Niderlandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Joey Veerman bosh murabbiy Xavining taktik yondashuvi va jamoa o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Joey Veerman Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavining ishiga yuqori baho berdi:
"Bosh murabbiy raqiblarni juda sinchkovlik bilan o'rganishi yaqqol ko'rinib turibdi.
Masalan, Gretsiyaga qarshi o'yin taktikasi va Frenki de Yongning rolini olaylik, murabbiy unga maydon markazidan hujumlarga qo'shilishga ruxsat berdi. Shu sababli biz to'pni birgalikda yuqoriroq zonada nazorat qila oldik.
Bular murabbiy juda yaxshi o'ylab chiqqan detallar. Bundan tashqari, o'yindan zavq olayotganimiz ham ko'rinib turibdi. Bu juda muhim.
Bunda Xavining xizmati bormi? Shubhasiz, u terma jamoani boshqarganidan beri biz yaxshi futbol namoyish etyapmiz. Bu aniq".
Ilkay Gundo'g'an «Barselona»dagi faoliyati, Xavi, Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Fermin Lopes haqida fikrlarini bildirdi.
❓O'sha yili Xavi qo'l ostida «Barselona»da o'tkazgan yilingizdan qanday xotiralar qoldi?
🗣 Gundo'g'an: «Men o'sha yilni katta minnatdorchilik va faxr bilan eslayman. Bunday afsonaviy klub libosini kiyish men uchun ro'yobga chiqqan orzu edi. Xavi futbolchi sifatida mening asosiy kumirlarimdan biri bo'lgan, murabbiy sifatida esa undan o'rganish unutilmas tajriba bo'ldi. Aslida, bu vaqt ichida biz juda yaxshi va do'stona munosabatda bo'ldik, hatto u klubni tark etishidan oldin oilalarimiz bilan birga kechki ovqatga ham borganmiz. Xavi «Barsa» futboli bilan yashaydi va klubga ushbu murakkab o'tish davrida yordam berish uchun juda qattiq ishladi. Men u bilan o'tkazgan vaqtimni chin dildan qadrlayman».
❓«Barselona» muxlislari Gundo'g'anni har doim o'ylaganini ochiq aytadigan futbolchi sifatida eslashadi. Matbuotga aytgan gaplaringizdan biror narsaga afsuslanasizmi?
🗣 Gundo'g'an: «Har safar ommaviy chiqish qilganimda, bu bitta manbadan: klubga bo'lgan chuqur mehrim va g'alaba qozonishga bo'lgan kuchli istagimdan kelib chiqqan. Men har doim o'zimga eng yuqori talablarni qo'yaman va atrofimdagilarga ham shu mas'uliyatni singdirishga harakat qilaman. Mening so'zlarim hech qachon salbiy ma'noda aytilmagan. Ular har doim jamoa sifatida o'sishimizga va «Barselona» kabi klub talablariga mos kelishimizga yordam berishga qaratilgan edi».
❓O'sha mavsumda (2023/24) nima noto'g'ri ketdiki, «Barsa» sovrinlarsiz qoldi?
🗣 Gundo'g'an: «Yuqori darajadagi futbol mayda detallarga bog'liq. Muhim pallalarda asosiy o'yinchilarning jarohatlari tufayli omadimiz kelmadi, Chempionlar ligasi va El-Klasikodagi hal qiluvchi bahslarda esa bizga shunchaki omad yoki darvoza oldidagi mahorat yetishmadi. Tarkib sifati, shubhasiz, yuqori darajada edi».
❓Siz Lamin Yamalning 16 yoshida tarkibda debyut qilganini ko'rgansiz. Uning 19 yoshidayoq bunday darajaga yetishini kutganmidingiz?
🗣 Gundo'g'an: «Biz bilan o'tkazgan ilk mashg'ulotdanoq Lamin aqlbovar qilmas iste'dodga ega ekani aniq edi. Ammo u shunchalik yosh bo'lishiga qaramay, jahon arenasida namoyish etayotgan yetuklik va barqarorlik hayratlanarli. U kamdan-kam uchraydigan yengillik bilan o'ynaydi. Uning o'yinini kuzatish — haqiqiy zavq. Unga faqat eng yaxshilarini tilayman va eng muhimi — sog'lom bo'lishini istayman».
❓Pau Kubarsi va Fermin Lopes haqida nima deya olasiz? Ular ham Xavining «Barselona»dagi faoliyati davomida asosiy tarkibga kirib kelishdi.
🗣 Gundo'g'an: «Ularning ikkalasi ham «La Masia»da olib borilayotgan aqlbovar qilmas ishning yorqin namunasidir. Pau Kubarsi o'yinni juda yaxshi o'qiydi va yoshiga nisbatan to'p bilan juda xotirjam. Fermin esa katta energiya, yuqori sur'at va yarim himoyadan darvozaga xavf solish qobiliyatini olib kiradi. Ikkalasi ham katta iste'dodga ega va klubda ko'p yillar davomida muhim rol o'ynash uchun kerakli mentalitetga ega».
Niderlandlar terma jamoasida Xavining tarkibni o'yindan ikki soat oldin e'lon qilish qoidasi futbolchilar o'rtasida norozilik keltirib chiqargani aytilmoqda.
Gretsiya OAVlari Niderlandlar terma jamoasida Salonikidagi o'yindan biroz oldin norozilik yuzaga kelganini taxmin qilmoqda. Bunga Xavining yangi qoidasi sabab qilib ko'rsatilmoqda: u boshlang'ich tarkibni o'yin boshlanishiga ikki soat qolganda e'lon qiladi.
"Men barcha futbolchilar diqqatli va motivatsiyali bo'lishini istayman. Futbolchi sifatida men hech qachon o'ynamasligimni oldindan bilishni yoqtirmaganman", - deya avvalroq tushuntirgandi Xavi.
Gretsiyaning Metrosport nashri ta'kidlashicha, futbolchilar bu qarorni salbiy qabul qilishgan: "O'yinchilarga Xavining tarkibni o'yindan atigi bir necha soat oldin e'lon qilishi yoqmadi. Shu tariqa ular normal tayyorgarlik ko'ra olishmayapti".
Shu bilan birga, Niderlandlar terma jamoasi lagerining o'zidan yangi qoidadan norozilik haqida hech qanday xabar kelib tushmagan.
Boshqa Gretsiya OAVlari esa Gretsiya terma jamoasi atrofidagi shov-shuvga ko'proq e'tibor qaratmoqda: chiptalar uchun navbatda 100 mingdan ortiq odam turibdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida Xavi Kodi Gakponing jarohati jiddiy emasligiga umid qilayotganini ma'lum qildi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida Xavi Kodi jarohati jiddiy emasligiga umid qilayotganini ma'lum qildi. Batafsil ma'lumot tibbiy ko'rikdan so'ng ertaga e'lon qilinadi.
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi «Feyenoord»ning bugungi o'yinini stadiondan kuzatib bormoqda.
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi bugungi o'yinga tashrif buyurdi 🔥
Ispaniyalik mutaxassis o'yin boshlanishidan oldin «De Kyuyp» tribunalarida ko'rinish berdi. Avvalroq, Xavi bizning o'yinchimiz Zexielni Niderlandiya terma jamoasiga bo'lajak o'yinlar uchun chaqirgani xabar qilingandi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Xavi «Valensiya» bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Endilikda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Xavi «Valensiya» bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi. Endilikda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etadi.
Xavi Eredivizi o'yinlarini kuzatishni boshlaydi va sentyabr oyida terma jamoaning dastlabki ro'yxatini shakllantiradi.
Algemeen Dagblad xabariga ko'ra, Xavi kelasi dam olish kunlari o'zining ilk Eredivizi uchrashuvini stadiondan kuzatadi. Nashrning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis Barselonada yashashda davom etadi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Xavi buni muammo deb bilmaydi, chunki Niderlandiya terma jamoasining ko'plab futbolchilari xorijda to'p surishadi. Shunga qaramay, yangi murabbiy Eredivizi o'yinlarida muntazam ravishda hozir bo'lishi kerak.
Jurnalist Marten Veyffels: "Agar seni AZ yoki Feyenoord o'yinlarida tribunada ko'rishsa, bu qiziqishni namoyon etadi va yaxshi munosabat yaratadi".
Sentyabr oyining birinchi haftasida Xavi chempionat o'yinlarini tomosha qilishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga ko'ra, u 5-sentyabr kuni Ayaks - PSV uchrashuvidan boshlaydi. Avvalroq, o'sha kuni NEC - Feyenoord bahsi bo'lib o'tadi.
6-sentyabr kuni Xavi futbolchilarning dastlabki kengaytirilgan ro'yxatini tuzishi kerak. U e'lon qilinmaydi, lekin barcha tegishli klublarga yuboriladi. 18-sentyabr kuni esa terma jamoaning yakuniy tarkibi ma'lum qilinadi.
KNVB direktori Nayjel de Yong Niderlandlar terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar haqida gapirdi.
KNVB futbol direktori Nayjel de Yong NOS nashriga bergan intervyusida Pep Gvardiola federatsiyaning birinchi tanlovi bo'lganini ma'lum qildi.
Gvardiola bizning orzuimizdagi nomzod edi. Biz u ijodiy ta'til olmoqchi ekanligini tezda bilib oldik, ro'yxatdagi keyingi nomzod esa Slot edi. Ikki suhbatdan so'ng uning nomzodi ham rad etildi. Biz buni hurmat qilishimiz kerak. Shartnoma muddati haqida umuman gaplashmadik. Asosan ishning mazmuni, uning qarashlari va qanday murabbiy ekanligi haqida so'z bordi.
Ro'yxatdagi keyingi nomzodlar Xavi va Mixael Raysiger bo'lgan. De Yong Xavining tayinlanishidan mamnun:
Uning ishtiyoqi va hukmronligi, murabbiylik tajribasi hamda futbolchilarga yondashuv topa olish qobiliyati tufayli. Shuningdek, unga bizning futbol madaniyatimiz yaqinligi uchun. U Niderlandlar terma jamoasida ko'rmoqchi bo'lgan o'ziga xoslikka ega.
Peter Bosh nomzodlar qatoriga kiritilmagan:
Peter - fantastik murabbiy, ammo biz profil, sifat va mavjudlikni hisobga oldik. Shunga asoslanib, qisqa ro'yxatni tuzdik.
Niderlandiyalik jurnalist Valenteyn Drissen Frenki de Yongni himoya markazida sinab ko'rishni taklif qildi.
🗣 Valenteyn Drissen:
"Agar Xavi Frenki de Yongni "Barselona"da o'ynaganidek, markaziy himoyaga qo'ysa, ajoyib bo'lardi. Xavi Frenki va Joui Veerman birga o'ynashi mumkinligini aytgandi. Hamma darhol yarim himoyani o'ylaydi, lekin Frenki himoyada ham o'ynay oladi. Ayniqsa, hozir, Virjil van Deyk yo'qligida".
Xavi Frenki de Yongning sardorlik qobiliyatlari va uning dunyodagi eng yaxshi yarimhimoyachilardan biri ekanligi haqida fikr bildirdi.
❓Frenki Van Deyk yo'qligida terma jamoa sardori bo'ladimi?
🗣 Xavi: «Ha, bunda hech qanday shubha yo'q».
❓Sizningcha, Frenki yaxshi sardormi? Uni nima yaxshi sardor qiladi?
🗣 Xavi: «Xo'sh, birinchi sabab – bu uning xarakteri, shaxsiy fazilatlari. U to'pni qabul qilishni xohlaydi. U har kuni yaxshiroq bo'lishni istaydi. U jamoaning bir qismi bo'lishni xohlaydi. U hech qachon mas'uliyatdan qochmagan. Men uni juda yaxshi bilaman.
Ikkinchi sabab – uning mahorati, chunki u... u mening nazarimda dunyodagi eng yaxshi yarimhimoyachilardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, ha, ha. Sabablar ko'p, lekin murabbiy sifatida men uchun bu ikkisi juda muhim».
Frenki de Yong o'zining jismoniy holati, sardorlik bog'ichi, Xavi bilan ishlash va o'z o'yiniga bo'lgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Frenki de Yong: "Men yaxshi formadaman, baxtliman va juda motivatsiyalanganman. Jarohatlardan nimadir o'rganish mumkin deb o'ylamayman, lekin ular haqiqatan ham futbolga qaytish istagini kuchaytiradi".
❓Siz terma jamoa sardori bo'lasizmi?
Frenki de Yong: "Buni murabbiy hal qilishi kerak, lekin, shubhasiz, bu imkoniyat bor. Men unchalik ko'p gapiradigan odam emasman. Virjilning boshqalarni qanday qilib ovozi bilan bosib ketishini doim eshitish mumkin — u bizning haqiqiy yetakchimiz, shu jumladan so'z bilan ham. Sardorlik bog'ichini taqqanimda, o'z xatti-harakatlarim va professionalligim bilan boshqalarga o'rnak bo'la olaman.
Shuningdek, Messi bilan sardor sifatida ishlash imkoniga ega bo'lganman. U hech qachon ovozini ko'tarmasdi va so'zsiz yetakchi edi. Aytishim mumkinki, sardorlik bog'ichi bilan o'zimni Messi va Virjil o'rtasidagi joyga qo'ygan bo'lardim. Agar bu shu hafta sodir bo'lsa, men uchun katta sharaf bo'lardi".
❓Xavini qanday baholaysiz?
Frenki de Yong: "U o'z g'oyalarini va maydonda nimani ko'rishni istayotganini juda aniq ifodalaydi. Hatto birinchi xalqaro tanaffusdayoq unga xos bo'lgan o'yin qurish sxemalarini payqaganman. Ayniqsa, uning ham yarim himoyachi bo'lgani menga yoqadi".
❓Himoyada o'ynashga tayyormisiz?
Frenki de Yong: "Agar murabbiy mendan himoyada o'ynashimni so'rasa, himoyada o'ynayman. Ammo uzoq muddatli istiqbolda bunday bo'lmaydi. Hamma mening yarim himoyachi ekanligimni biladi".
❓Xavi sizni yetarlicha baholashmayotganini aytdi. Siz ham shunday deb o'ylaysizmi?
Frenki de Yong: "Har kim bunga o'z qarashi bilan qaraydi. Yagona ob'ektiv haqiqat yo'q. Futbolchi sifatida, balki, seni biroz kam baholashayotgandek taassurot uyg'onishi osonroqdir. Menda ham ba'zi odamlarga nisbatan shunday tuyg'u bo'ladi.
Juda kam odam o'yinning barcha 90 daqiqasini tomosha qiladi. Qolganlar maydonda nimalar bo'layotganini, futbolchilar nima uchun aynan shunday qarorlar qabul qilayotganini, nima haqiqatan ham yaxshi pas ekanligini va nima emasligini aslida payqashmaydi. Futbolda o'yinchilarni gollar va assistlar bo'yicha baholash eng osoni. Menda bu ko'rsatkichlar, albatta, ancha kam. Lekin agar o'yinimga diqqat bilan nazar tashlasangiz, haqiqatan ham yaxshi futbolchi ekanligimni yoki yo'qligini tushunib yetasiz".
Valenteyn Drissen Niderlandiya terma jamoasidagi o'zgarishlar va o'yinchilarning Xavi talablarini tushunmayotgani haqida fikr bildirdi.
Valenteyn Drissen Niderlandiya terma jamoasi haqida shunday dedi:
Ko'p narsa o'zgargan bo'lishi mumkin, ammo vaziyat yaxshilangani yo'q. Gap shunda! Menda o'yinchilar Xavi hozir nima istayotganini oxirigacha tushunmayapti degan kuchli shubha bor.
Xavi jamoasining o'yini, yaratilgan vaziyatlar va Meerdinkning jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.
Xavi:
"To'g'risini aytish kerak: biz yaxshiroq o'ynashimiz shart. Ammo yaxshi jihatlar ham bo'ldi. Jamoaning kayfiyati va fidoyiligidan qoniqdim".
"Ikkinchi bo'limda biz ko'proq ustunlik qildik va ko'proq vaziyatlar yaratdik. Biz o'z pozitsiyalarimizni yaxshiroq saqlab qoldik va shu tufayli bo'sh zonalardan samaraliroq foydalandik".
"Meerdinkning nafaqat gol urgani, balki o'yini uchun ham xursandman. U ko'p mehnat qiladi va yuqori pressingni boshlab beradi, shuning uchun jamoa uchun juda muhim".
Givay Zexiel Xavi bilan ishlash va undan o'rganish istagi haqida gapirdi.
Givay Zexiel Xavi haqida:
"U juda yaxshi yarim himoyachi bo'lgan, shuning uchun o'ylaymanki, undan ko'p narsani o'rganishim mumkin. Men uning o'yinlarini ko'p kuzatganman va hatto bir marta "Kamp Nou"da jonli tomosha qilganman. Yaqin vaqt ichida undan nimalarni o'rganishim mumkinligini ko'ramiz, lekin o'ylaymanki, u men uchun juda ko'p maslahatlar bera oladi".
Virjil van Deyk Xavi bilan suhbatdan so'ng Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi.
🦁 Jerri JCHni o'tkazib yuborganidan so'ng yana «to'q sariqlar» safiga qaytmoqda.
Van Deyk, terma jamoadagi faoliyatini yakunlashni jiddiy o'ylab ko'rgan edi, ammo Xavi bilan suhbatdan so'ng (u hatto buning uchun «Enfild»ga ham kelgan) xalqaro faoliyatini to'xtatmaslikka qaror qildi.
Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishi kerak.
🚨 Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde o'zining «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishiga to'g'ri keladi.
O'yinchi klubda qolib, o'z o'rni uchun kurashish istagiga qaramay, u hozirda Xavi rejalarida Espart va Joau Kanseludan ortda qolmoqda. Balde o'z o'rni uchun kurashni davom ettirishi, transfer oynasi yopilgunga qadar ketishi yoki vaziyat o'zgarmasa, yanvargacha kutishi mumkin.
Xavi jamoaning o'yin sxemalari hamda Van Deyk va Memfis haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Xavi:
Biz turli sxemalarda o'ynashni istaymiz: 4-3-3, 4-2-3-1 yoki 3-4-3. Mening nazarimda, futbol o'yinida aynan shu sxemalar orqali boshqalarga qaraganda ko'proq ustunlikka erishish mumkin. Men buni shunday ko'raman.
Van Deyk va Memfis haqida:
Ular jamoamizning muhim qismi hisoblanishadi. Men ular bilan allaqachon gaplashib oldim. Biz barcha futbolchilarni kuzatib borishimiz kerak. Bu mening ishimning bir qismi va men bundan zavq olmoqdaman.
Xavi Frenki de Yongning jarohatidan so'ng tezroq safga qaytishi muhimligini va u jamoa uchun qanchalik kerakli futbolchi ekanligini ta'kidladi.
Xavi: Frenki uchun eng muhimi — tezroq sog'ayib olishi, chunki u hozir jarohatlangan. U bizning Niderlandiya terma jamoasiga kelganimizdan ruhlangan va menimcha, u biz uchun ham, «Barsa» uchun ham muhim o'yinchi bo'lishi kerak. U bizning g'oyamiz, falsafamiz uchun fundamental futbolchi bo'lib ko'rinadi va xudo xohlasa, u tezroq safga qaytadi. Men u bilan gaplashib turibman. U ham o'z klubi, ham biz uchun juda muhim futbolchi deb hisoblayman.
Xugo Borst Lui van Galning Xavi murabbiylar shtabida yordamchi bo'lib ishlashi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Xugo Borst Lui van Galning Xavi murabbiylar shtabida ishlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi:
"Mening unga [van Galga] savolim shunday bo'lardi: 'Xaviga yordamchi bo'lishni istarmidingiz?' Jiddiy aytaman. Uning yordamchi murabbiy rolini qabul qilishini tasavvur qilish qiyin. Ammo o'ylaymanki, agar u odamni chin dildan yoqtirsa, bu juda yaxshi samara berishi mumkin.
Uning ulkan murabbiylik tajribasi... Men shuni nazarda tutyapmanki, bu alohida kasb, Xavida esa bunday tajriba hali yo'q. Bu yerda u muhim rol o'ynashi mumkin edi. Qolaversa, u ispan tilida unchalik yaxshi gapirmaydi, lekin o'zini tushuntira oladi. Agar van Gal hayotining so'nggi bosqichida yordamchi murabbiy bo'lishga rozi bo'lsa, bu men uchun juda yoqimli bo'lardi. Bu ajoyib ish bo'lardi".