Alehandro Balde kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak
Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishi kerak.
🚨 Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde o'zining «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishiga to'g'ri keladi.
O'yinchi klubda qolib, o'z o'rni uchun kurashish istagiga qaramay, u hozirda Xavi rejalarida Espart va Joau Kanseludan ortda qolmoqda. Balde o'z o'rni uchun kurashni davom ettirishi, transfer oynasi yopilgunga qadar ketishi yoki vaziyat o'zgarmasa, yanvargacha kutishi mumkin.