Alehandro Balde yanvar oyida "Barselona"ni tark etishi mumkin. Klub himoyachini o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berishga tayyor.
🚨 SPORT xabariga ko'ra, agar jamoadagi holati o'zgarmasa, Alehandro Balde yanvar oyida "Barselona"ni tark etishi mumkin.
Klub himoyachi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi hamda yozgi yakuniy qarordan avval o'z bozor qiymatini tiklab olishi uchun uni ijaraga berish variantini ko'rib chiqishga tayyor.
Hansi Flik Balde va Lamin Yamalning jamoadagi o'rni hamda Laminning «Oltin to'p» uchun nomzodi haqida fikr bildirdi.
❓Balde bu mavsumda bir daqiqa ham maydonga tushmadi. Siz o'yin vaqti mashg'ulotlarda ishlab topilishini aytgandingiz. U yengib o'tishi kerak bo'lgan muammo bormi yoki u siz xohlagandek mashg'ulot o'tkazmayaptimi?
🗣 Xansi Flik: «Yo'q, hozirgi vaqtda bizda beshta qanot himoyachisi bor: o'ng qanotda uchtasi, chunki Joau ham o'ngda, ham chapda o'ynay oladi, chap qanotda esa uchtasi. Mavsum boshlanishidan oldin hech kim Xavi Espart bunchalik yuqori darajada o'ynashini kutmagandi. Gap shunda.
U mashg'ulotlarda bor kuchini berishi kerak va u shunday ham qilyapti. Albatta, u norozi — bu tabiiy: u o'ynamayapti, o'yin vaqtiga ega emas. Oxirgi ikki yilda esa u har doim bizning asosiy o'yinchilarimizdan biri bo'lgan, shuning uchun bu normal holat, lekin mavsum boshlanganda vaziyat o'zgardi. Yangi o'yinchilar, yosh futbolchilar keldi. Jamoada ma'lum voqealar yuz berdi va buni uddalash, har doim eng yuqori darajada o'ynash kerak — buni hamma ko'rsatishi shart. U esa yaxshi uddalamoqda. Gap men undan noroziligimda emas — yo'q, men undan va har bir o'yinchidan mamnunman, chunki ularning barchasi uchun bu eng oson vaziyat emas. Biroq ular buni yaxshi uddalashmoqda, chunki har bir pozitsiyada raqobat bor. Bizda har doim bir pozitsiyada ikkita, ba'zan esa uchta o'yinchi bor. Men uchun bu yaxshi holat, klub va jamoa uchun ham. Oxir-oqibat, buni boshqarish kerak va bu hammasining eng qiyin qismi».
❓Lamin haqida gapirganda, «Oltin to'p» haqida emas: bu mavsumda u 7 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi — 6 ta o'yindan keyin o'tgan mavsumdagiga qaraganda deyarli 40 foizga ko'p. Buni qanday izohlaysiz? Uning yetukligi bilanmi? U o'yinida nimadir o'zgartirdimi?
🗣 Xansi Flik: «Men buni oson emas deb aytmagan bo'lardim, chunki bu oson — uning salohiyati ulkan. Qolaversa, uning jismoniy holati haqiqatan ham yaxshi. O'ng qanotda ham u gollar urishga qodir, bu ayniqsa to'p chap qanotda bo'lgan o'yinlarda ko'proq seziladi, u jarima maydonchasiga tez-tez kirib boradi, darvozaga yaqinroq bo'ladi, shuning uchun unda gol urish imkoniyatlari ko'payadi. U to'p bilan nimalar qilayotgani va hujumlarni yakunlashdagi ishonchi shunchaki hayratlanarli. Mening nazarimda, u a'lo darajada o'ynamoqda. U har doim gol urishga qodir — har bir o'yinda va har qanday vaziyatda. Bu mashg'ulotlarda ham ko'rinib turibdi. Men har doim aytaman: agar mashg'ulotda nimadir ko'rsang, o'yin davomida nima bo'lishini bilasan. Men hozir mashg'ulotlarda ko'rayotgan narsalarimni juda qadrlayman».
❓Kecha Rodri «Barsa» Laminni «Oltin to'p» uchun kurashda qo'llab-quvvatlash kampaniyasini boshlashga qaror qilganini aytdi. Bugun siz uni maqtadingiz, prezident esa kecha Lamin foydasiga fikr bildirdi. Sizda «Barsa» Lamin Yamalni «Oltin to'p» uchun kurashda qo'llab-quvvatlash kampaniyasini o'tkazayotgani haqida taassurot qoldimi?
🗣 Xansi Flik: «Nega biz buni qilmasligimiz kerak? Bu normal holat, u bizning o'yinchimiz va biz futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Men o'yinchilarni qo'llab-quvvatlayman, ular o'zlariga ishonishadi va biz ham yaxshi o'ynamoqdamiz. Gap shunda. Men uchun bu tabiiy, chunki bular bizning futbolchilarimiz. Har kuni men ularning mashg'ulotlardagi darajasini ko'raman. Albatta, buni bilgan holda, men o'z o'yinchilarimni qo'llab-quvvatlay olaman».
Jordi Xil xabariga ko'ra, «Liverpul» Alexandro Balde vaziyatini kuzatmoqda. O'yin amaliyoti kamligi sabab futbolchi qishda ketishi mumkin.
Jordi Xil: «Liverpul» Alexandro Balde atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
O'yin amaliyotining kamligi futbolchini o'z kelajagi haqida o'ylashga va yanvar oyidayoq jamoani tark etish imkoniyatini ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.
Agent Jorje Mendesh Lamin Yamalning «Oltin to'p»ga loyiqligini ta'kidladi va Alehandro Baldening holati haqidagi savolga javob berdi.
Jorje Mendesh: «Menda do'stlarim bilan kechki ovqat bo'ldi. «Oltin to'p»ni Lamin Yamal olishi kerak. U bunga hammadan ko'ra ko'proq loyiq. U dunyodagi eng yaxshisi. Dunyodagi eng yaxshisi va katta farq bilan. Buni o'zingiz ham bilasiz».
Alehandro Balde bu mavsumda hali maydonga tushmadi. U bilan kimdir gaplashdimi va uning ahvoli qanday?
Jorje Mendesh: «Kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi, xavotir olma. Xayrli tun».
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik himoyachi Balde haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hansi Flik:
Balde jamoamizning bir qismi, u biz bilan qoladi. Maydonga tushadimi yoki yo'q, buni ertaga hal qilamiz. Men u bilan gaplashib oldim va eng muhimi — u o'zini 100% jamoamizga bag'ishlashi va jarayonga to'liq kirishishi kerak. U 22 yoshda, juda yosh va salohiyati juda yuqori.
Uning ilk mavsumi shunchaki fantastik o'tgandi. U o'sishga erishdi, lekin bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin. U La Masiya tarbiyalanuvchisi va yuragida «Barsa» ranglari bor. Ammo endi uning vazifasi — har kuni astoydil mehnat qilish va o'z ustida ishlash.
Har yili La Masiyadan o'ynashni istaydigan 3-4 nafar futbolchi chiqadi. Ularning barchasi professional futbolga 100% diqqatini qaratishi va «Barsa» uchun bor kuchini berishi kerak.
Fabrisio Romanoning so'zlariga ko'ra, «Barselona» Alexandro Balde bo'yicha transfer masalasini yopiq deb hisoblaydi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Barselona» Alexandro Balde bilan bog'liq vaziyatni deyarli yakunlangan deb hisoblaydi, agar «Manchester Yunayted» kutilmaganda juda katta taklif bilan chiqmasa.
Hech qachon «hech qachon» dema, ammo hozirgi bosqichda ham o'yinchining atrofidagilar, ham «Barselona»ning o'zi bu transfer amalga oshishi dargumon ekanligiga ishonishmoqda.
«Manchester Yunayted»ga kelsak, hech narsani istisno qilib bo'lmaydi, chunki ular chap qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun variantlarni izlashmoqda. Agar so'nggi daqiqada qandaydir imkoniyat paydo bo'lsa... Ammo «Barselona»dan menga bildirishlaricha, ular o'z transfer bozorini yopiq deb hisoblashadi. ❤️
Gerard Romero xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Alejandro Baldega bo'lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Gerard Romero xabariga ko'ra, so'nggi soatlarda «Manchester Yunayted» Alejandro Baldega bo'lgan qiziqishini kuchaytirdi va himoyachini o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Alejandro Baldening transfer qiymati va maoshini juda yuqori deb hisoblamoqda.
⚽️ Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Alejandro Baldening transfer qiymati va maoshini juda yuqori deb hisoblamoqda hamda hozircha uni tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmayapti.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Barselona va Inter klublari Balde hamda Dimarko almashinuvi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Serxi Kapdevilya (🌖): «Barsa» va «Inter» bir necha kundan buyon Balde hamda Dimarko almashinuvi ustida ishlamoqda.
Juda murakkab operatsiya va hozircha «Inter» bunga rozilik bermayapti.
«Barselona» ushbu almashinuv uchun «Inter»ga ma'lum miqdorda pul to'lashga tayyor.
Balde La Ligada bir daqiqa ham maydonga tushmadi va u uchun ketish varianti izlanmoqda. «Barsa»da uni faqatgina maoshini ko'tara oladigan va asosiy sovrinlar uchun kurasha oladigan top-klubga o'tishga ko'ndirish mumkin deb hisoblashadi.
Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishi kerak.
🚨 Jordi Jil xabariga ko'ra, Alehandro Balde o'zining «Barselona»dagi kelajagi borasida murakkab qaror qabul qilishiga to'g'ri keladi.
O'yinchi klubda qolib, o'z o'rni uchun kurashish istagiga qaramay, u hozirda Xavi rejalarida Espart va Joau Kanseludan ortda qolmoqda. Balde o'z o'rni uchun kurashni davom ettirishi, transfer oynasi yopilgunga qadar ketishi yoki vaziyat o'zgarmasa, yanvargacha kutishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko'ra, Milan Barselona himoyachisi Alejandro Baldega qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar futbolchini 40 million yevroga sotishga tayyor.
Sport xabariga ko'ra, Milan Alejandro Baldega qiziqish bildirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Barselona himoyachini taxminan 40 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Ispaniyalik jurnalist Xavyer Bosh Alehandro Baldening salohiyati haqida gapirdi va futbolchi Xans-Diter Flikning ishonchini qozonishi kerakligini ta'kidladi.
🎤 Xavyer Bosh (ispan jurnalisti):
Alehandro Balde atigi 22 yoshda va uni hozirdanoq hisobdan chiqarish katta xato bo'lardi.
Ha, u hali ko'p ishlashi kerak. Ammo uning tezligi, chiziqlarni yorib o'tish qobiliyati va jismoniy sifatlari hatto yuqori darajada ham kamyob hisoblanadi.
Endi vazifa oddiy — maydonda hammasini isbotlash va Flikni o'z shubhalari uchun pushaymon qilish.
«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik himoyachi Alexandro Balde haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hansi Flik:
Balde bugun maydonga tushadimi yoki yo'q, buni keyinroq hal qilaman. Men u bilan gaplashdim, eng muhimi — u jamoaga to'liq sodiq.
U endigina 22 yoshda va unda katta salohiyat bor. Uning bu yerdagi ilk mavsumi fantastik o'tdi, ammo men u yanada yaxshiroq bo'lishga qodir ekanini bilaman.
U La Masia tarbiyalanuvchisi va «Barselona» ranglarini yuragida olib yuradi, lekin u ishlashda va rivojlanishda davom etishi kerak. Har yili akademiyadan o'ynashni istaydigan yangi futbolchilar chiqib kelmoqda. Shu sababli professional futbolga va klubga to'liq sodiq bo'lish zarur.
Manchester United chap qanot himoyachisi izlamoqda. Klub Alexandro Balde va Xorxe Salinas nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
Natan Solt va Kris Uiler xabariga ko'ra:
Manchester United uchun hozirgi ustuvor vazifa chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish hisoblanadi. Klub Barcelona futbolchisi Alexandro Balde hamda Racing vakili Xorxe Salinasga qiziqish bildirmoqda.
Biroq insayderlar transfer oynasi yopilishiga qadar jamoaga yangi futbolchi kelishiga unchalik ishonch bildirishmayapti.