Frenki de Yong: "Sardorlik bog'ichi borasida Messi va Virjil o'rtasidaman"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 18

Frenki de Yong: "Sardorlik bog'ichi borasida Messi va Virjil o'rtasidaman"

Frenki de Yong: "Men yaxshi formadaman, baxtliman va juda motivatsiyalanganman. Jarohatlardan nimadir o'rganish mumkin deb o'ylamayman, lekin ular haqiqatan ham futbolga qaytish istagini kuchaytiradi".

❓Siz terma jamoa sardori bo'lasizmi?

Frenki de Yong: "Buni murabbiy hal qilishi kerak, lekin, shubhasiz, bu imkoniyat bor. Men unchalik ko'p gapiradigan odam emasman. Virjilning boshqalarni qanday qilib ovozi bilan bosib ketishini doim eshitish mumkin — u bizning haqiqiy yetakchimiz, shu jumladan so'z bilan ham. Sardorlik bog'ichini taqqanimda, o'z xatti-harakatlarim va professionalligim bilan boshqalarga o'rnak bo'la olaman.

Shuningdek, Messi bilan sardor sifatida ishlash imkoniga ega bo'lganman. U hech qachon ovozini ko'tarmasdi va so'zsiz yetakchi edi. Aytishim mumkinki, sardorlik bog'ichi bilan o'zimni Messi va Virjil o'rtasidagi joyga qo'ygan bo'lardim. Agar bu shu hafta sodir bo'lsa, men uchun katta sharaf bo'lardi".

❓Xavini qanday baholaysiz?

Frenki de Yong: "U o'z g'oyalarini va maydonda nimani ko'rishni istayotganini juda aniq ifodalaydi. Hatto birinchi xalqaro tanaffusdayoq unga xos bo'lgan o'yin qurish sxemalarini payqaganman. Ayniqsa, uning ham yarim himoyachi bo'lgani menga yoqadi".

❓Himoyada o'ynashga tayyormisiz?

Frenki de Yong: "Agar murabbiy mendan himoyada o'ynashimni so'rasa, himoyada o'ynayman. Ammo uzoq muddatli istiqbolda bunday bo'lmaydi. Hamma mening yarim himoyachi ekanligimni biladi".

❓Xavi sizni yetarlicha baholashmayotganini aytdi. Siz ham shunday deb o'ylaysizmi?

Frenki de Yong: "Har kim bunga o'z qarashi bilan qaraydi. Yagona ob'ektiv haqiqat yo'q. Futbolchi sifatida, balki, seni biroz kam baholashayotgandek taassurot uyg'onishi osonroqdir. Menda ham ba'zi odamlarga nisbatan shunday tuyg'u bo'ladi.

Juda kam odam o'yinning barcha 90 daqiqasini tomosha qiladi. Qolganlar maydonda nimalar bo'layotganini, futbolchilar nima uchun aynan shunday qarorlar qabul qilayotganini, nima haqiqatan ham yaxshi pas ekanligini va nima emasligini aslida payqashmaydi. Futbolda o'yinchilarni gollar va assistlar bo'yicha baholash eng osoni. Menda bu ko'rsatkichlar, albatta, ancha kam. Lekin agar o'yinimga diqqat bilan nazar tashlasangiz, haqiqatan ham yaxshi futbolchi ekanligimni yoki yo'qligini tushunib yetasiz".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!