Liverpool bosh murabbiyi tarkibdagi rotatsiya va futbolchilarning holati haqida
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Liverpool bosh murabbiyi tarkibdagi rotatsiya va futbolchilarning holati haqida

🛑 Rio Ngumoa va rotatsiya haqida

Gap nafaqat Rio, balki umuman barchasi haqida ketyapti. Ularning qanday holatda ekanligini his qilishimiz kerak.

Biz tarkibni o'zgartiramiz, chunki har uch-to'rt kunda o'yin o'tkazyapmiz. Ba'zida futbolchilar charchashadi va ularga ko'proq dam berish yoki yangiroq o'yinchilardan foydalanish haqida qaror qabul qilish kerak.

Keyingi o'yinlarda ham xuddi shunday bo'ladi, biz shu tarzda harakat qilishda davom etamiz.

Umuman olganda, futbolchilar bu savollarga yaxshi javob qaytarishmoqda, deb o'ylayman. Yo'q, Rio charchamagan. Men ularning barcha o'yinlarda maydonga tusha olishlarini istayman.

Ammo hujum chizig'i haqida gapiradigan bo'lsak, odatda vingerlar va hujumchilarni almashtirib turaman. Aksariyat hollarda ular o'yinni oxirigacha o'tkazishmaydi, chunki vazifa — bor kuchingni berish. Shu sababli, ko'pincha aynan shu pozitsiyalarni o'zgartiramiz.

🛑 Yosh futbolchilar haqida

Ular bir-birlarini qo'llab-quvvatlashadi, maqtashadi. Ulardan biri Chempionlar ligasi yoki Premer-ligada asosiy tarkibda maydonga tushganda, qolganlari buni his qilishadi va o'zlari ham yaqin qolganini tushunishadi.

Bu ham ular uchun, ham hozirda ikkinchi jamoada bo'lganlar uchun yaxshi. Masalan, Kumas Isakdan o'rganmoqda.

Bizda tajribali futbolchilar bor, shuning uchun yosh yigitlar ularning mashg'ulotlarda qanday ishlashini kuzatib, buni o'zlashtirishlari mumkin.

🛑 Yana Ngumoa haqida

O'ylaymanki, har bir futbolchi birinchi navbatda o'z o'yiniga va nimani yaxshilashi mumkinligiga e'tibor qaratishi kerak.

Tashqi shov-shuv, albatta, ta'sir qiladi, lekin bunga berilmaslikka harakat qilish lozim. Shunchaki o'z ishingni qilish, yaxshiroq bo'lish va atrofda eshitayotgan narsalaringga — maqtov bo'ladimi yoki tanqid — juda bog'lanib qolmaslik kerak.

🛑 Hujumkor o'yinchilar haqida

Biz 70 yoki 80 foiz kuch bilan o'ynashga ruxsat bera olmaymiz.

Men o'yinchini almashtirishni afzal ko'raman, lekin bunga qadar u bor kuchini berishi kerak, chunki biz aynan shunday o'ynashimiz kerak.

Men 70 foiz kuch bilan o'ynab, baribir g'alaba qozonishni istardim, lekin bu imkonsiz.

🛑 Mak Allister haqida

O'ylaymanki, u o'z tajribasi tufayli jamoamizdagi yana bir yetakchi.

U eng yuqori darajadagi o'yinlarda qatnashgan, ham klub, ham terma jamoa bilan sovrinlar yutgan.

U qaytganidan so'ng, unga ikki-uch hafta kerak bo'ldi, keyin esa ajoyib formaga kirdi va barqaror yuqori daraja ko'rsata boshladi.

Hozir u barqarorlik nuqtai nazaridan juda yaxshi holatda.

🛑 Gravenberx haqida

Agar mendan unga qaysi pozitsiya eng mos kelishini so'rasangiz, sakkizinchi raqam derdim.

Ammo u oltinchi raqam pozitsiyasida ham ishni bajara oladi, aynan o'sha yerda u chempionatda g'olib chiqqan.

U yaqinda bo'lgani kabi o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynashi mumkin. O'nlik bo'lib ham chiqishi mumkin. Muayyan daqiqalarda u hatto markaziy himoyachi sifatida ham o'ynagan.

U biz uchun aynan o'zining universalligi bilan juda qadrli. Hozir bizga boshqa pozitsiyalarda yordam kerak va u buni bera oladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!