Rio Ngumoa «Liverpul»ga o'tishi, kelajakdagi maqsadlari hamda Muhammad Salohdan olgan saboqlari haqida gapirib berdi.
Rio Ngumoa ITV Sport nashriga bergan intervyusida «Liverpul»ga o'tishi haqida gapirdi:
«Men «Chelsi»dan ketayotganimda bir nechta klublar menga qiziqish bildirgandi, lekin «Liverpul» men uchun har doim to'g'ri, balki yagona imkoniyat bo'lgan tanlov edi. Men bilar edim: agar u yerga o'tsam, o'zimni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'laman va asosiy tarkibga yo'l ochiladi. Hozircha hammasi aynan shunday ketmoqda».
🛑 O'z faoliyatini 10 yildan keyin qanday ko'rishi haqida:
«Umid qilamanki, shu vaqt ichida bir necha bor APL va Chempionlar ligasida g'olib chiqaman, shuningdek, Jahon chempionatini yutishni istayman. Va albatta, 100 foiz ishonch bilan aytamanki, bir kun kelib «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Yosh futbolchi sifatida o'z kuchingga va sifatlaringga ishonishing kerak, lekin buni maydonda ham isbotlash lozim. Albatta, o'ziga bo'lgan ishonch va keraksiz kibr o'rtasida chegara bor, uni kesib o'tmaslik kerak. Lekin ishonish kerak, shunda hamma narsa ro'yobga chiqishi mumkin».
🛑 Muhammad Saloh haqida:
«Men o'tmish afsonalaridan kimningdir uslubini takrorlayapman deb o'ylamayman, lekin yoshligimda eng sevimli futbolchim Neymar edi. Agar kimdan ko'proq narsa o'rganganimni aytadigan bo'lsam, bu – Muhammad Saloh. U men bilan ko'p vaqt o'tkazdi, ko'p narsalarni o'rgatdi, ayniqsa o'tgan mavsum oxirida. U menga o'z mentalitetini uzatdi va shunday degandi: «Rio, sen allaqachon yaxshi futbolchi ekanligingni bilasan, lekin top-darajaga chiqish uchun gollar va assistlar sonini oshirishing kerak». Uning statistikasiga qarang, u nima haqida gapirayotganini juda yaxshi biladi!»
Kecha Gakpo gol urganidan so'ng Kodi Gakpo va Rio Ngumoa o'zaro kelishib, maydonda qanotlarni almashtirishdi.
Kecha Gakpo gol urganidan keyingi vaziyat: nishonlash jarayonidan so'ng Kodi Rio Ngumoaga qanotlarni almashtirishni taklif qiladi, Rio esa bunga qarshi emasligini bildiradi.
Natijada Gakpo o'ng qanotga o'tadi va Ngumoa almashtirilguniga qadar qolgan 20 daqiqa davomida o'zi uchun qulayroq bo'lgan chap qanot vingeri pozitsiyasida harakat qiladi.
Bu qaror murabbiylar shtabining ishtirokisiz, shunchaki futbolchilarning o'zaro muhokamasi jarayonida qabul qilingan. Qiziqarli.
Andoni Iraola «Ipswich»ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi o'zgarishlar, jarohatlar va yangi transferlar haqida gapirdi.
Andoni Iraolaning «Ipswich»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanidagi eng qiziqarli fikrlari:
🛑 Barkola haqida
Biz Bredlidan juda mamnunmiz. Biz uchun ushbu pozitsiyalarga juda-juda yaxshi o'yinchini olib kelish ustuvor vazifa edi. U to'g'ri kayfiyat bilan keldi. Menga uning aynan «Liverpul»ga o'tishni juda xohlagani yoqadi, u shu yerga kelishni istadi. Bu allaqachon yaxshi birinchi belgi.
🛑 Barkolaning asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyorligi haqida
Yaxshi savol. Mening nazarimda, u hozir yaxshi holatda. U allaqachon biz bilan mashg'ulot o'tkazdi. To'g'ri, mavsumoldi tayyorgarlikda u o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. U shug'ullandi va endi biz qaror qabul qilishimiz kerak, ammo mavsumoldi o'yinlarida u bir daqiqa ham o'ynamaganini inobatga olishimiz lozim.
🛑 Gakpo haqida
Kodi bilan munosabatlarim boshidanoq juda ochiq bo'lgan. U transfer bozorida nimalar bo'layotganini doim tushungan, biz doimiy ravishda gaplashib turganmiz. Umid qilamanki, u bu darajani saqlab qola oladi. Hozir u ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan yaxshi holatda va men unga tayanib ish ko'ra olishimdan juda xursandman.
🛑 Tarkibdagi balans va sof o'ng qanot vingerining yo'qligi haqida
Oxir-oqibat, biz faqat ma'lum bir pozitsiya uchun mo'ljallangan futbolchilardan ko'ra, eng yaxshi o'yinchilarga ega bo'lishni afzal ko'ramiz. Boshqa jamoalarda men vingerlardan ikkala qanotda ham o'ynay olishni talab qilishga o'rganganman. Hozir o'ngda bizda Rio va Kodi o'ynadi. Ehtimol, vingerlarimizning ko'pchiligi chap qanotni afzal ko'rar, ammo ularning o'ngda qanday ko'ringani menga yoqdi. Bredli ham chapda, ham o'ngda o'ynashga umuman qarshi emas. Hammasi aniq o'yinlar va raqiblarga bog'liq bo'ladi, lekin men vingerlarimizdan mamnunman.
🛑 Sobo va uning universal ekanligi haqida
Men hali biror marta futbolchining menga qaysidir pozitsiyada o'ynashni xohlamasligini aytgan holatiga duch kelmadim. Biz bunday narsalarni muhokama qilamiz, lekin har kim yordam berishni xohlaydi. Agar bizga Dominikni o'ng vinger, o'ng qanot himoyachisi yoki yarim himoyachi sifatida qo'yish kerak bo'lsa, u uchun birinchi o'rinda jamoaga yordam berish istagi turadi.
🛑 Transfer oynasi haqida
Biz amalga oshirgan transferlardan juda mamnunman. Yana yangi o'yinchilarni xohlaganmidim? Oxir-oqibat, klub aynan shu xaridlar jamoamizni kuchliroq qila olishiga qaror qildi. Boshqa variantlar ham bor edi, ulardan turli sabablarga ko'ra voz kechdik. Ba'zan sport nuqtai nazaridan, ba'zan moliyaviy: bozordagi mavjud sharoitlarda bitim shunchaki mantiqsiz edi. Hozir men xursandman. Jamoada sifatli futbolchilar juda ko'p. Endi o'yinchilar o'zlarida bor bo'lgan hamma narsani berish vaqti keldi.
🛑 Jarohat olganlar haqida
Jo qaytishga eng yaqin turgan o'yinchi. Kelasi haftada u jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlaydi. Keyingisi — Leoni. Ehtimol, xalqaro tanaffus vaqtida u umumiy guruhda shug'ullanishni boshlashi mumkin. Konor va ayniqsa Ugo bilan bog'liq vaziyatda esa ko'proq kutishga to'g'ri keladi.
🛑 Ngumoa haqida
Biz Rioning chapda o'ynay olishini bilamiz va u u yerda o'z sifatlarini ko'rsatib bo'ldi, lekin u o'ng qanotda ham rivojlanishi kerak — bu unga o'yin vaqtini ko'proq olish imkoniyatini beradi. U hali shunchalik yoshki, biz birgina unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan o'yindan keyin: bo'ldi, u u yerda boshqa hech qachon o'ynamaydi, deya olmaymiz. Ba'zan hammasi o'zaro bog'liqlik va yoningizda qaysi futbolchilar borligiga bog'liq. Biz o'zimizdagi vingerlarga ishonamiz. Ularning barchasi o'yin vaqti oladi. Rio esa allaqachon Premer-liga darajasidagi futbolchi bo'lib ko'rinmoqda, chunki u haqiqatan ham juda yaxshi.
🛑 O'ng qanot himoyasi va markazda tarkib chuqurligi haqida
Hozirgi muammo shundaki, o'ng qanot himoyasida bizda Konor yo'q. Aynan shuning uchun men Dominikdan foydalanish imkoniyatini qadrlayman — u bu pozitsiyada o'ynay oladi. Futbolchilarning universalligi jarohatlar bo'lgan davrlarni o'tkazib yuborishimizga yordam beradi. Markazda bizda yetarlicha o'yinchilar bor. Endi to'g'ri qarorlar qabul qilish mening vazifam. Hozir men optimal uyg'unliklarni qidiryapman. Oldinda ko'plab o'yinlar o'tkazishimiz kerak bo'lgan davr turibdi, shuning uchun bizda turli variantlar va o'yinchilar uyg'unligini ko'rib chiqish imkoniyati bo'ladi. Keyin esa bu murabbiylik ishining masalasi.
Pol Joys xabariga ko'ra, Rio Ngumoa 18 yoshga to'lishi bilan "Liverpul" bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Pol Joys xabariga ko'ra, Rio Ngumoa 18 yoshga to'lishi bilan (bu 29 avgust kuni yuz beradi) klub bilan besh yillik shartnoma imzolashi kerak. Yangi bitim "Ngumoaning so'nggi bir yil ichida erishgan o'sishini aks ettiradi".
Liverpul yosh futbolchisi Rio Ngumoa o'z o'yini va moslashuvchanlik haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Rio Ngumoa:
Qaysi pozitsiyada o'ynashimdan qat'i nazar – o'ng qanotmi yoki chap – men bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman. Ayniqsa, to'p bilan muomalada raqibimni ortda qoldirish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
Bugun, ochig'ini aytganda, biroz sport formasida emasdim. Ammo mashg'ulotlar va o'yinlar orqali qancha ko'p o'rgansam, shuncha yaxshiroq bo'lib boraman. Moslashuvchanlik – bu menga juda kerak bo'lgan ko'nikma.
Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi davrini Rio Ngumoani tarkibga jalb qilgan holda boshlamoqchi.
The Telegraph xabariga ko'ra, Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi davrini Rio Ngumoani tarkibga jalb qilgan holda boshlamoqchi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Rio jamoaning tajribali futbolchilari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. Unga Jahon chempionati oldidan o'tkazilgan yig'inlarda ko'rsatgan o'yini bilan kuchli taassurot qoldirgani va kelajakda terma jamoaga qaytishi kutilayotgani ma'lum qilingan.
Tuxel Ngumoaning yangi mavsumni Iraola qo'l ostida qanday boshlashini diqqat bilan kuzatib boradi.
Iraola «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati, tarkibdagi raqobat va raqib haqida fikrlarini bildirdi.
Iraolaning «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani.
🛑 Rio Ngumoa va Aleks Skottning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi haqida
Ikkisi uchun ham juda xursandman. Ular bu chaqiruvga loyiq edilar. Jahon chempionatigacha ular terma jamoaga yordam berishgan va o'zlarini yaxshi ko'rsatishgan. Men ular haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Ular bu imkoniyatga loyiq va bunga tayyorlar.
O'ylaymanki, «Tottenxem»ga qarshi o'yinda Rio o'yinni unchalik yaxshi boshlamadi, lekin uning keyingi munosabati menga yoqdi. Dastlab u yakkakurashlarda yutqazib qo'ydi. Udoji – juda kuchli o'yinchi, lekin baribir Rio o'z ishini bajardi. Birinchi gol aynan undan – birga-bir vaziyatdan boshlanadi. U hujum rivojlanishida ishtirok etyapti va biz aynan shunday narsalarni unga singdirishga harakat qilyapmiz. U hali ligaga moslashyapti, uning atigi 18 yoshi bor, lekin kerakli sifatlar unda bor va biz uni Angliya terma jamoasiga chaqirishganidan juda xursandmiz.
🛑 «Bornmut»ga qarshi o'yin haqida
O'ylaymanki, tetiklik borasida bizda hammasi joyida. Bu safar biz ulardan ikki kun oldin o'ynayapmiz, shuning uchun bu yerda ustunligimiz bor. Biroq, qayerga borayotganimizni juda yaxshi bilaman. Ularning murabbiylar shtabini va bu stadionni bilaman. U yerda «Bornmut»ni mag'lub etish qanchalik qiyinligini tushunish uchun yetarlicha vaqt o'tkazganman. Ular meni bilishadi, men esa ularni.
Men uchun bu yerda shaxsiy jihat ham bo'ladi, bu o'yinni juda kutyapman. U yerda men yaxshi ko'radigan o'yinchilar va qadrlaydigan xodimlar bor. Kecha ular uchun juda xursand edim, lekin endi ularning oldiga borib g'alaba qozonishimiz kerak. Iloji boricha shafqatsiz bo'lishimiz, barcha suhbatlarni esa o'yindan keyinga qoldirishimiz kerak.
Tarkib bo'yicha ular unchalik o'zgarmadi. Asosan o'sha o'zak o'ynayapti, faqat bir nechta o'zgarish bor. Ular Senesini yo'qotishdi, Silva – o'xshash profildagi o'yinchini imzolashdi. Asosiy g'oyalar o'sha-o'sha qolgan. Men Marko Roze bilan muloqot qilaman va jamoa haqiqatan ham unchalik o'zgarmagan. Bu juda xavfli raqib.
🛑 Flo Virts haqida
Uni boshqa har qanday o'yinchi kabi baholash kerak. Gap shundaki, sen maydonda bo'lganingda jamoa qanday o'ynayapti. Men Florian bilan juda mamnunman. U o'yinning barcha jabhalarida bizga nima kerakligini tushunadi. Albatta, biz bunga gollar va samarali uzatmalarni qo'shishni xohlaymiz, lekin u allaqachon barcha komponentlarda bizga yordam beryapti.
🛑 Jarohatlar haqida
Hammasi joyida. Vaziyat avvalgidek qolmoqda: bizda uchta uzoq muddatga jarohatlangan o'yinchi va Kyeza bor. Ertaga yana mashg'ulotimiz bor, lekin hozirgi vaqtda qolganlar bilan hammasi yaxshi.
🛑 Bredli Barkolya va qanotlardagi raqobat haqida
Bredli qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi bo'lib boryapti. U bizga mavsumoldi o'yinlarisiz keldi, lekin ayni paytda yaxshi jismoniy holatda edi. Har qanday yangi kelgan o'yinchi kabi, unga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin u eng yuqori darajadagi o'yinlarni o'ynashga o'rgangan.
O'ylaymanki, biz har bir pozitsiyada aynan shunday vaziyatga ega bo'lishni xohlaymiz: bir nechta aniq o'yinchi ikkita joy uchun kurashadi. Ikkisi o'yinni boshlaydi, yana ikkisi zaxiradan tushadi. Ko'pgina o'yinlarda bu juda yaxshi raqobat. Men uchun tanlov qiyinlashyapti, lekin bizga aynan shu kerak. Bunday variantlarga ega bo'lish imkoniyati – bu hashamat.
🛑 Vingerlarning qanot almashishi haqida
Vingerlarimiz holatida ular qanot almashadigan lahzalar bo'ladi. Masalan, agar biror narsa ishlamayotgan bo'lsa yoki raqibga ko'proq muammo tug'dirishimiz mumkinligini ko'rsak. «Tottenxem», masalan, qanot himoyachilarini almashtirdi, shuning uchun biz ham moslashishga majbur bo'ldik.
O'yinchilarimiz bir-biri bilan muloqot qilishlari menga yoqadi, men bunga mutlaqo qarshi emasman. Ular menga, balki qanot almashishlari kerakligini aytishlari mumkin. Ba'zan buni qilamiz, ba'zan yo'q. Vingerlarimiz ikkala qanotda ham o'ynay olishadi. «Bornmut» bilan o'yin oson bo'lmaydi. Ular biz to'psiz nima qilishga urinayotganimizni juda yaxshi bilishadi. Men esa o'z navbatida «Bornmut»ning kuchli va zaif tomonlarini bilaman. Bu borada men uchun uchrashuv ancha noodatiy bo'ladi.
Rio Ngumoa o'zining o'yin pozitsiyasi, jamoadagi sog'lom raqobat va bosh murabbiy Andoni Iraolaning talablari haqida gapirib berdi.
Rio Ngumoa yaqinda bergan intervyusida muxlislar va jamoa atrofidagi muhim masalalar, jumladan, o'zining o'yin pozitsiyasi va murabbiylar shtabining talablari haqida gapirib o'tdi.
🛑 Qanotlarda o'ynash haqida
«O'ng qanotda o'zimni yomon his qilmayapman. Bu mening tabiiy pozitsiyam emas, lekin har kuni mashg'ulotlarda o'sishga va o'ng qanotda yaxshiroq harakat qilishga intilyapman. Agar ikkala qanotda ham o'ynay olsam, murabbiy uchun bu qo'shimcha imkoniyat bo'ladi. Hozir jamoamizda bunday o'yinchilar ko'p: men, Kodi, Viktor va Bredli. Murabbiylar barchamizni har ikki qanotda ham o'ynay olishimiz uchun tayyorlashmoqda va bu juda ijobiy holat».
🛑 Iraolaning ishonchi haqida
«Aytganimdek, murabbiy menga ishonch bildirishi, qobiliyatlarimga va jamoaga g'alaba qozonishda yordam bera olishimga ishonishi – bu juda muhim. Bundan ortiq narsani istamasdim».
🛑 Munyos va Barkol kelganidan keyingi raqobat haqida
«Bu sog'lom raqobat deb o'ylayman. Ular gol urishganda, bu menga ham jamoaga yordam berish uchun qo'shimcha motivatsiya beradi. Oxir-oqibat, barchamiz jamoa uchun o'ynayapmiz va muvaffaqiyat qozonishni istaymiz. Bu raqobat bizni doimo formada ushlab turadi, chunki bo'shashishga haqqimiz yo'q».
🛑 Jamoa birdamligi va Andoni Iraola haqida
«Biz har doim ahil jamoa bo'lganmiz. Murabbiylar shtabi bizga yuqori pressing va ko'p mehnat qilish kerakligini uqtirishadi. Ular bizga o'ziga xos mentalitetni singdirishmoqda: bu mavsumda biz alohida natijalarga erishmoqchimiz.
Iraola bilan ishlash – katta zavq. U menga to'p bilan to'g'ridan-to'g'ri harakat qilishni, tezroq raqibga qarshi borib, jarima maydonchasiga to'p uzatishni yoki zarba berishni talab qiladi. Shuningdek, to'psiz holatda ham ishlash kerak – masalan, himoyachilarga yordam berish va himoyada ham faol bo'lish lozim».
Pol Joysning xabar berishicha, "Liverpul" Rio Ngumoa bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, ammo futbolchining pozitsiyasi borasida savollar tug'ilmoqda.
Pol Joys xabariga ko'ra, joriy mavsumda Ngumoa asosan hujumning o'ng qanotida harakat qilishi kutilmoqda. Avgust oyida Rio 18 yoshga to'ladi, shu sababli klub unga professional uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi (amaldagi shartnoma 2028 yil yozida yakunlanadi).
Men hammasini to'g'ri tushunyapmanmi? O'tgan mavsumdagi yorqin debyut va umumiy o'sish uchun mukofot sifatida, Gakpo ko'rinishidagi bitta raqobatchi o'rniga, "Liverpul" birdaniga ikkita kuchli raqobatchi (Barkolya va Munyos) sotib olib, Rioni o'ng qanotga, ya'ni noqulay pozitsiyaga o'tkazib yuboryaptimi? Va bularning barchasi yangi shartnoma bo'yicha muhim muzokaralar oldidanmi? Qolaversa, unga "Bavariya" tomonidan real qiziqish borligi fonida?
Umid qilamanki, u shartnomani uzaytiradi. Ammo, mening fikrimcha, klub bu vaziyatda o't bilan o'ynamoqda. Ngumoa bir marta "Chelsi"ni tark etgan, o'shanda u o'z karyerasini rivojlantirish uchun boshqa yo'l kerak deb hisoblagan. Unga hozir taklif qilinayotgan narsa ma'qul kelarmikan?
Liverpul akademiyasining 16 yoshli iqtidorli hujumchisi Vinsent Jozef Arsenal safiga qo'shilmoqda.
"Liverpul" akademiyasining 16 yoshli hujumchisi Vinsent Jozef "Arsenal"ga o'tmoqda. U yozda "Liverpul" taklif qilgan stipendiya va shartnomadan voz kechgan edi.
Klublar futbolchi uchun to'lanadigan tovon puli borasida o'zaro kelishib olishlari kerak. Agar tomonlar kelisha olmasalar, masala Rio Ngumoa holatidagi kabi mustaqil komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi.
Ngumoa hujumning har ikki qanotida o'ynashga tayyor ekanligini va o'z o'yinini yaxshilashda davom etayotganini ta'kidladi.
👀 Ngumoa o'ng qanotda o'ynashga tayyormi degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Shubhasiz. Qaysi qanotda bo'lishingizdan qat'i nazar, oldindan aytib bo'lmas darajada harakat qilish juda muhim. Hamma biladiki, men chap qanotda o'zimni qulay his qilaman, lekin o'ng qanotda ham o'sishga erishyapman va kuchayib boryapman deb o'ylayman. Shunday ekan, ha, bu mavsumda hujumning har ikki qanotida ham o'ynashga tayyorman».