Virjil van Deyk jamoa yoshlari haqida fikr bildirdi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 33

Virjil van Deyk jamoa yoshlari haqida fikr bildirdi

Virjil van Deyk "Brentford"ga qarshi o'yindan keyingi intervyusida jamoaning ayrim o'yinchilari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🛑 Bredli Barkolya haqida

"U kishida katta taassurot qoldirmoqda. Mashg'ulotlarda u har safar nimalarga qodirligini ko'rsatib beradi. U pressingda juda yaxshi, tezkor va ko'pincha to'g'ri qarorlar qabul qiladi. Bizning vazifamiz – unga g'amxo'rlik qilish, shunda u o'z yo'lida davom etadi".

🛑 Florian Virts haqida

"O'ylaymanki, Flor yaxshi o'ynamoqda. Dunyoning eng yirik klublaridan biri bo'lgan "Liverpul"da to'p surar ekansan, doimo diqqat markazida bo'lasan. Unga shunchaki har bir o'yinda "Liverpul" o'yinchisi ekanligini isbotlash kerak".

🛑 Viktor Munyos haqida

"Gol ajoyib chiqdi, himoyada ham o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga o'tganida yomon o'ynamadi. Uzun paslar vaqtida Kevin Shade bilan kurashish oson emas – u havodagi kurashlarda juda kuchli, ammo Viktor, xuddi butun jamoa kabi, vazifasini bajardi. U juda tezkor va ayni paytda nihoyatda mehnatkash o'yinchi. U yaxshi moslashdi, endi hammasi unga bog'liq – xuddi shu ruhda davom etishi kerak".

🛑 Rio Ngumoa haqida

"U juda yaxshi o'ynadi. Unga asosiy xabarim – shunchaki to'xtamaslik. Men unda o'tgan mavsumga nisbatan tub o'zgarishlarni ko'rmayapman, ammo o'yinlar va mashg'ulotlarda olayotgan tajribasi, shuningdek, yaxshi va unchalik yaxshi bo'lmagan lahzalar unga albatta yordam beradi. Uning rivojlanishi uchun bu juda muhim".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!