#Florian Virtss — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Florian Virts APLda eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchilardan biri

Florian Virts APLda eng ko'p vaziyat yaratgan futbolchilardan biri

Florian Virts joriy mavsumda APLda yuqori intensivlikdagi pressing ostida eng ko'p golli vaziyat yaratgan futbolchiga aylandi.

Florian Virts joriy mavsumda raqiblar tomonidan yuqori intensivlikdagi pressing ostida 14 ta golli vaziyat yaratdi – bu Premer-ligadagi boshqa barcha o'yinchilardan ko'proq.

Umumiy hisobda yaratilgan vaziyatlar bo'yicha Virts faqat Paskal Grossdan ortda qolmoqda.

Stiven Jerrard Florian Virts haqida: «Unga murabbiy va jamoadoshlarining yordami kerak»

Stiven Jerrard Florian Virts haqida: «Unga murabbiy va jamoadoshlarining yordami kerak»

Stiven Jerrard Florian Virtsning o'yin formasi va uning «Liverpul»dagi istiqbollari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Stiven Jerrard Florian Virts haqida:

«O'ylashimcha, uning eng yaxshi pozitsiyasi – o'ninchi raqam. U qanotda o'ynash uchun yetarlicha tezkor deb hisoblamayman. Hozirgi «Liverpul» Virts kelib, darhol o'z salohiyatini namoyon qila olishi uchun to'liq tayyor ekanligiga ishonchim komil emas.

Agar «Liverpul» Barkolya, Isak, Munyos, Rio va Ekitike sog'lom bo'lishiga, formaga kirishiga va to'liq kuch bilan o'ynashiga erisha olsa, Virtsga osonroq bo'ladi. Uning atrofida oldinga qarab yugurishlar va sifatliroq sheriklar ko'payadi.

Hozir uning ishonchi juda tushib ketgan. U yetarlicha yaxshi o'ynamayapti. Bu borada Jeymi Karrager bilan roziman, lekin yigitga murabbiy, jamoadoshlar va jamoaning tajribali o'yinchilari tomonidan yordam kerak deb o'ylayman. Mening nazarimda, u ulkan iqtidor egasi.

O'ylashimcha, ba'zida, agar barcha o'yinchilar safda bo'lsa, unga haqiqatan ham tarkibdan chiqib, bir nechta o'yinni zaxirada o'tkazish foydali bo'lishi mumkin. Ba'zida jamoaga chetdan qarab, kimdir sening pozitsiyangda muvaffaqiyatli o'ynayotganidan xavotir olasan va mana shu kichik qo'rquv Florian Virtsga foyda keltirishi mumkin.

U ko'proq narsa qilishi kerak, lekin men unda futbolchini ko'ryapman. Men hozircha unga aniq xoch qo'ymagan bo'lardim».

O'ng ustun yangiliklari

Florian Virts: «Arsenal» bilan o'yinda farq katta emasdi»

Florian Virts: «Arsenal» bilan o'yinda farq katta emasdi»

Florian Virts «Arsenal»ga qarshi o'yin va o'z formasi haqida fikr bildirdi.

Florian Virts «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng:

«O'ylashimcha, bugun jamoalar o'rtasida katta farq bo'lmadi. Biz o'yinni uzoq vaqt davomida nazorat qildik va eslashimcha, hatto biroz xavfliroq vaziyatlarni ham yaratdik.
Biz ancha yaxshi o'yin o'tkazdik, ayniqsa birinchi bo'limda. Bizda bir-ikkita yaxshi imkoniyat, shuningdek, so'nggi uzatma yetishmagan bir nechta yarim vaziyatlar bo'ldi.
Ammo yakunda gol o'tkazib yubordik va o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik».

🛑 O'z formasi haqida

«Rostini aytsam, bu meni unchalik tashvishga solmayapti. Men shunchaki jamoamiz g'alaba qozonishini istayman.
Men doimo o'zimning eng yaxshi versiyam bo'lishni xohlayman, lekin yakunda eng muhimi – jamoaning g'alaba qozonishi».
Bosh murabbiy Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi

Bosh murabbiy Florian Virtsning o'yini haqida fikr bildirdi

Bosh murabbiy Florian Virtsning o'yin uslubi, moslashuv jarayoni va uning futbolga bo'lgan munosabati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Virts haqida ham shunday dedi:

Florian bilan juda mamnunman. Oxirgi uchta o'yinda u juda yaxshi o'ynadi va umid qilamanki, bu unga ishonch qaytayotgan lahzaning boshlanishidir. Biz unga juda qattiq ishonamiz.
Odamlar uni gollar va samarali uzatmalar orqali baholashga moyil, ammo bu uning asosiy sifati emas. U mavsumda 15 ta gol uradigan o'ninchi raqam yoki ikkinchi hujumchi emas.
Agar u bizga gollar bilan ham yordam bera olsa – undan ham yaxshi, lekin u o'yinlarni nazorat qilish nuqtai nazaridan bizga juda ko'p narsa beradi.
Shekilli, Chempionlar ligasida u o'zini qulayroq his qiladi. Premer-ligada esa u hali ham yakkakurashlarga ko'nikishi kerak. Ha, u bu yerda bir yildan beri bor, lekin hali ham moslashishda davom etmoqda.
Uning iqtidori borasida menda umuman shubha yo'q. Va uning ishga bo'lgan munosabatiga ham shubha qilmayman. Bu nihoyatda ko'p ishlaydigan futbolchi.
Tana tili bo'yicha u biroz sovuqqon ko'rinishi mumkin. Odamlarga u jalb qilinmagandek yoki unga baribirdek tuyulishi mumkin, garchi aslida, endi uni yaxshiroq bilganim uchun, futbolni qanchalik sevishini va unga befarq emasligini ko'rib turibman.
U to'liq jalb qilingan va o'zini ishga bag'ishlaydi, shunchaki tashqi ko'rinishidan buni boshqa futbolchilar kabi ifoda etmaydi. O'ylaymanki, ba'zida bu Florianning zarariga ishlaydi.