Rio Ngumoa ITV Sport nashriga bergan intervyusida «Liverpul»ga o'tishi haqida gapirdi:
«Men «Chelsi»dan ketayotganimda bir nechta klublar menga qiziqish bildirgandi, lekin «Liverpul» men uchun har doim to'g'ri, balki yagona imkoniyat bo'lgan tanlov edi. Men bilar edim: agar u yerga o'tsam, o'zimni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'laman va asosiy tarkibga yo'l ochiladi. Hozircha hammasi aynan shunday ketmoqda».
🛑 O'z faoliyatini 10 yildan keyin qanday ko'rishi haqida:
«Umid qilamanki, shu vaqt ichida bir necha bor APL va Chempionlar ligasida g'olib chiqaman, shuningdek, Jahon chempionatini yutishni istayman. Va albatta, 100 foiz ishonch bilan aytamanki, bir kun kelib «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Yosh futbolchi sifatida o'z kuchingga va sifatlaringga ishonishing kerak, lekin buni maydonda ham isbotlash lozim. Albatta, o'ziga bo'lgan ishonch va keraksiz kibr o'rtasida chegara bor, uni kesib o'tmaslik kerak. Lekin ishonish kerak, shunda hamma narsa ro'yobga chiqishi mumkin».
🛑 Muhammad Saloh haqida:
«Men o'tmish afsonalaridan kimningdir uslubini takrorlayapman deb o'ylamayman, lekin yoshligimda eng sevimli futbolchim Neymar edi. Agar kimdan ko'proq narsa o'rganganimni aytadigan bo'lsam, bu – Muhammad Saloh. U men bilan ko'p vaqt o'tkazdi, ko'p narsalarni o'rgatdi, ayniqsa o'tgan mavsum oxirida. U menga o'z mentalitetini uzatdi va shunday degandi: «Rio, sen allaqachon yaxshi futbolchi ekanligingni bilasan, lekin top-darajaga chiqish uchun gollar va assistlar sonini oshirishing kerak». Uning statistikasiga qarang, u nima haqida gapirayotganini juda yaxshi biladi!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!