#Federiko Dimarko — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Inter futbolchilari va rahbariyati Premio Gentleman mukofotiga sazovor bo'lishdi

Inter futbolchilari va rahbariyati Premio Gentleman mukofotiga sazovor bo'lishdi

Inter futbolchilari va rahbariyati Milanda bo'lib o'tgan 31-Premio Gentleman Fair Play marosimida turli nominatsiyalarda g'olib bo'lishdi.

Premio Gentleman Fair Play — bu har yili Italiyada o'tkaziladigan nufuzli mukofot bo'lib, u futbolchilar va sport arboblariga statistik ko'rsatkichlari uchun emas, balki maydonda va undan tashqarida ko'rsatgan namunali xulq-atvori, fair play tamoyillariga sodiqligi hamda raqibga bo'lgan hurmati uchun topshiriladi. 7-oktyabr kuni Milanda ushbu mukofotning 31-marosimi bo'lib o'tdi.

Federiko Dimarko asosiy nominatsiya — Gentleman Lega Serie A g'olibi deb topildi.

Piotr Zelinski dubl qayd etib, ichki klub mukofoti bo'lgan «Gentleman Inter»ni, shuningdek, 2025/26-yilgi mavsumdagi «Inter»ning eng yaxshi goli uchun sovrinni (mehmonda «Verona»ga qarshi o'yinda urgan chiroyli goli uchun) qo'lga kiritdi.

Mattia Moskoniga «Gentleman Rivelazione Inter» (Interdagi mavsum kashfiyoti) mukofoti topshirildi. O'tgan mavsumda u A Seriyada asosiy jamoa safida debyut qilgan edi.

Juzeppe Marotta xalqaro sport matbuoti assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda topshiriladigan maxsus xalqaro «Premio Gentleman Internazionale AIPS» mukofotiga loyiq ko'rilgan.

Inter bir qator futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi

Inter bir qator futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi

Inter yaqin oylarda Dimarko, Karlos Augusto, Chalxanog'lu, Bastoni, Akanji va Tyuram kabi futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ishlaydi.

Yaqin oylarda Bacchiniga bir qator shartnomalarni uzaytirish bo'yicha jiddiy ishlash vazifasi yuklatilgan: Dimarko, Karlos Augusto, Chalxanog'lu, Bastoni, Akanji va Tyuram. Bu Ausilio o'z ketishidan oldin rahbariyat e'tiborini qaratgan vaziyat.

O'ng ustun yangiliklari

Markus Tyuram va Federiko Dimarko «Inter»da qolishni istashmoqda

Markus Tyuram va Federiko Dimarko «Inter»da qolishni istashmoqda

Markus Tyuram va Federiko Dimarko «Inter»dagi faoliyatini uzoq muddatga uzaytirish niyatida. Futbolchilar klubdagi muhitdan mamnun.

Tyuram va Dimarkoni birlashtirib turgan omillardan biri — bu ijobiy muhit va kelajakka bo'lgan ishonch. Har ikki futbolchi ham amaldagi shartnomalari 2028-yilga qadar mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, «Inter»da uzoqroq qolish istagi bilan optimistik qarashmoqda.

Gazzetta_it xabariga ko'ra.

Petar Suchich «Inter» safida yubiley o'yinini o'tkazdi

Petar Suchich «Inter» safida yubiley o'yinini o'tkazdi

Petar Suchich «Inter» safida 60-o'yinini o'tkazib, Kristian Kivu davridagi rekordchi futbolchiga aylandi.

Petar Suchich «Inter» safida barcha turnirlarda o'zining 60-o'yinini o'tkazdi va Kristian Kivu qo'l ostida eng ko'p maydonga tushgan futbolchiga aylandi:

60 — Petar Suchich
57 — Federiko Dimarko
56 — Pio Espozito