Stiven Jerrard Floriyan Virts va Bredli Barkolning o'yini haqida fikr bildirdi
Stiven Jerrard «Liverpul» futbolchilari Floriyan Virts, Bredli Barkol va Munyosning o'yinlari hamda ularga bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.
Stiven Jerrardning «Liverpul»da sodir bo'layotgan voqealar haqidagi vazmin fikrlari menga doim yoqadi. So'nggi vaqtlarda – masalan, qishda, Mo'ning xatti-harakati muhokama qilinganda, bahorda, jamoa holati og'ir bo'lganida va hozir – Floriyan Virts hamda Bredli Barkolga qaratilgan ortiqcha e'tibor fonida.
Ular, shuningdek, Munyos haqida Jerrard podkastlardan birida yana fikr bildirdi.
🛑 Floriyan Virts tanqid qilinishi haqida
«Qachonki biron bir tanqid boshlansa – u kimdan bo'lishidan qat'i nazar – hamma darhol uni ilib oladi va vaziyatni maksimal darajada dramatiklashtirib, butun boshli voqeaga aylantirish istagi paydo bo'ladi. Men Floriyan Virts yaxshiroq o'ynashi va jamoaga ko'proq foyda keltirishi kerak deb hisoblayman. Men buni avval ham aytganman va mening nazarimda, u ko'plab o'yinlarda haqiqatan ham o'z darajasidan pastroq harakat qildi. Unga Premer-ligaga moslashish uchun ko'p vaqt kerak bo'ldi va ba'zi pallalarda u haqiqatan ham umidlarni oqlamadi. Eng oson yo'li – uni tanqid bilan yo'q qilish, hisobdan chiqarish va keyingi faoliyatiga omad tilash, ammo to'xtab, o'ylab ko'rish kerak: biz buni qanday tuzata olamiz?»
🛑 Virtsning barqarorligini tiklashga yordam berish haqida
««Liverpul» murabbiyi bo'lganingda, Virts porlashini xohlaysan. Senga undan gollar va samarali uzatmalar kerak. Muxlislar ham aynan shuni istashadi. Men uning faoliyatini va «Liverpul» libosidagi alohida epizodlarini yetarlicha ko'rganman, shuning uchun u bu qiyin davrdan o'tib, undan kuchliroq bo'lib chiqa olishiga ishonaman. So'nggi ikki o'yinda – LASK va «Brentford»ga qarshi – u ketma-ket ikkita yaxshi o'yin o'tkazdi va har ikkala g'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Undan voz kechish kerak emas. Men hozir faqat Floriyan Virts haqida gapirmayapman. Bu pasayish kuzatilayotgan yoki yuqori transfer narxi tufayli bosimni yengishda qiynalayotgan har qanday yosh futbolchiga tegishli. Keling, u bilan ishlaylik. Keling, unga yordam berishga, qo'llab-quvvatlashga harakat qilaylik. Umid qilamanki, endi u o'sish yo'liga tushdi va yanada barqaror o'yinlar namoyish eta oladi».
🛑 Bredli Barkolning «Liverpul»dagi starti haqida
«O'ylashimcha, Bredli «Liverpul»ga o'yin amaliyoti nuqtai nazaridan biroz tayyor bo'lmagan holda keldi. Uning mavsumoldi tayyorgarligi unchalik yaxshi chiqmadi, chunki u maydonda juda kam vaqt o'tkazdi. Mashg'ulotlar muhim, ammo aynan o'yin daqiqalari o'z maksimal darajang yaqinlashishga imkon beradi. O'ylayman-ki, hozir biz asta-sekin o'zining haqiqiy darajasiga qaytayotgan futbolchini ko'ryapmiz. U nihoyatda tezkor, juda xavfli, raqiblarini birga-bir vaziyatda aldab o'tish, vaziyatlar yaratish va gol urish qobiliyatiga ega».
🛑 Barkolning LASK va «Brentford»ga qarshi o'yinlari haqida
«LASKga qarshi o'yindagi xet-trik u uchun shaxsan juda muhim edi. Bu ishonch, o'ziga bo'lgan e'tiqod, katta transfer va shov-shuvli yozgi o'tishdan keyin haqiqatan ham «Liverpul» o'yinchisiga aylanganingni his qilishdir. Keyin esa u buni yana bir kuchli o'yin bilan mustahkamladi va golli uzatma amalga oshirdi. Nazarimda, agar u o'sha birga-bir vaziyatni golga aylantirganida, u yanada kuchliroq hissiy turtki olgan bo'lardi. Ammo u baribir juda yaxshi o'ynadi va xavfli ko'rindi. O'sha birga-bir vaziyat u uchun haqiqatan ham muhim edi va agar u gol urganida, bu mukammal bo'lardi».
🛑 Munyos haqida
«U yetarlicha maqtov va e'tirofga ega bo'lmadi – ehtimol, ko'pchilik Virts va Barkolga e'tiborini qaratgani uchun. U 40 millionga keldi, ajoyib o'yin ko'rsatdi va jamoa uchun haqiqiy toza havo nafasi kabi bo'ldi».