yicha muzokaralarda futbolchining aynan shu klubga o'tish istagiga tayanmoqda va shu orqali transfer summasi bo'yicha o'z shartlarini o'tkazishga urinmoqda.
Shu bilan birga, Akliush masalasida «Liverpul» «Monako» talab qilayotgan summani darhol taklif qilishi ehtimoli mavjud, xuddi «Real» Diomande transferida qilgani kabi.
Shuningdek, u Barkolaning klubni €120-130 million (£102-110 mln) evaziga tark etishi mumkinligini ta'kidladi.
Abdel Hamed yozishicha, Barkola — «Liverpul»ning ustuvor maqsadi. Klub parijlik vinger bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Avvalroq 170 mln haqida gap ketgan bo'lsa-da, 120-130 mln atrofidagi taklifga klub quloq solishi mumkin.
Jeykobs xabariga ko'ra, PSJ Barkolani 170 million yevroga baholamoqda. Transfer narxini belgilashda yaqinda amalga oshirilgan yirik kelishuvlar inobatga olingan.
Jeykobs xabariga ko'ra, PSJ o'z futbolchisi Barkolani 170 million yevroga baholamoqda. ⛵
Bunda yaqinda amalga oshirilgan Anderson (135 million) va Rojers (138 million) transferlari, shuningdek, futbolchining JCHdagi muvaffaqiyatli o'yinlari asos qilib olingan. 🙃