Virjil van Deyk Liverpool Echo nashriga bergan intervyusida o'tgan mavsum va yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi:
«Shaxsan men uchun, «Liverpul» o'yinchisi sifatida o'tgan yil qoniqarsiz edi. Ammo bu o'tmishda qoldi. Bu yil bizda muxlislarimiz bilan birgalikda vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirish imkoniyati bor.
Buning qanchalik qiyin bo'lishini hammamiz bilamiz, lekin agar siz bu chaqiriqqa tayyor bo'lmasangiz, demak, o'z o'rningizda emassiz. Hozirgi vaqtda jamoadagi hamma bunga tayyor deb hisoblayman. Buni qanday uddalashimizni ko'ramiz. Men bu mavsumni intiqlik bilan kutyapman va kimlargadir nimadir isbotlashimiz kerak deb o'ylamayman.
Biz qanchalik qayg'urayotganimizni, emblemamiz uchun kurashishni qanchalik xohlayotganimizni ko'rsatishimiz, shuningdek, «Liverpul»da o'ynash biz uchun qanchalik katta baxt ekanligini anglashimiz kerak. O'tgan yili Iraola qo'l ostidagi «Bornmut»ga qaraydigan bo'lsak, ular juda qiziqarli jamoa edi.
Aytishim mumkinki, agar biz ishlashda davom etsak, ishonsak, o'z mahoratimizni namoyish qilsak, formada qolsak va umid qilamanki, ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonsak, unda biz bu mavsumdan juda ruhlanishimiz mumkin. Bu bizning maqsadimiz, biz kurashayotgan narsa, lekin barchamiz buning qanchalik qiyinligini bilamiz. Premer-ligada o'ynash, to'rtta frontda kurash olib borish qanchalik og'ir ekanligini hammamiz bilamiz, lekin buni qabul qilish kerak.
Bu yo'ldan zavqlanish lozim. Bu yerda barchamiz juda omadlimiz va biz oldinga intilishda davom etishimiz hamda bundan zavq olishimiz kerak. Men aynan shunday qilaman va barchani ham shunga chaqiraman. Men yigitlarga ham doim shuni aytaman, ko'ramiz nima bo'lar ekan».