Rio Ngumoa yaqinda bergan intervyusida muxlislar va jamoa atrofidagi muhim masalalar, jumladan, o'zining o'yin pozitsiyasi va murabbiylar shtabining talablari haqida gapirib o'tdi.
🛑 Qanotlarda o'ynash haqida
«O'ng qanotda o'zimni yomon his qilmayapman. Bu mening tabiiy pozitsiyam emas, lekin har kuni mashg'ulotlarda o'sishga va o'ng qanotda yaxshiroq harakat qilishga intilyapman. Agar ikkala qanotda ham o'ynay olsam, murabbiy uchun bu qo'shimcha imkoniyat bo'ladi. Hozir jamoamizda bunday o'yinchilar ko'p: men, Kodi, Viktor va Bredli. Murabbiylar barchamizni har ikki qanotda ham o'ynay olishimiz uchun tayyorlashmoqda va bu juda ijobiy holat».
🛑 Iraolaning ishonchi haqida
«Aytganimdek, murabbiy menga ishonch bildirishi, qobiliyatlarimga va jamoaga g'alaba qozonishda yordam bera olishimga ishonishi – bu juda muhim. Bundan ortiq narsani istamasdim».
🛑 Munyos va Barkol kelganidan keyingi raqobat haqida
«Bu sog'lom raqobat deb o'ylayman. Ular gol urishganda, bu menga ham jamoaga yordam berish uchun qo'shimcha motivatsiya beradi. Oxir-oqibat, barchamiz jamoa uchun o'ynayapmiz va muvaffaqiyat qozonishni istaymiz. Bu raqobat bizni doimo formada ushlab turadi, chunki bo'shashishga haqqimiz yo'q».
🛑 Jamoa birdamligi va Andoni Iraola haqida
«Biz har doim ahil jamoa bo'lganmiz. Murabbiylar shtabi bizga yuqori pressing va ko'p mehnat qilish kerakligini uqtirishadi. Ular bizga o'ziga xos mentalitetni singdirishmoqda: bu mavsumda biz alohida natijalarga erishmoqchimiz.
Iraola bilan ishlash – katta zavq. U menga to'p bilan to'g'ridan-to'g'ri harakat qilishni, tezroq raqibga qarshi borib, jarima maydonchasiga to'p uzatishni yoki zarba berishni talab qiladi. Shuningdek, to'psiz holatda ham ishlash kerak – masalan, himoyachilarga yordam berish va himoyada ham faol bo'lish lozim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!