Liverpool bosh murabbiyi Bradley Barkolya va Dominik Soboslai haqida ma'lumot berdi
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 29

Liverpool bosh murabbiyi Bradley Barkolya va Dominik Soboslai haqida ma'lumot berdi

«Brayton»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Dastlab jarohat olgan va safga qaytishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida.

🛑 Bredli Barkolya va Viktor Munyos haqida

«Bredli bugun odatdagi rejimda shug'ullandi, hech qanday muammo yo'q. Ba'zida biz shunchaki uning yuklamalarini nazorat qilib turishimiz kerak, ammo u bilan hammasi joyida.
Viktorning oyog'i lat yegan. U «Brentford»ga qarshi o'yinni oxirigacha o'tkaza oldi, ammo hozir biroz og'riq sezmoqda. «Vilyarreal»ga qarshi bahs u uchun juda erta edi. Ertaga ham qiyin bo'ladi, lekin rostini aytsam, hozircha aniq bilmayman».

🛑 Sobo haqida

«U jamoa bilan shug'ullanmadi va «Brayton»ga qarshi o'yinga tayyor emas, ammo Dom umumiy guruhga qaytishdan uzoq emas».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!