Liverpool Otorbi uchun kurashda qiyinchilikka duch keldi
YNWA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 31

Liverpool Otorbi uchun kurashda qiyinchilikka duch keldi

Tribuna Deportiva (Valensiya bo'yicha ishonchli manba) xabariga ko'ra, Liverpool shu hafta yosh vinger Otorbi uchun 30 million yevrolik tovon pulini to'lashga tayyor bo'lgan.

Valensiya esa bunga javoban shartnomani 3 yilga uzaytirish bandini faollashtirdi va tovon pulini 60 million yevroga oshirib qo'ydi.

Otorbi — tezkor reydlar va darvozaga zarbalar berishga yo'naltirilgan chaqqon vinger (o'yin uslubi bilan Munyosni eslatadi). U yoshlar darajasida Ispaniya terma jamoasi safida 25 dan ortiq o'yin o'tkazgan. Ta'kidlash joizki, unga Nyukasl ham faol qiziqish bildirmoqda, bunday vaziyatlarni biz yaxshi ko'ramiz 😚

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!